Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 
Tugun; Bosh g’oya(birinchi qism)
Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg’a ayt, 
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg’a ayt. 

Voqea rivoji; Yordamchi g’oyalar(ikkinchi qism): 
Buni la’li hasratidin qon yutarmen dam-badam
Bazmi aysh ichra labolab boda oshomimg’a ayt. 
 
Kom talhu boda zahru ashk rangin bo’lg’onin, 
La’li shirin, lafzi rangin sho’xi xudkomimg’a ayt. 
 
Shomi hijron ro’zg’oring tiyra nevchun qildi deb
So’rmag’il mendin bu so’zni, subhu yo’q shomimg’a ayt. 
 
Ul pari hajrida rangu nomkim tark ayladim
Ko’ngil otlig’ hajr vodiysida badnomimg’a ayt. 
Kulminasiya: 
Ey karomatgo’y, ishim og’ozi xud isyon edi, 
Sham’i rahmat partavi yetgaymu anjomimg’a ayt. 
 
Yechim:Bosh g’oya xulosasi(Uchinchi qism): 
Yo’q Navoiy bedil oromi g’am ichra, ey rafiq, 
holini zinhorkim, ko’rsang diloromimg’a ayt. 
 
Ushbu g’azalda fikr va hislar oqimini ko’ngil ko’zi bilan “tatib” ko’rsa bo’ladi. “Aslida, buning 
birinchisi – mantiqiy tafakkur, ikkinchisi – hissiy tafakkur. Ikkinchisi (narsalar va harakatlar) 
birinchisidan oldin yuradi. Ikkalasining birligi badiiy obraz bo’ladi”, - deganida Asad Muxtor haqliga 
o’xshaydi.


53 
Ba’zi she’riy asarlarda fikr va tuyg’ularni ifoda etishda voqeadan shoir ustalik bilan foydalanadi. 
Ularda bir necha obrazlar yaratiladi. Agar eslasangiz, Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri – xuddi 
shunday asardir, unda Shahnoz, “oshiq” dushman, lirik qahramon (muallif) obrazlari yaratilgan. Undagi 
tasvirni hattoki hikoya qilib (aytib) berish mumkin. Bunday she’rlarni voqeaband (syujetli) she’rlar deb 
yuritish odati ilmda uchraydi. 
Badiiy asar syujeti bilan kompozitsiya birlashganda, yaxlitlashganda – ularning qudrati beqiyos 
bo’ladi: hayotiylikni, badiiylikni, ta’sirdorlikni tiriklik nuri bilan ta’minlaydi, jonbaxshiydalik qiladi
o’zligini asar g’oyasiga, xarakterlarga baxshida etadi va ayni chog’da, ularga beminnat xizmatidan 
o’zi ham go’zallikka o’ranadi, takrori yo’q badiiy vosita ekanligini voqe qiladi. 
 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling