Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi obrazlarni
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi obrazlarni
vujudga keltiradi: 1. Yozuvchi “tarix orqali zamonaning ichiga kirsa” (A.Tolstoy), tarixda bo’lib o’tgan voqyelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb yuritiladi. Hamid Olimjoninng “Zaynab va Omon”idagi Zaynab, Oybekning “Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Avlodlar dovoni”dagi Akbar real tarixiy shaxslar obrazidir. 2. Yozuvchi bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalarni ifoda etsa, bu g’oyalarni zamondosh, “tanish bo’lgan notanish” xarakterlarda gavdalantirsa, bu zamonaviy obraz yoki zamondosh obrazi deb yuritiladi. Mustaqillik mafkurasini qalbiga ko’chirgan, Istiqlol mohiyatini o’zida jam qilgan, el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashayotgan, O’zbekistonining buyuk davlat bo’lishiga asos va kuch berayotgan tadbirkor, mulkdor zamondoshlarimiz obrazi – bunday obrazlarning yaqqol timsolidir. Adabiyotshunoslikda obrazlarning yana boshqacha turlari ham mavjud: o’zgaruvchan obrazlar (Yormat-“Qutlug’ qon”), murakkab obrazlar (Ortiq-“Qora ko’zlar”) kabi. Demak, bu sohadagi izlanishlar davom etaveradi. Badiiy asardagi bir - biri bilan uzviy bog’liq obrazlar majmui - obrazlar (sistemasi) tizimi (“O’tgan kunlardagi” Yusufbek hoji – O’zbekoyim- Otabek – Kumush – Yodgorbek kabi), asardagi ma’lum bir guruhga mansub obrazlar – obrazlar galeriyasi (“O’tgan kunlar”dagi Hamid – Sodiq – Mutal - Jannat kampir kabi) deb yuritiladi. Badiiy asar qahramonlarini yuqoridagidek turlarga ajratish mumkindir, lekin ular o’rtasiga Xitoy devorini qo’yish tamoman noto’g’ridir. Chunki go’zal va hayotbaxsh bitta obraz (masalan Otabek)ni - realistik obraz, epik obraz, bosh obraz, ijobiy obraz, tarixiy obraz deb yuritaverish haqiqatga to’g’ri kelaverdi. Hayotda har qanday yaxshi insonning ham qusurlari, har qanday yomonning ham yaxshi xislatlari borligiga hyech kim shubha qilmaydi. Hammasi ham aybdor (beayb-Parvardigordir) bandalardir. Shunday ekan, badiiy asar qahramonlarini faqatgina bir rangda (oq yoki qora, yoki qizil) tasvirlanishi, sun’iy ravishda bir rangning quyuqlashtirilishi mantiqan noto’g’ridir. Jumladan, “Oltin zanglamas” (Shuhrat)dagi Mirsalim, “Chiniqish” (Mirmuhsin)dagi Bo’rixo’ja, “Senga intilaman” (H.G’ulom)dagi Mirhosil obrazlari yozuvchilar tomonidan jamiyatimizda uchrab turuvchi salbiy xususiyatlarning deyarli barchasini o’zlarida jamg’argan shaxslar sifatida tasvirlanadi; obraz aniqligiga putur yetkaziladi. Natijada, bu obrazlar o’zlarining jonli qiyofalarini yo’qotib, salbiy xususiyatlarning yig’indisiga aylanib ketadilar. Chunonchi, yigirma yildan buyon kolxozga rais bo’lib kelgan Mirhosil – qo’li egri, qo’pol, xushomadgo’y, cho’lni nobud etuvchi, ma’naviy jihatdan buzuq, xotin olib, xotin qo’yuvchi va hokazo... Adabiyot – insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning fe’l - atvorlariga – xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo’lishi talab qilinadi. Adabiyotshunoslikda “obraz” tushunchasi bilan ba’zida teng, ba’zida farqli ishlatildigan “personaj”, “qahramon” tushunchalari ham bor. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling