Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 
BAND. She’riyatda bo’g’inlar guruhlanib turoqni, turoqlar guruhlanib vaznni tashkil etadilar. 
Bunday guruhlanishdagi izchillik va takroriylik musiqiylikni yuzaga keltiradi. Bu qonuniyat 
misralarning ham guruhlanib kelishini, uning izchil va takroriyligini talab qiladi. Bu talabning ijrosi 
band deb yuritiladi. 
Lirik asarga xos bo’lgan mazmun ham, syujet va kompozitsiya ham bandni zaruratga 
aylantiradi, chunki, muayyan asardagi mavzuning asosiy g’oyasi, g’oyaviy mazmunning qirralari, bir 
oniy kechinmaning xulosasini kengaytirib, yoyib, asoslab, ochib beruvchilik vazifasini band o’taydi. 
Ayni choqda, band bandlararo “sochilgan” fikr va kechinmalarni yaxlitlashtiradi; ularning ifodasidagi 
o’zigagina xos birlikni yuzaga keltiradi, birgina so’z bilan ifodalasak, band insoniylashadi, obrazli 
vositaga aylanadi. 
Men dunyoga kelgan kundanoq 
a
Vatanim deb seni uyg’ondim

Odam baxti birgina senda 

Bo’luriga mukammal qondim

Qulog’imga noming kirganda 

Qumlik kabi tashna boqurman.

Sening jannat vodiylaringdan

Nahrlarday to’lib oqurman. 
Bilsinlarim: yo’ldoshim bo’lmas 

Ko’zda yoshi bilan kulganlar

O’zlari bor, tillari hayot 

Lekin yurak - bag’ri o’lganlar

har aytganing buyuk jangnoma 

Qayga desang qaytmay keturman. b 
Ko’zlarimni yummasman aslo 

Daryo kabi uyg’oq o’turman. 

hamid Olimjonning “O’lka” she’ri to’rt band (abvb, abvb, abvb, abvb)dan iborat. Unda Vatanga 
– baxtistonga farzandning kuchli muhabbati akslangan. Birinchi bandda lirik qahramonning dunyoga 
kelganidanoq Vatan deb uyg’ongani, inson baxti faqat undagina bo’lishiga mukammal qongani (xabari 
berilsa) ifodalansa, ikkinchi bandda ana shu Vatan uchun tashnalik, jannatmakon vodiylarni daryodek 
to’lib yashnatishga baxshidalik akslanadi. Bu tuyg’u keyingi bandda yanada kengayadi: Vatanni 
yashnatish, sevish, ardoqlash, ulug’lash yo’lida “yurak-bag’ri o’lganlar”ning yo’ldosh bo’la olmasligi 
asoslanadi. Oxirgi bandda Vatan chaqirig’iga qahramonning doimo tayyorligi, Vatan uchun “daryo” 
kabi uyg’oqlikligi (kechinma xulosasi) ifodalanadi. 
Ko’rinadiki, har bir band mazmun va ohang (o’qilishi va eshitilishi) jihatidan alohidalikni 
saqlaydi (go’yo alohida irmoq deng), ayni chog’da, bandlar birlashib (irmoqlar birlashgani kabi) bitta 


81 
oniy (daryo kabi toshqin) kechinmani – Vatanga muhabbatni bir butun va go’zal qilib, hamidona tarzda 
jonlantiradi (badiiylashtiradi). 
“Demak, she’r musiqiyligini tashkil etishda qatnashuvchi, muayyan qofiya tartibiga rioya 
qilingan, bir me’yorda va qonunan qaytalanuvchi, ritm va vazn jihatidan o’zaro aloqador, mazmun va 
intonasiya jihatidan tugal bo’lgan misralar uyushmasiga band deyiladi”.
1
Xulosa - “She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg’ularning ifodasi sifatida 
vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir” (N.hotamov, B.Sarimsoqov) va ayni paytda, musiqiyligi
yoqimligi, mo’ljalga uradigan jozibasi, dilkashu dardkash insoniyliga bilan ajralib turadigan 
mo’jizadir. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling