Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


jarayonning qonuniyatlaridan biridir


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

jarayonning qonuniyatlaridan biridir. 
Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, 
munosabatlar, to’qnashuvlar, o’sish-o’zgarishlar... jami tushuniladi; chunki “Adabiyotning uchinchi 
elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, 
simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o’rtasidagi 
munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir”(M. 
Gorkiy). 
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy mazmunning 
talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan 
voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni 
tiriltiradi.
Jumladan, tragik xarakter qaltis, og’ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday 
vaziyatdagina o’zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu 
qo’zg’atuvchi “arzimas” voqealarda o’zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoyev) 
ko’rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig’i voqealar mantig’iga va aksincha, voqealar 
mantig’i xarakterlar mantig’iga (F.M.Golovchenko, M.Qo’shjonov, T.Boboyevlar ham ta’kid 
qilishgan) mos bo’lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi Otabek o’zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda 
ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o’rnida” bo’ladi. homidning ig’volari tufayli Kumush 
Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga 
ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib
homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig’i Otabekning 
sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo’rttirishga, uning xarakteri mantig’ini asoslashga, ishonchligini 
ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g’oyaviy mazmun 
(eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda.
Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va 
antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy 
ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi 
va u konflikt deb yuritiladi. 


49 
Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko’lamini 
belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi: 
1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli 
jihatlar) kurashi;
2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash;
3. Shaxsiy – intim konflikt – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. 
Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi 
bo’lgan asarlar (“Sarob” - A.Qahhor; “Ulug’bek xazinasi” – O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat 
ko’rsatgichi bo’lib, yorqin iz qoldirganlar. 
Jumladan, “O’tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan 
Musulmonqul, Azizbekka o’xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi to’qnashuv – ijtimoiy 
konfliktga asos solsa, Otabek, hasanali, Qutidor va homid, Mutal, Sodiq, Jannat kampir o’rtalaridagi 
olishuv-shaxsiy-intim konfliktni keltirib chiqaradi. Otabek ikkinchi martaba uylanish Kumushga 
nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, axloqsizlik qilayotganini tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga 
bo’ysinadi. Ana shu jarayonda qalbida kechgan kurash-psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Uch xil 
konflikt birlashib, katta qudrat kasb etadi va “O’tkan kunlar” syujetining shiddatli va ta’sirchan harakat 
qilishini, asar qahramonlarining dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi. 
Badiiy syujetlar turli yo’llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko’pincha, uning uchtasi haqida 
gapiriladi: 
1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo’ladi. ulardagi voqealarning 
barchasi badiiy to’qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo’ladi. 
Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To’xtaboyev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam 
amfibiya”(A.Belyayev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko’rsatish mumkin. 
2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va 
tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo’ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling