Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi)
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy mavzular
- Tarixiy mavzular
- Zamonaviy mavzular
- Bu badiiy asar “hujayralari”dan sizib chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat
adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va uni shunday ta’riflaydi: “Tema avtor
tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o’zi ko’rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasavvurida hali to’la-to’kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib, avtorda ishlashga mayl uyg’otadigan g’oyadir”. Ushbu ta’rifdan ham ma’lum bo’layaptiki, tema va g’oya – birbutun, yuqorida ko’rganimiz mazmun va shakl kabi (tema g’oyaning ichida, g’oya mazmunning ichida yashaydi) yaxlit hodisadir. Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarini uchga ajratish mumkin: 1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi-muhabbat, mehr- oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g’am va qayg’u, qasos, rashk, o’lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog’inch, chanqoqlik va jo’shqinlik va h.) adabiy mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld “Dorion Greyning portreti”(“Jahon adabiyot”, yanvar, 2000)asarida topib aytadi: “Fikr va so’z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat – uning ijodi uchun materialdir”. Bu xulosa hamma davr adabiyotlari uchun tegishlidir. 2. Tarixiy mavzular. Tarixda, o’tmish (moziy)dan tasvir predmetiga material tanlash va shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash – bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan, “Navoiy”(Oybek), “Yulduzli tunlar. Bobur”(P.Qodirov), “Ulug’bek xazinasi”(O.Yoqubov) – uzoq tariximizni yoritsa, “O’tgan kunlar”(A.Qodiriy), “Kecha va kunduz”(Cho’lpon), “Qutlug’ qon”(Oybek) – yaqin o’tmishimizni gavdalantiradi. 3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish – zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monand komil kishilarni – fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi, adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish – zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilan bog’liq. Mavzular qanday atalishidan qat’iy nazar hammasining asosida zamondoshlarning ko’nglini band etgan muhim masalalarga javob izlash va javobda insoniylashgan umumbashariy dolzarb g’oyalar targ’ib qilinishi talab etiladi. Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan, unda asosiy tema va yordamchi temalar bo’lishini taqoza etadi. Jumladan, “O’tgan kunlar” romanining asosiy temasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot ko’rinishlarini tasvirlash bo’lsa, aynan ana shu mavzuning turli qirralarini ochuvchi yordamchi temalar ham ko’p: Otabek va homid o’rtasidagi (yangilik va eskilikning)kurashi, Kumush va Zaynab orasidagi kundoshlik, ota-ona va o’g’il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora- chopon(o’zbek)lar o’rtasidagi qirg’in va h. Bularning hammasi bosh temaning mohiyatini isbotlashga, bo’rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga, birgina so’z bilan aytganda, bosh temani yoritishga bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Badiiy asar muyyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning haqiqatini kashf qilish bilan ko’pning diqqatini e’tibordan chetda qolayotgan muammoga qaratadi (Masalan, “O’tgan kunlar”da birinchi bor kundoshlikning fojiasi yaqqol va bo’rttirib gavdalantirilgach, kundoshlikni qoralovchilar va “oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xotung’a muvofiquttab’ (tabga mos, munosib) bo’lsin” talabini yoqlovchilar keskin ko’payib ketgan). Demak, yozuvchi doimo aniq maqsadni ko’zlab, “odilona hayotning yoqlovchisi, sudyasi bo’lib ish ko’radi. Yozuvchining maqsadi, orzusi, haqiqati, adolati... hammavaqt asar qahramonlariga taqsimlanadi, ular qalbiga joylashtiriladi. Va qahramonlarning o’zaro munosabatlaridan, harakatlaridan, qalb tug’yonlari tasviridan jonlanadi, jilolanadi, yaxlitlashadi va birbutun go’zalligi (mukammalligi) bilan kitobxonni harakatga soladi. Bu badiiy asar “hujayralari”dan sizib chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling