Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
topgandagina va ayni chog’da, birinchi yozilishdagi ruhiy quvvat va sehrini yo’qotmagan
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Adabiyotlar
- Mavzu: Mazmun va shakl birligi
topgandagina va ayni chog’da, birinchi yozilishdagi ruhiy quvvat va sehrini yo’qotmagan
taqdirdagina mukammal asarga aylanishi mumkin” (Ko’rgan-bilganlarim, O’zAS, 23 fevral 2001 yil), - deydi Abdulla Oripov. Demak, yozuvchi-san’atkor bir necha bor asar qo’lyozmalari ustida ishlar ekan, uning tuzatishlari faqatgina til va uslubga doir bo’lmaydi, balki har gal “birinchi yozilishdagi ruhiy quvvat va sehrini” - mazmunni bekamiko’st bo’lishi ustida ishlaydi. Tayanch tushunchalar Badiiy asar-yaxlit olam. Mazmun-asarda aks etgan badiiy parcha. Shakl-mazmunning “libosi”. Ularning bir-biriga o’tishi. Mazmun va shakl – birbutunlik. Savol va vazifalar 1. Adabiy asar mazmuni nima? Shakli-chi? 2. Mazmun va shaklning – bir-biriga o’tishi va ikkalasining yaxlitligi. 3. A.Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi va hamid Olimjonning “O’rik gullaganda” she’rining mazmuni, shaklini tahlil qiling; mashq daftaringizga qayd qiling. Adabiyotlar 1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 93-99-betlar. 2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 92-98-betlar. 3. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “V ыshaya shkola”, 1988, 180-188-betlar. 4. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to’plami, T., “Fan”, 1979. 5. Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur, T., “O’zbekiston”, 1999. 44 Mavzu: Mazmun va shakl birligi Reja: 1. Oqilona hayot va san’atkor 2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari 3. Badiiy g’oya va uning tema bilan yaxlitligi Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir. “Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo’lishi mumkin. Lekin u hodisalar zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qayerda va ular bizni nimasi bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda” 1 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi? “Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan odamning bebaxt o’limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo’ladi, negaki, ularda hyech qanday oqilona fikr, hyech qanday oqilona maqsad bo’lmaydi. Ammo mo’yqalam egasi insonning haqiqat yo’lida kaltaklanishini tabiiy ko’rsatsa, uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g’alabasini ifodalaydigan bo’lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara go’zalroq va badiiyroq bo’ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq ko’rinadi. Nimaiki voqye bo’lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo’lsa, u voqyedir: bu-ulug’ haqiqat; biroq voqyelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa, faqat oqilona voqyelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkori. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra qayta yaratadi 2 . Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling