Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Latif – Astral olami deb atashadi. Uning biz yashayotgan dunyodan farqi kam. Lekin o’ziga xos 
jihatlari bor. Bu Latif olamda tebranishlar o’ta nozik, jismoniy harakatlarga vaqt sarflanmaydi. Ammo 
biologik hodisalar vaqt bo’yicha kechadi. Bu dunyo moddiyati oyning gravitasion maydonidir. 
Quyosh burjining har bir sayyorasi o’z Latif dunyosiga ega... 
- Shoshmang – shoshmangh – bashoratchi ayolning gapini bo’ldi Asad. – Siz jismoniy 
harakatlarga vaqt sarflamaydi, dedingiz. Buni qanday tushunish kerak? – Latif dunyo mavjudotlari 
birzumdayoq sayyoraning istagan nuqtasida paydo bo’lishi mumkin. Fanda bu hodisani teleportasiya, 
deyishadi”
1

hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik –fantastik romanidan keltirilgan ushbu 
dialogga e’tibor qilsangiz, undagi “Latif Astral olam, gravitasion, teleportasiya” kabi neologizmlar – 
hayotimizdagi yangicha qarashlarning mahsulidir, moddiy dunyomiz bilan boqiy (ruhiyat) dunyosining 
sirlarini o’rganishga intilishning jozibali mevasidir.
Lekin “favqulodda “yangilik” yaratish ishtiyoqidagi ba’zi qalamkashlar “g’uncha portladi”ga 
o’xshash ko’p “kashfiyot” qilishdi. Tushunaman, lekin bunday so’z qo’llanilishini nojoiz deb bilaman. 
Xalq hyech qachon “g’uncha portladi” demaydi. Bu zo’rma-zo’rakilikh” (Azim Suyun. O’zlik, 
“Sharq”, 1999, 111-bet.) Undan qochgan ma’qul. 
5. Dag’al so’z-vulgarizm (lat.-vulgaris- dag’al, qo’pol)lar adabiy tilda ishlatilmaydigan haqoratli 
so’zlar va noto’g’ri tuzilgan, qo’pol jumlalar, dag’al (mantiqsiz yoki biri tog’dan, biri bog’dan bo’lgan) 
1
Ҳожиакбар Ислом Шайх. Туташ оламлар, Т., “Ёзувчи”, 1966, 196-бет. 


71 
fikrlashni ifodalovchi iboralardir. Ular asar qahramonining qo’polligini, hayosizlagini, axloqsizligini, 
ma’naviyatdan uzoqligini yaqqol ko’rsatadi. Buning isboti Toshpo’lat tajangdir: 
“hoy, qizilboshh Chilimingni berasanmi, yo’qmi, it emgan? Qara-qara, Mahkamh Do’nduq ekan-
ku anavingh Suyagi barmi, a? Bir piyola choyimiz bor, hovh Itdan tuqqaning qaramadi-ku... hoy, kim, 
Salim kavarning bolasi emasmi, to’lishipti o’ziyam. Sartarosh hoji ko’rib qolsa o’ldi, deginh 
- Bodom qavoq – yupqa tomoq, dodimga yetsang-chi. 
- hoy – hoyh”
2
6. Chet so’z – Varvarizm (lat. Varvarus - kelgindi) lar - badiiy asar yozilgan tilga yot bo’lgan, 
boshqa tillardan “bostirib” kirgan so’z, ibora, birikmalardir. Ayniqsa, o’zbek tilimizga arab tilidan 
kirgan (arabizm), fors tilidan kirgan (forsizm), rus tilidan kirgan (rusizm) so’zlar ko’pchilikni tashkil 
qiladilar. Bu so’zlar zamon ruhini berishda, tipik xarakterlarning xususiyatlarini individuallashtirishda, 
ularning ayanchli, kulgili nutqlarini bo’rttirishda judayam qo’l keladi. 
Abdulla Qodiriyning “Toshpo’lat tajang nima deydir?” degan chapanilar hayotidan 
hangomalaridan bir shingilini tinglaylik: 
“ - Shu afandichalaringni bittasi sanmi? Shoyi ko’ynakchangni qarah Voy o’sha 
cho’nchakchasiga burnimni qoqayh Kulma, xudoy haqqi, kufrligimni oshirasanh Sen xaloyiqni 
hammang ham tirnog’imni yuzida; Poshsholig’ing shoyi ko’ynakka, deb besh so’lkavoyni uzatdimi 
simint (siyu minutu-A.Q.) Toshpo’lat akangni unutasan, xudoy haqqi, unutasanh” (Kichik asarlar, 73-
bet).
Toshpo’lat tajangning nutqi (u nutqdagi arabcha, ruscha so’zlar va ularning ko’pini buzib talaffuz 
etishi) - chapaniligini, saviyasi sayozligini, ahloqi buzuqligini, vaysaqiligini, johilligini to’liq ifodalay 
oladi. 
Azamat Qorjovovning quyidagi hazil she’rida ham “poet”ning – lirik qahramonning borlig’i 
kulguli tarzda ifodalangan: 
“Men poetman, bu qizlarni 
Yaxshi bilaman. 
hammasini ochen-ochen 
Yaxshi ko’raman. 
Qizlar esa kimni sevar? 
Voob
щye neznayu. 
Birortasini kamon bilan 
Otib ko’zlayu 
Bu dunyoda ves yaxshilik 
Qizlarga bo’lsin. 
Menga o’xshab har yigit 
Shoir bo’p ketsin.” 
7. Buzilgan so’z – jargon yoki argo (fr. Jargon-buzilgan til)lar, ayni paytda, abdal tili-sun’iy 
til bo’lib, ma’lum guruh kishilarigagina tushunarli bo’ladi. Talabalar orasida ishlatiladigan “o’tdi, 
o’tmadi, yiqildi, tildan dumi bor, tankasi zo’r, ko’kidan oladi” kabi so’z va iboralarning haqiqiy 
ma’nosini boshqa guruh odamlari (dehqonlar, bazzozlar, savdogarlar) tushunmaydi. 
“ - hye, vahima qilaverma, yo’li ko’p. “... changalda sho’rva” degan gap bor. Mana bizning 
filologiyamizda besh marta qayta-qayta imtihon qilishdi. Oxiri “3” qo’yib berishdi-yu, ular ham, 
“tanka”miz ham, o’zimiz ham tinchidik. Sen meni topibsanmi, “tankamiz” dumni yo’qotish yo’lini 
topadi. Zo’r odam, kallasiyam juda ishlaydi-dah 
- Dugon, o’sha “tankang”ga boraylik. Mengayam yordam qilsang, o’lib qolmasman... sengayam 
ko’kidan bor. 
- Yur, qani o’quv bo’limiga boraylik-chih”
1
Ushbu hangomada ham ikki talaba dialogi orqali ilm topguncha, “tanka” (“baho”ni qo’ydirib 
beruvchi)ni izlovchilar ustidan kulingan... 
2
Абдулла Қодирий. Кичик асарлар, Т., Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969,71-бет. 
1
Ҳотам Умр. Тирик нусхалар ва безовта қатралар, С., “Суғдиёна”, 1999, 33-бет. 


72 
8. Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm(rus.-biror kasbga oid)lar asarda 
tasvirlanayotgan qahramonning kasbini, ish hunarini ifodalaydigan so’z va so’z birikmalarining 
jamidir. har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari bo’lishi tabiiydir. Jumladan, futbol o’yini bilan 
bog’liq(himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, darvozabon, jarima, final kabi), o’qituvchilik bilan 
bog’liq(daftar, qalam, qog’oz, baho, test, nazorat, joriy nazorat, kafedra, dekanat, rektorat, o’quv 
bo’limi, stipendiya, talaba kabi) so’zlar borki, ularni muayyan qahramon nomidan ishlatish shu 
qahramon kasbi-hunarini aniqlashtiradi, demakki, qahramonni yaxlitlashtirishda qo’l keladi: 
“Bir necha kun shu yo’sin ikkilanib yurg’ach, nihoyat o’zimga tushunilmagan bir 
savq(yo’nalish) ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o’ttuz kiyim bo’laturg’an 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling