Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Mavzu: She’riy asarning o’ziga xosligi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 Mavzu: She’riy asarning o’ziga xosligi 
Reja: 
1. Shoir va she’riyat dunyosi 
2. Ritmika. Fonika. Strofika 
She’riyat dunyosini o’rganish, shu dunyoning ijodkori – shoir shaxsidan boshlash maqsadlidir: 
Shoir kim? U qanaqa odam? Uning qismati – poeziyami? Milliyligi va umumbashariyligining sababi 
nimada?.. 
O’nlab savollarga javob aytishni rus tanqidchisi V.G.Belinskiy mulohazalaridan boshlaymiz. 
U “Mixail Lermontov she’rlari”dayozadi: “Bu – zehnli, nozik – mijoz, hamisha faol, salgina tegib 
ketilsa ham o’zidan uchqun sachratadigan, boshqalardan ortiqroq qayg’uradigan, shodonroq lazzat 
oladigan, ehtirosliroq sevadigan, kuchliroq nafratlanadigan, qisqasi, chuqurroq his etadigan vujud, 
ruhning har ikki-ham turg’un, ham harakatdagi holati oliy darajada taraqqiy qilgan naturadir. Shoir 
jismning tuzilishiga ko’ryoq, boshqalarga qaraganda u yoki bu hadga borib qolishiga ko’piroq moyil 
bo’ladi va u hayotda boshqalardan balandroq yuksaklikka ko’tarilib, iflosroq tubanlikka yiqilishi 
bemalol mumkin. Lekin uning qulashi ha boshqalarning qulashidan farq qiladi. Bu qklash pul
hokimiyat, imtiyozning yuholigi emas, balki hayotga bo’lgan sabrsiz chanqoqlik samarasidir. 
hayotga tashnalik unda shu qadar ulug’ki, u bir daqiqalik lazzatli ehtiros, bir lahzalik shirin tuyg’u 
uchun o’zining btun kelajagini, orzularini, qolgan umrini qurbon qilishga tayyor... 
U ijod etayotgan chog’i=shoh, koinot huumdori, tabiat asrorining ishonchli mahrami, faqat 
ungagina o’z ko’rsin ochgan samo va yer, tabiat va inson ruhiyati sirlarining noziri. Lekin u asliga, 
odatdagi yer farzandi holiga qaytganda – odam. Ammo shunday odamki, u yaramas bo’lishi 
mumkin, lekin hyech qachon tuban bo’la olmaydi, boshqalarga qaraganda tezroq odamgarchilikdan 
chiqishi mkmkin, lekin shu qadar tezlik bilan chinakam odamga aylanadi va makoni bo’lishi 
samodan keladigan nidoga hamisha tayyor turadi...”
1
Bu fikrlarni o’qir ekasiz, Aristotelning “Poetikasidagi “poeziya – iste’dodli yoki majnunsifat 
kishining qismatidir. Iste’dodli odamlar ruhan juda ta’sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil 
bo’ladilar”.(35-bet), -degan qaydlarini eslaysiz... Shoira halima Xudayberdiyeva: 
Mening
Boru yo’g’im 
Umidga o’tgan, 
Farqlay olmay goho
Yolg’on, chinni man 
har bitta kesakdan 
Gavharlik kutgan 
Javohilik kutgan 
Jinniman... 
Deyishi – haqiqat; ana shu haqiqatning poetik ifodasidir. 
“Lekin shoir hamisha elning jigari bag’ridan bunyod bo’lgasi zurriyot, el xonadonining 
chirrog’i, ertangi kunga yetuvchi sadosi bo’ldi. Xalqning, davrning xotiroti bo’lib dunyoga keldi. 
Shoirsiz yurt – bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh. Shoir qaysi 
zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o’z qalbining halatini ayon etadi vaagar bu holat 
minglarni, millionlarning qalbiga esh bo’lsa shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. 
Shoirni hamma zamonda qismat bo’ldi” (E.Vohidov, “Shoiru she’ru shuur”, 76-bet). She’rning 
dunyosi – “butun olam, barcha ranglar, bo’yoqlar, ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari”dir, 
u bu narsalarning qay biri bilan oshna bo’lsa, uning mohiyatiga kirsa-qalbida ehtiroslar, tuyg’ular, 
orzular, fikrlar po’rtanasi uyg’onadi va ular jilolanib “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning 
hoki va joni, uning shu’lasi va quyoshi” (V.Belinskiy)ga aylanadi, go’zalligi va birbutunligi bilan 
1
В.Г.Белинский. Адабий орзулар. Т., 
Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 107-бет. 


74 
voqyelikdan ko’ra hayotiyroq, boyroq, maftunkorroq bo’lib barchani o’ziga jalb qiladi. ha, “she’r – 
yuksak san’at, yurakdan aytiladigan so’z, yurak otashi, fikrning guli, nafasi, yolqini”
2

“She’riyat – shoir va o’qituvchi o’rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat-
yurakni borlig’i bilan ochan, o’quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamaktir. She’rni anglamakning 
o’zi ham iste’dod. Biz bu iste’dodning nomini nozonli deysiz, nozik fahmlik deymiz. Bu fazilatga 
yangilikning anglash va baho bera olish sifati qo’shilganda u didga aylanadi. Didni esa yoshlikdan 
tarbiyalamoq, bilim va tuyg’ular boyligi bilan kamolotga yetkazmoq kerak”(E.Vohidov, yuqoridagi 
asar, 131-bet) ekan, demak shoir bo’lish uchun ham, she’rning anglovchi iste’dod egasi bo’lmoq 
uchun ham, dastavval, she’riyatning qonun-qoidalarini, uning oddiy texnikasini bilish, uni 
chuqurroq o’rganishni zaruratga aylantiradi. 
Qalbdagi tovlanishlarning insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta’minlashda, 
qismat tarixini – so’z vositasida jonlashtirishda uchta asos muhim ahamiyat kasb etadi. Bular ritm 
(“Ritmika”), qofiya (“Ilmi qofiya” - “Fonika”), band (“Strofika”). 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling