Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
ko’rsatayotgan jon, jon tufayli tirik bo’lgan ruh - badiiy g’oyadir
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodkor – voqelik – fikr-maqsad – munosabat.
ko’rsatayotgan jon, jon tufayli tirik bo’lgan ruh - badiiy g’oyadir.
Demak, g’oya ijodkorning qalamga olinayotgan voqyelikka munosabatidir. Mavzu esa aks ettirilayotgan voqea-hodisalarning umumlashmasi, yig’indisi, ya’ni badiiy asar uchun tayanch bo’lgan asosiy fikr va maqsad ob’ektidir. Yana bir mulohaza. “Gap roman yoki qissa mavzuining nechog’li muhimligi yoki dolzarbligida emas, balki shu muhim va dolzarb mavzuni yoritishda yozuvchining badiiy salohiyati, mahoratida 46 ekan-da?..” degan ritorik tushuncha ko’p gapiriladi. Lekin shu salohiyat, mahorat qanday qilib voqye bo’lishi yechilmaydi. Aslida, chiroqning shishasini – mavzu desak, shu mavzuni kerakli narsaga aylantirayotgan, uning ardog’ida yonayotgan pilikka – uning yorug’lik nuriga, shu nurning toza yolqiniga bog’liq. Pilik notekis bo’lsa, zaruriy ishlov berilmagan bo’lsa – uning yonishidan shisha darrov qorayadi, natijada yorug’lik nurining ta’sir doirasi kamayadi, yorug’lik darajasi xiralashadi. Xuddi shunday, mavzu g’oyani asraganidek, uning yonishiga imkon tug’dirganidek, g’oya mavzuni yorqin qilib (xiralashtirmasdan) yoritishi lozim. Ana shundagina, ya’ni ular bir-biriga jon berib va jon olib, birlashib, yaxlit bir mazmunni ifoda qilganlaridagina – poetik ahamiyat kasb etadilar; jonlanadilar, muhitni va odamlarni kerakli nur bilan yoritadilar. Ana shu holatni bunyod etish – salohiyatdir, badiiy mahoratdir. Ijodkor – voqelik – fikr-maqsad – munosabat. O’z-o’zidan ayonki, bular bir-biri bilan mustahkam bog’langan zanjirlardir. Ma’lumki, voqyelik haqidagi fikr o’z-o’zidan tug’ilmaydi, u kuzatish, tahlil qilish, o’rganish asosida paydo bo’ladi. bu jarayonda – tabiiyki . nimadir inkor qilinadi, nimadir ma’qullanadi. Nimanidir ma’qullash yoki inkor qilish esa, albatta, munosabatni taqozo etadi. Chunki munosabat bo’lmasa tasdiqlash, ma’qullash ham, rad qilish, qoralash ham bo’lmaydi. Ijodkorning oddiygina, novdagi bargni tasvirlashi yoki unda hosil bo’layotgan kurtakni madh etishi ham o’ziga xos munosabatdir. Ya’ni bu tabiatning muayyan bir hodisasiga qarash va u orqali o’quvchida ma’lum bir kayfiyat uyg’otishdir.”(A.Ulug’ov, 26-bet). Bu fikrlarning yaqqol misolini ko’raylik. hamid Olimjon 1937 yil bahorida Qozog’istonda bo’lib, qozoq xalqining hayoti bilan tanishadi. hasan Qayg’i, Jambul kabi oqinlar ijodini o’rganadi, ularning xalq qalbida yashayotganini ko’radi. O’z umrini ham sarhisob qiladi. Orzu-umidlarga, boqiy xayollarga to’lib-toshadi. Martning oxirlarida Toshkentga keladi va ertalab uyg’onganida ishxona derazasi oldida bir to’p o’rik chaman bo’lib, oppoq gullagan. Ko’ngildagi o’y-orzulari ham o’rikdan turtki olib ochila boshlaydi, uning xabari qog’ozga to’kiladi: Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi... Bu xabarni eshitgan o’quvchida ham turli-tuman fikrlar uyg’onadi. Lekin shoir nima demoqchi? O’rik gullari-hayotning navbahori, navbahorning ilk elchisi shoir qalbidagi qaysi kechinmalarni yuzaga chiqarar ekan? Bu kechinma, hissiyot, fikrlar oqimi sizu bizni o’ziga oshno qilarmikan? Shoir his- tuyg’ulari bizning kechinmalarimizni ham uyg’ota olarmikan? hayajonga sola bilarmikan? hayot ritmini so’z va obrazlarning harakati orqali ifodalay olarmikan? Bu emosionallikni, romantikani, ularning turfa ranglarini bo’yi-basti bilan ko’rsatib, qalblarimizga zarur bo’lgan estetik “ozuqani” bera bilarmikan? Novdalarni bezab g’unchalar Tongda aytdi hayot otini. Va shabboda qurg’ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini. har bahorda shu bo’lar takror, har bahor ham shunday o’tadi. Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi. Ko’rinyaptiki, o’rikning gullashi shoir qalbidagi kechinmalarni uyg’otdi: har bahor o’rik gullarning mazasini shabboda olib ketadi. Bu yil shunday takrorlanyapti. Inson umri ham shunga o’xshash emasmi? Eng zavqqa, kuchga, shodlikka to’lganingda-gullaganingda hayoting rishtalari gul kabi sochilmasmikin?.. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling