Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Jonlantirish – odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga 
ko’chirish orqali, to’g’rirog’i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo’ladigan tasvirdir. Bu tasvirning 
ikki xil ko’rinishi mavjud: Birinchisi, tashxis (shaxs bilan bog’liq) jonsiz narsalarni jonlantirish 
usulidir; masalan, badiiy asarda quyosh yuguradi, daryo shoshadi, samo (yulduzlar) ko’z yosh 
to’kadi, harsang(tog’) bardosh va sabr ko’rsatadi, gul kuladi, bulutlar ho’mrayadilar, qovoq 
osadilar, yig’laydilar, tun uxlaydi, oy yuradi, yulduzlar guvohlikka o’tadi, qashshoqlik kuladi... 
“Zoriqtirmay kelsan-chi bir
Intizor qilding buncha...”,
Deb yaproqlar tebranadi, 
To charchab uxlaguncha. 
 
Quyosh chiqib isitsa ham
Sendursan deb o’ylaydi. 
Tunda - oy kezib o’tsa ham, 
Sendursan deb o’ylaydi. 
 
Agar shamol qo’zg’ab qolsa,
Titrashadi keldi deb, 
Yerga qadar egiladi, 
Aytganlarim bo’ldi, deb. 
 
Noyob yigit, bosib o’t, deb 
To’kiladi yo’lingga. 
Gul barglari uchishadi, 
Tushayin deb qo’lingga. 
Yori o’tkazib ketgan nihol – judayam intiqqan, beadad sog’ingan, sadoqatli dildor, “ko’zlariga 
surtmoq uchun erining gardi(changi zarrasi)ga zor o’zbek ayolining qalbi bo’lib so’zlaydi. Bu qalbning 
yorga bunchalik intizorligini faqatgina jonlantirish san’ati, bu san’atning ustamoni hamid Olimjongina 
g’oyatda ta’sirli qilib, zarur milliylikka o’rab tiriltira oladi. Bu san’atkorlikdir, bu insoniylikdir, bu 
o’zbeklikdir, bu ibratomuz darslikdir. 
Ikknnchisi, intoq(nutq bilan bog’liq) – nutqi yo’q narsa va predmetlarni nutq egasi sifatida 
jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda ot ham so’ylaydi (“Alvido, Gulsari” - Ch.Aytmatov), 
Qo’zichoq va bo’ri bahs yuritadi (“Bo’ri bilan qo’zichoq” - A.Krilov).
Erkin Vohidovning “Aruz va barmoq” she’rida ular o’rtasidagi nifoq jonlantirishning ikkinchi 
usuli vositasida quyidagicha badiiylashtiriladi; ular o’zlarining “jonli qiyofalari” bilan jonlanadilar: 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling