Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy m a ‘ L u m o t I


  Milliy  kutubxonada  ixtisoslashgan  ilmiy  va  ommaviy  anjumanlarning


Download 237.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.11.2017
Hajmi237.78 Kb.
#19126
1   2   3

3.  Milliy  kutubxonada  ixtisoslashgan  ilmiy  va  ommaviy  anjumanlarning 

o‘tkazilishi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  A.Aripovning  topshirig‘i  (2017  yil  7 

yanvardagi  Ta’lim  va  ilm-fan,  yoshlar  siyosati,  madaniyat,  axborot  tizimlari  va 

telekommunikatsiyalar  masalalari  Kompleksi  majlisining  08-08-8-bayoni,  26-bandi)  va 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  13  fevraldagi  126-F-son 

Farmoyishi va ushbu farmoyishda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017  yilda 

o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” (2-ilova, 12-band)ga 

asosan joriy yilning 21-22 fevralida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish 

faolligi” II Milliy ilmiy-ta’limiy forumi tashkil qilindi. 

Forumda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va 

texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Fanlar  akademiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Intellektual  mulk  agentligi, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasining  rahbar  va  mutaxassislari,  

oliy  ta’lim  muassasalari,  Fanlar  akademiyasi  ilmiy  institutlari,  respublikaning  yetakchi 

ilmiy  nashriyotlari  va  axborot-kutubxona  muassasalari  vakillari,  o‘qituvchilar,  ilmiy 

xodimlar, doktorantlar qatnashdi.   

Clarivate  Analytics,  EBSCO  information  services,  Springer  Nature  kabi  yetakchi 

ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlar  bazalari  va  nashriyotlar  vakillaridan  iborat  368  nafar 

ishtirokchi qatnashdi.  

Forumning  maqsadi  –  jahon  ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlar  bazalaridan  foydalangan 

holda  ilmiy  ishlar  salohiyatini  yanada  oshirish,  xorijiy  amaliyotni  o‘rganish,  yosh 

olimlarga  ko‘maklashish,  O‘zbekiston  Respublikasida  ilmiy  ishlar  va    ilmiy-tadqiqotlar 

samaradorligiga  erishish  va  yuqori  reytingli  jurnallarda  nashr  ettirish  faolligini  oshirish. 

Forum  to‘g‘risida  ma’lumot  va  yakuniy  hujjat  Milliy  kutubxona  sayti  (natlib.uz)ga 

joylashtirildi.  



 Respublikaning  120  ta  ta’lim,  ilmiy  va  axborot-kutubxona  mussasalari  EBSCO 

ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan jamoaviy foydalanish ishlari davom ettirilmoqda. 

EBSCO  ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlar  bazalaridan  foydalanish  bo‘yicha  joylarda  sayyor 

seminarlar tashkil qilindi. Jumladan: 

-

 

1  mart  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  Ekspert-kriminalistika 



markazi xodimlari; 

-

 



9 mart Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tinglovchilari;  

-

 



15  mart  Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o‘zbek  tili  va  adabiyoti 

universiteti  talabalari,  magistrantlari  va  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi  va  mustaqil 

izlanuvchilari ishtirok etishdi. 

22  martda  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasida  “Elektron  kutubxonalar  tarmog‘ida 

ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlarni  yaratish  texnologiyasi  va  foydalanish”  mavzusida  har  yili 

o‘tkaziladigan  ilg‘or  elektron  ilmiy-ta’limiy  resurslar  seminari  va  taqdimotlarining  9-

tadbiri  doirasida  Clarivate  Analytics,  Springer  Nature,  Waley  jahon  nashriyotlarining 

taqdimoti o‘tkazildi.  

3  mayda  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  Ekspert-kriminalistika 

markazi  xodimlariga  va  15  mayda  Inxa  universiteti  o‘qituvchi  va  talabalari  uchun 

EBSCO  ilmiy-ta’limiy  ma’lumotlar  bazalaridan  foydalanish  bo‘yicha  seminar  tashkil 

qilindi.   

29  avgustada  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  ko‘mitasi  xuzuridagi 

xususiylashtirish,  korporativ  boshqaruvni  va  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  rivojlantirish 

muammolarini  tadqiq  etish  markazi  mutaxassislari  uchun  EBSCO  ilmiy-ta’limiy 

ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.   

EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari yangilandi va to‘ldirildi. 2017 yilning 1 

iyunidan  2018  yilning  31  mayigacha  Academic  Search  Premier;  Business  Source 

Premier;  MasterFILE™  Premier;  Medline  with  Full  Text;  Education  Search  Complete; 

Legal  Source;  Art  Source;  Art  &  Architecture  Source;  eBook  Subscription  Academic 

Collection;  eBook  Subscription  Business  Collection;  Science  &  Technology  Source 

bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  13  fevraldagi  126-F-

son Farmoyishi “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va 

ilmiy-texnikaviy  anjumanlar  rejasi”ning  1-ilova  30  bandiga,  Respublika  axborot-

kutubxona  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  idoralararo  kengashning  2017  yil  3 

martda  tasdiqlangan  11-bayoni  9-11bandlariga  asosan  Milliy  kutubxona  tomonidan 

“Central  Asia.  Fan,  ta’lim,  madaniyat  va  biznesda  internet  va  kutubxona-axborot 

resurslari  o‘rni”  mavzusida  XI  Xalqaro  konferensiyasi  26-28  aprel  kunlari  Namangan 

shahrida o‘tkazildi. 

Konferensiyada  Germaniya,  Qozog‘iston,  Rossiya  Federatsiyasidan  10  nafar 

xorijlik 

mutaxassislar, 

397 


nafar 

respublika 

axborot-kutubxona 

muassasalari 

mutaxassislari, jami 407 nafar ishtirokchi qatnashdi.  

Konferensiyaning tadbirlari quyidagilarni tashkil etdi:  

- konferensiyaning yalpi va seksiya yig‘ilishlarida tinglangan 68 ta ma’ruza;  

-  “Maktab  kutubxonasida  axborot  madaniyati  va  media-axborot  savodxonligi 

asoslari  bo‘yicha  mashg‘ulotlarini  tashkil  etishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari”  seminar-

treningi; 

-  “Ilmiy  tadqiqotlarni  axborot  bilan  qo‘llab-quvvatlash  va  nashr  ettirish  faolligi” 

mahorat darsi; 



-  O‘zbekiston  Respublikasi  yig‘ma  elektron  katalogini  shakllantirishda  axborot-

kutubxona muassasalarining o‘rni” o‘quv treningi; 

-  “UZMARC  formatida  axborot-kutubxona  resurslarini  kataloglashtirish”  o‘quv 

treningi; 

- EBSCO elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” treningi. 

Barcha  ma’ruzalardan  iborat  konferensiya  to‘plami  chop  etildi  va  elektron  shakli 

Milliy kutubxona sayti www.natlib.uz ga joylashtirildi. 

Konferensiya  natijalari  bo‘yicha  yakuniy  hujjat  tayyorlandi  va  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot uchun kiritildi. 

Respublika  axborot-kutubxona  tizimi  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha 

Idoralararo kengashning 2017 yil 2 martdagi 11-son  bayoni 3-ilovasining 3-bandi ijrosini 

ta’minlash  maqsadida  “Axborot-kutubxona  muassasasining  eng  yaxshi  mutaxassisi” 

kasbiy  tanlovining  birinchi  –tuman  bosqichi  2017  yil  iyun  oyida  o‘tkazildi  va  Milliy 

kutubxona barcha hududlardan tanlov bayonnomasini qabul qildi.  

Tanlovning  ikkinchi  (viloyat)  bosqichi  respublika  viloyatlarida  joriy  yilning  9-18 

iyul  kunlari  o‘tkazildi  va  g‘oliblar  aniqlandi.  Viloyatlar  bo‘yicha  tanlovning  ikkinchi 

bosqichi  o‘tkazilganligi  to‘g‘risida  bayonnomalar  yig‘ildi.  14  ta  jamoaning  (vazirlik  va 

idoralar  5  nafar  mutaxasslaridan  iborat)  tarkibi  aniqlandi.  Hozirgi  vaqtda  noyabr  oyida 

Milliy  kutubxonada  tashkil  qilinadigan  «INFOLIB-2017»    V  Milliy  axborot-kutubxona 

haftaligi  doirasida  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarni  rivojlantirish 

vazirligi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  O‘zbekiston 

Respublikasi  madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,    O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

markazi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan iborat  (70 nafar 

kutubxonachi)    14  jamoa  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tadigan  tanlovning  uchinchi  (respublika) 

bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Manfaatdor  vazirlik  va  idora  vakillaridan  iborat  ishchi  guruhi  shakllantirilgan 

bo‘lib, birinchi yig‘ilishi 19 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. 

4. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  12  yanvardagi  “Kitob 

mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish  tizimini  rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va 

kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ibot  qilish  bo‘yicha  Komissiya  tuzish 

to‘g‘risida”gi  F-4789-son  farmoyishi  bilan  tasdiqlangan  Axborot-kutubxona  faoliyati 

bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 2-ishchi guruh tomonidan quyidagi ishlar, jumladan: 

  mavjud  axborot-kutubxona  muassasalari  aholining  keng  qatlamlariga  xizmat 

ko‘rsatishni zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha 

joylashish va bo‘ysunish tartibi; 

  axborot-kutubxona  muassasalarining,  ayniqsa,  ta’lim  sohasidagi  axborot-resurs 

markazlari  fondlarini  shakllantirishda  o‘quv  adabiyotlari  bilan  bir  qatorda  badiiy, 

ma’rifiy,  ilmiy-ommabop  adabiyotlarning  ro‘yxatini  hamda  ularni  xarid  qilish  bo‘yicha 

xarajatlar smetasini qayta o‘rganib chiqildi. 

  Ishchi  guruh  tomonidan  olib  borilgan  o‘rganishlar,  tahlilla  natijasiga  ko‘ra 

respublikamizda  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hama  targ‘ibot 

qilish,  axborot-kutubxona  muassasalari  faoliyatlarini  yanada  takomillashtirishga 

qaratilgan  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish  tizimini  rivojlantirish,  kitob 

mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ibot  qilish  hamda  axborot-

kutubxona 

muassasalari 

faoliyatini 

takomillashtirish 

bo‘yicha 

chora-tadbirlar 

rejasi”loyihasi  ishlab  chiqildi  va  2017  yil  24  fevralda  03-03/197-sonli  xati  bilan 


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari A.Aripovga axborot va ko‘rib 

chiqish uchun taqdim qilindi.  

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  Ishchi  guruh  rahbari  A.Aripov 

tomonidan 2017 yil 10 martda tasdiqlangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish 

tizimni  rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda 

targ‘ibot  qilish  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlar  dasturi”  tegishli  bandlarining  ijro 

etilishi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.    

Kompleks  chora-tadbirlar  Dasturining  29-bandi  (Respublika  axborot-kutubxona 

muassasalariga  yoshlarni  faol  jalb  etish  borasida  tadbirlar  ishlab  chiqish)  bo‘yicha 

Qo‘shma  qaror  va  chora-tadbirlar  rejasi  ishlab  chiqildi.  Yakuniy  kelishuv  va  tasdiqdan 

so‘ng  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  O‘rta  maxsus, 

kasb-hunar  ta’limi  markazi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi,  Respublika 

Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi  bilan  2017  yil  30  mayda  QQ-1-son  Qo‘shma  qaror  qabul 

qilindi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  13  sentyabrdagi  “Kitob 

mahsulotlarini  nashr  etish  va  tarqatish  tizimini  rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va 

kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 

dasturi  to‘g‘risida”gi    PQ-3271-son  qarori  ilova  Kompleks  chora-tadbirlar  dasturining 

ijrosini ta’minlash bo‘yicha: 

II  –  band  3  punkti  “Kitob  mahsulotlari  umumiy  buyurtmasini  shakllantirish,  chop 

etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini 

rivojlantirish” bo‘yicha Qo‘shma qaror; 

III – band 14 punkti “Mamlakatimizda axborot-kutubxona muassasalariga yoshlarni 

faol  jalb  etish  borasida  axborot-kutubxona  muassasalarida  “Kitobxonlar  klubi”ni  tashkil 

qilish” bo‘yicha Qo‘shma qaror; 

III  –  band  15  punkti  “Axborot-kutubxona  muassasalarini  Respublika,  mahalliy 

vaqtli  nashrlari,  badiiy  adabiyotlari  bilan  doimiy  to‘ldirib  borish  borasida  respublika 

nashriyotlari  hamkorligi”ni  tashkil  etish  va  hamkorlikni  takomillashtirish  bo‘yicha 

Qo‘shma qaror; 

IV  –  band  23  punkti  “Axborot-kutubxona  kadrlar  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash 

maqsadida “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovini 

tashkil qilish” bo‘yicha Ijrochilarning tadbirlar rejasi va tanlov Nizomi; 

  IV  –  band  33  punkti  “Mahalla  fuqarolar  yig‘inlarida  kutubxonalar  (kitoblar 

burchagi) tashkil etish” bo‘yicha Takliflar ishlab chiqildi.  

 “Kitobning  xalqaro  tartib  raqami  ISBN  berish  to‘g‘risida”,  “Davriy  nashrning 

xalqaro standart tartib raqami ISSN berish to‘g‘risida” Nizomlar (2017 yil 27 yanvardagi 

11-sonli buyruq asosida) qabul qilindi. 

Respublika  metodik  kengashining  31-son  bayonida  belgilangan  topshiriqqa 

muvofiq, Axborot-kutubxona muassasalari pasporti ishlab chiqildi va tasdiqlandi.   

 

 5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 



faoliyatiga joriy etilishi 

2016  yil  21  martdan  boshlab  Milliy  kutubxonaning  rasmiy  portali  ishga  tushirildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “O‘zbekiston  Respublikasida 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  holatini  baholash  tizimini  joriy 

etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013  yil 31 dekabrdagi 355-son qaror talablari asosida 


interaktiv  davlat  xizmatlari  orqali  foydalanuvchilarga  sifatli  va  keng  miqyosda  xizmat 

ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. 

Unda:  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining 

tuzilmasi,  tarkibi,  funksiyalari  va  asosiy  faoliyati,  ularda  fuqarolarning  murojaatlarini 

ko‘rib 

chiqish 


tartibi 

to‘g‘risidagi 

axborotlarni 

taqdim 


etish 

(http://natlib.uz/uzb/InfoPage/ReadMoreById?id=83); 

fuqarolarning 

murojaatlarini 

ko‘rib chiqish (http://natlib.uz/uzb/Home/Feedback);  

ilm-fan,  ta’lim,  axborot  va  madaniyat  sohasi  bo‘yicha  qiziqishlarni  tezkorlik  bilan 

qondirishga  yo‘naltirilgan  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida  aholiga  axborot-

kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston Respublikasining axborot-

resurs  va  axborot-kutubxona  markazlari,  shuningdek  ixtisoslashtirilgan  kutubxonalar 

ro‘yxatini taqdim etish (http://www.natlib.uz/);  

elektron  katalogdan,  milliy  va  xorijiy  elektron  resurslardan  foydalanishga  ruxsat 

berish, adabiyotlarga buyurtma berish (http://ibs.natlib.uz) kabi xizmatlar taqdim etilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  7  avgustdagi  «Ochiq 

ma’lumotlar  taqdim  etilishi  hisobga  olingan  holda  internet  tarmog‘ida  o‘zbekiston 

respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 

232-son  Qarori  asosida  Milliy  kutubxona  portali  orqali  «Ochiq  ma’lumotlar»  bo‘limi 

tashkil etildi (http://natlib.uz/uzb/InfoPage/ReadMoreById?id=92).  

O‘zbekiston  Respublikasi  Ochiq  ma’lumotlar  portalida  O‘zbekiston  Milliy 

kutubxonasi rahbariyati bilan bog‘lanish ma’lumotlari va ularning qabul qilish vaqti;  

- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manzili va geologik hududi to‘g‘risida ma’lumot;  

- O‘zbekiston Milliy kutubxonasining asosiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumot;  

-  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  qoshidagi  tarkibiy  tuzilmasi,  manzili  va 

bog‘lanish uchun ma’lumot;  

-  O‘zbekiston  Respublikasidagi  yirik  axborot-kutubxona  muassasasalari  haqida 

ma’lumot;  

- Kutubxonaning boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi;  

- Kutubxonaning halqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqda. 

(https://data.gov.uz/uz/search/view?q=&sphere=&authoritie=44)  

Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yil  20  fevraldagi  “Davlat  axborot 

resurslari  hamda  ularni  shakllantirish,  ulardan  foydalanish  va  ularni  qo‘llab-quvvatlash 

uchun  mas’ul  bo‘lgan  davlat  organlari  ro‘yxatini  tasdiqlash  to‘g‘risida”  gi  27-son 

qaroriga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan  www.reestr.uz tizimida 3 ta axborot 

resurs hamda 1 ta axborot tizimi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.  

Axborot resurslari 

1. Ilmiy ishlar bo‘yicha qidirish (reestr.uzdagi registratsiya nomeri-0100870); 

 

2.  Qo‘lyozmalar  va  nodir  nashrlarni  qidirish  (reestr.uzdagi  registratsiya  nomeri-



0100871); 

 

3. Xorijiy elektron resurslariga kirish (reestr.uzdagi registratsiya nomeri-0100259). 



Axborot tizimi 

Nashrlarga  elektron  buyurtma  berish  (IBS)  (reestr.uzdagi  registratsiya  nomeri-

0200288). 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi 

Axborot 


tizimlari 

va 


telekommunikatsiya masalalari Kompleks majlisining 2015 yil 8 apreldagi 1- son bayoni 

asosida  «Foydalanuvchilarga  elektron  katalogdan  kitoblarni  qidirish  va  buyurtma 

berishni ta’minlash xizmatini interaktiv shaklga o‘tkazish bo‘yicha tarmoq grafigi» 2015 

yilning 


iyul 

oyida 


O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  “Elektron  hukumat”  tizimini  rivojlantirish 

markazi  hamda  “UZINFOCOM”  markazlari  bilan  kelishilgan  bo‘lib,  joriy  yilning  5 

martidan  e’tiboran  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portali  orqali  O‘zbekiston  Milliy 

kutubxonasidagi  bosma  nashrlarni  izlash  va  ularga  buyurtma  berish  xizmati  yo‘lga 

qo‘yildi (https://my.gov.uz/ru/authority/44)  

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 6 yanvardagi Ta’lim va ilm-fan, 

yoshlar  siyosati,  madaniyat,  axborot  tizimlari  va  telekommunikatsiyalar  masalalari 

Kompleksi majlisining bayoni asosida Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimidagi 

“Ilmiy  ishlar  bazasi”  dasturlari  bazasi  funksiyasini  kengaytirish  ishlari  olib  borilmoqda 

(2017 yil 20 fevral 4-sonli shartnoma imzolandi). 

Kutubxonada  Milliy  nashrlarning  elektron  arxivi  ma’lumotlar  bazasida  vaqtli 

matbuot  nashrlarining  to‘liq  mantlaridan  foydalanish  imkoni  yaratildi.  Ushbu 

ma’lumotlar  bazasi  Milliy  kutubxonaning  rasmiy  manbasi  xisoblanib,  foydalanuvchilar 

uchun  qulay  qidiruv  tizimi,  vaqtli  matbuot  nashrlarida  chop  etilgan  maqolalar,  ularni 

qiziqtirgan 

axborotlarni 

qisqa 

muddatda 



topish 

imkoniyati 

yaratilgan. 

(http://press.natlib.uz/) 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Davlat  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligi 

to‘g‘risida”gi  369-sonli  Qonunning  15-moddasiga  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  «O‘zarxiv»  agentligi  Bosh  direktorining  2016  yil  20 

iyundagi  44-son  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  va  Adliya  vazirligi  tomonidan  2016  yil  7 

iyulda 2806-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 

faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish 

tartibi to‘g‘risida”gi  Nizomga asosan Milliy  kutubxona davlat hokimiyati va boshqaruvi 

organlari  (ro‘yxat  asosida)  tomonidan  2016  yil  faoliyatiga  oid  aks  ettirlilgan  axborotlar 

CD,  DVD  disklarda  r  qabul  qilib  olindi.  Milliy  kutubxonaning  www.natlib.uz  veb 

portaliga  http://opendata.natlib.uz/ru  ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  13  maydagi  “Davlat 

xizmatlari  ko‘rsatish  hamda  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  idoralararo 

axborot  hamkorligi  tartibini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  120-

son qarori 4-bandidi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 fevraldagi 08/1-68-son 

xatiga asosan 2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xatlov o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan  xatlov  natijasida  9  ta  davlat  xizmati  ro‘yxati  shakllantirilgan  va 

Yagona reestrga kiritilgan. Bular: 

1.  Skanerlash  va  raqamlashtirish  xizmati  (A0-A5  formatlar  oralig‘ida 

raqamlashtiriladi). 

2. Boshqa kutubxonalar bilan xalqaro kitob ayirboshlash. 

3.  Yuridik  shaxslarga  shartnoma  asosida  Kutubxonaning  axborot-kutubxona 

resurslaridan vaqtinchalik foydalanish xizmati. 

4. O‘lkashunoslik mavzusidagi bibliografik ma’lumotnoma taqdim etish.  

5.  Qo‘lyozmalarni,  nodir  va  o‘ta  noyob  matbuot  asarlarini,  ilmiy  va  madaniy 

ahamiyatga  ega  O‘zbekistonning  milliy  matbuot  nashrlarini  restavratsiya  va 

konservatsiya qilish. 

6. Badiiy adabiyotlarni chop etishga tayyorlash. 

7. Badiiy adabiyotlar va matbaa mahsulotlarini chop etish. 



8.  Axborot-kutubxona  resurslarining  ortiqcha  nusxalarini  axborot-kutubxona 

muassasalariga taqdim etish. 

9.  O‘zbek  va  rus  tillarida,  Yaqin  va  Uzoq  xorij  mamlakatlar  xalqlari  tillarida 

mahalliy noshirlik mahsulotlarini markazlashtirilgan kataloglashtirish bo‘yicha xizmatlar 

(UO‘K va KBK raqamlarini berish xizmati). 

 Davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish  doirasida  talab  etiladigan  reglamentlar  ishlab 

chiqildi va tasdiqlandi.  

6.  Milliy  kutubxonada  texnik  loyihalarning  amalga  oshirilish  holati 

to‘g‘risida  

“Milliy  umumta’lim  elektron  kutubxona”si  loyihasi  doirasida  amalga  oshirilgan 

ishlar: 

Loyiha  shartnomasiga  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar, 

investitsiyalar  va  savdo  vazirligi  tomonidan  qo‘yilgan  talab  va  takliflar  inobatga  olinib, 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritildi.  2016  yil  dekabr  oyida  “Milliy  Umumta’lim 

Elektron kutubxona” loyihasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaning qo‘yilgan talabiga binoan, 

Uzimpeksaloqa  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  tomonidan  har  bir  mahsulot  TIFTN 

(Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  tovarlar  nomenklaturasi)  kodi  aniqlab  berildi  va  bu  kodlar 

shartnomaga kiritildi.  

2017  yil  14  fevral  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  va  LG  CNS  kompaniyasi  o‘rtasida  qayta 

tuzilgan  shartnomaning  rus  va  ingliz  tilidagi  nusxalari  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi 

tomonidan  ham  ko‘rib  chiqildi  hamda  qayta  imzolangan  shartnoma  O‘zbekiston 

Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligiga  ro‘yxatdan 

o‘tkazish uchun taqdim etildi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  tomonidan  2017  yil  17  apreldagi  17-8/2364-son  xatida    “Milliy 

umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi to‘xtatilganligi ma’lum qilindi. 


Download 237.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling