Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Tema (gr. thema-asosiga qo’yilgan narsa) yoki mavzu


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Tema (gr. thema-asosiga qo’yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema ma’nosini beradi; 
biz ikkalasidan ham foydalanamiz)-ijodkor tomonidan tanlab olingan va hayotning muayyan 
muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot (voqea)ko’rinishlarining 
mag’zini chaqish(fikriy tadqiqot va tahlil) va uni g’oyaviy-emosional tarzda baholashdir. Ya’ni, ijodkor 
bir vaqtning o’zida uchta vazifani, bir-biriga bog’langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni 
ko’zlab ish ko’radi: 
1. Xalq va davrning milliy ko’rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har bir asarda ana shu 
ko’rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi tasvirlanadi, bu-tematikadir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi hayot aks etgan 
bo’lsa, “Uch ildiz” (P.Kodirov)da O’zbekistondagi XX asrning 60- yillaridagi talabalar hayoti bilan 
bog’liq voqealar tasvirlangan.
2. Badiiy asarda aks etgan ijtimoiy xarakterlarni yozuvchi tomonidan (g’oyaviy-badiiy) anglash 
(mag’zini chaqish), bu - problematika (gr. problema-oldinga tashlangan narsa, hayotning boshqa 
tomonlaridan ajratib olingan)dir. Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”da Sadriddin Ayniy-sudxo’rlik va 
xasislikka ajratib tasvirlasa, “Qutlug’ qon”da o’zbekning o’z-o’zini anglashi va erk, ozodlik uchun 
kurashini Oybek bo’rttirib tasvirlaydi. Ajratib, bo’rttirib tasvirlangan qirralarda asarning g’oyaviy 
muammosi mujassamlashadi. 
3. Tasvirlangan ijtimoiy xarakterga yozuvchining g’oyaviy-emosional munosabati (muayyan 
xarakterni sevishi, ardoqlashi, e’zozlashi yoki ma’lum xarakterni qoralashi, rad etishi, undan 
g’azablanishi; aniq bir xarakterni bir vaqtni o’zida ba’zida ma’qullashi, ba’zida ayblashi va h.) 
Jumladan, “O’tgan kunlar”da Abdulla Qodiriy Kumushni sevib tasvirlasa, Jannat kampirni 
qoralab tasvirlaydi. Zaynabni dam oqlasa, dam yomonlaydi. 
G’oyaviy mazmunning bu atributlari birlashadi va ayni paytda, asar qismlarini butunlikka olib 
keladi. Chunki badiiy asrning g’oyasi-mazmuning turli tomonlarining yaxlitlashuvidan yuzaga keladi-
bu yozuvchining obrazli, emosional, umumlashtirilgan fikridirki, ko’rganingizdek, u xarakterlarni 
tanlashdan, anglashdan, baholashdan kelib chiqadi. 
1
В.Белинский. Адабий орзулар. Т., 
Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105-бетлар. 
2
Шу асар, 103-бет. 


45 
Rusning buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan kelib chiqib, uni  

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling