yaratiladi, so’z tufayligina jozibaga, ta’sirdorlikka, yaratishga qodir bo’ladi, ya’ni so’z-la tiriladi.
Shu tufayli so’z nodirlik, bebaholik, mo’jizadorlik xislatlarini bor-budicha o’zida mujassam etadi.
Xo’sh, so’zdan san’atkor qanday tarzda foydalanadi? So’z qachon obrazlilik kasb etadi? So’zning
poetik maqsadi nima? Nima uchun so’z tanlanadi? Nega har bir so’zning o’z o’rni, o’z qudrati bor?
Nega tili no’noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo’ladilar? Badiiy tilning qanday
xususiyatlari sirlarini bilish lozim?..
Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo’lib o’rganadi:
1. Jonli (umumxalq) til – muayyan millatning, mamlakatning odamlari o’rtasidagi jonli
so’zlashuv nutqi, o’zaro aloqa, muomala – munosabat qurolidir. U grammatika qonunlariga, talaffuz
qoidalariga, adabiy va badiiy til normalariga, talablariga bo’ysunmaydi. Jonli til – erkinlikni yoqtiradi:
sheva ham, varvarizm ham, vulgarizm ham, jargonizm ham, neologizm ham... uning joni - tani bo’lib
xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo’lmaydi.
2. Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug’ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va
talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi
(“to’qson ikki bovli o’zbek urug’i”) kishilarga tushunarli bo’lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio,
televidiniye, teatr tilidir.
Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada
bo’ladi: jumladan, ulardan yangi so’z va iboralarni qabul qiladi va o’z navbatida jonli va badiiy
tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi.
3. Badiiy (poetik) til – badiiy asarlar tili sanaladi. U “adabiy asarning mazmunini ro’yobga
chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. Shu sababli badiiy til kitobxonga g’oyaviy va emosional
ta’sir qilish vositasi bo’lib xizmat kiladi. Negaki, yozuvchi badiiy til orqali obrazlar manzaralar yaratar
ekan, ularning mohiyatini ochib ko’rsatadigan so’z va iboralar tanlaydi. Asl va ko’chma ma’noli so’zlar
qo’llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi”. Shu xilda
yozuvchi asar g’oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M. Gorkiy aytganiday, “Ish tafakkurni uyg’otadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |