Nazorat savollar
Download 1.59 Mb.
|
Matcad dasturi nazorat savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. MathCad dasturini ishga tushirish usullari.
Nazorat savollar 1. MathCad tarkibidagi komponentlar haqida ma’lumot bering? 2. MathCad qanday so’zlardan tashkil topgan? 3. MathCad dasturini ishga tushirish tartibini ayting? 4. MathCad interfeysining oyna tuzilishi qanday? 5. Matematik panel vositalarini sanab o’ting? 6. MathCad dasturi ishini tugallash qanday amalga oshiriladi?
MathCad interfeysi MathCad bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan tizimdir. Uning nomlanishi ikkita – MATHematika (matematika) va CAD (avtomatik loyihalash sistemasi) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan. MathCad formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal tizimdir. MathCad tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda qulaydir. 2. MATHCAD – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal majmuasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. MATHCAD paketi muhandislik hisob-kitob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning turli versiyalari mavjud. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MATHCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega. MATHCAD dasturining interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash. MATHCAD ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi. MATHCAD ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi. 3. MathCad dasturini ishga tushirish usullari. MathCad dasturini Programmi (Pragrams) menyusidan ishga tushirish. Pusk belgisida sichqoncha chap tugmasini bosing va quyidagini bajaring. ПУСК – ПРОГРАММЫ - MathSoft Apps - MathCad 2001 Professional 2. MathCad da yaratilgan ixtiyoriy fayl orqali MathCad dasturini ishga tushirish mumkin. 3. Moy kompyuterdan ishga tushirish. Moy kompyuter C yoki D: diskni tanlang Program Files katalogini tanlang MathSoft katalogidan MathCad.exe fayliga sichqonchani ikki marta bosing. 4. Yangi fayl yaratib ishga tushirish Sichqonchani o’ng tugmasini bosing Sozdat MathCad Document Yangi fayl yaratib MathCad dasturini ishga tushirish. Yoqorida keltirilgan 4 ta usuldan birortasi bajarilsa natijada ekranda MathCad dasturi hosil bo’ladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling