Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Derazamning oldida bir tup 
O’rik oppoq bo’lib gulladi... 
ha, “she’r ko’ngillarga nur olib kirgani yaxshi, g’ashlik va najotsizlik tuyg’usin emas”(E.Vohidov). 
Baxt va baxt haqidagi orzu-inson kamoloti uchun zarur omil ekan, uni kuylagan ham mangu tirikdir. 
Ko’rinadiki, asarning g’oyasi (tema kabi) asar mazmunida – undagi umumlashma, emosional, 
obrazli fikrda ifodalanadi. U ham bosh g’oya va yordamchi g’oyalardan iborat bo’ladi. Jumladan, XIX 
asrning ikkinchi yarmi “tariximizning eng kirlik, qora kunlari” - “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi 
bo’lsa, Otabek-Kumush-Zaynab o’rtasidagi muhabbat-kundoshlik tufayli fojiaga olib borishi-yana bir 
yordamchi g’oyadir. 
Qorachopon va qipchoqlar qirg’ini – feodal jamiyatini inqirozga olib borishi – yana bir yordamchi 
g’oyadir. Mamlakat markazlashgan bir davlat tomonidan idora qilinganda, urush va qirg’inlar, talon va 
tarojlarni yo’qotish mumkinligi ham – yordamchi g’oyalardan biridir... 
Yordamchi g’oyalarning hammasi ham oxir-oqibat bosh g’oyaga kelib tutashadi va bosh 
g’oyaning isbotiga, daliliga, birbutunligiga, ta’sirchanligiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, asar 
hujayralariga sochilgan fikrlarning rivojini bir o’zanga soladi, shoshqin va toshqin, zavqli va 
yaratuvchan, betakror va tinimsiz mavj uruvchi, o’zigagina xos va olamlarga tegishli bo’lgan 
insoniyatning komillik tomon harakatiga yangicha mazmun beruvchi daryoni vujudga keltiradi; buning 
yaratuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yozuvchi-san’atkordir, yozuvchi qalbidagi nurdir, aqlidagi-
bilimdir, talantidagi qudratdir. 


48 
Mavzu: III. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi 
 
Reja: 
1. Syujet haqida tushuncha va uning ta’rifi 
2 Syujet-xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi 
3. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar 
4. Syujet tiplari 
5. Syujetning tarkibiy qismlari 
6. Tur va janrlarda syujet 
Yuqorida “Yulduzli tunlar” romanidan keltirilgan parchani xotirlasangiz, fotihlikdan, shohlikdan, 
Ko’hinurdek boylikdan otalikni, insoniylikni yoqlagan, humoyunga o’z jonini sadqa qilgan Bobur – 
benazir podshoh, dilbar inson, degan fikrni yetkazish uchun hayotda bo’lishi mumkin bo’lgan voqea 
yaratiladi: humoyun og’ir xastalanadi. Uning davosi topilmagach, Shayxulislom qiymati ulkan oltin 
xazinalariga barobar keladigan Ko’hinur olmosini din yo’liga tasaddiq qilishni so’raydi. 
Shayxulislomning nafsi sirini tushungan Bobur, o’g’il uchun unday olmoslarning yuztasidan ham 
azizroq bo’lgan jonini Parvardigorga tasaddiq qiladi: humoyunga umri - jonini qurbon etadi va 
humoyunning sog’ayib ketishini Allohdan iltijo qiladi... Bu voqeani ko’z o’ngida jonlantirgan, Bobur, 
humoyun, Mohim begim, Shayxulislom kabi obrazlarning o’y-xayollari, intilishlari, maqsadlarining 
eng nozik nuqtalarigacha aniq his etgan kitobxon “Bobur haqiqatan ham dilbar inson, benazir podshoh” 
degan xulosa(g’oya)ga keladi. Xuddi ana shu fikrning isbotini yuzaga chiqargan parchadagi 
voqea(voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni syujet (fr. Sujet-predmet, tema) deb yuritish – ijodiy 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling