Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Erkin vazn dunyoga keladi va u ham hayajonli holat (“xos hol” va “xos ma’no”) ni bunyod etgani,
saqlagani, ta’sirdorlikka erishtirgani uchun (sodda, qo’shma vazn singari) mo’jizador bo’laveradi: Dunyo omon bo’lsin 6 Siz omon bo’ling 6 Omadli bo’ling siz 6 76 Baxtli bo’ling siz 5 Lekin 2 Bilib qo’ying, 4 Bilib qo’ying, hamon 6 Sizni unutolmas Muhammadingizh 11 (Muhammad Yusuf) Ritmik pauza. “Pauza jahondagi hamma xalqlar va millatlarning she’r sistemalari uchun xos bo’lgani umumiy odatdir. Chunki ritmsiz she’r bo’lishi mumkin emas. Demak, pauzasiz ham she’r yo’q. Buning sababi shundaki, nutq bo’laklarining muayyan o’lchovda takrorlanishigina ritmni yuzaga keltiradi, takrorlanish tartibli to’xtamlarsiz, ya’ni pauzasiz yuz bermaydi ... har bir tinish belgisidan so’ng ham pauza bor. Bu – oddiy pauzadir. Ammo misra, band, turoq, rukn oxiridagi pauza o’zgachadir. Bu pauzani ham mazmun, kechinma, sintaksis-intonasion tuzilish belgilaydi. U prozada yo’q, chunki u o’lchangan, bir-biriga teng va paralel bo’lgan she’riy nutq xodisadir. Shuning uchun uni ritmik pauza deb atash lozim” (“O’zbek poeziyasida aruz sistemasi”, 236- b). Nega menga / qaraydi debsan, Va qilibsan / boqishimga g’ash. Bilmasmiding / qalbimga o’zing, Solib qo’ygan / eding-ku otash. (Yusuf Rajab) Bu to’rtlik 4+5=9 bo’g’inli barmoqda yozilgan bo’lib, har bir turoqning oxirida ritmik pauza bor. Birinchi turoqdan (4) keyingi pauza – kichik, ikkinchi turoqdan (5) keyingi pauza – katta pauza (misraning oxiri bo’lgani sababli)dir. Shuni unutmaslik lozimki ritmik pauza – shakl bo’lishi bilan bir qatorda u o’zini mazmun bilan alohida voqye qiladi. Ritmik pauzani she’rdagi mazmun belgilaydi. Chunki har bir so’z, har bir holat muayyan ohang orqali aniqlanar ekan, ana shu ohangni yuzaga keltirishda ritmik pauza ish beradi. Asablar, / asablar, / asablar, Sababsiz / sochilgan / g’azablar, Gunohsiz / chekilgan / azoblar, Ko’z yoshlar ... / bariga / sabablar – Asablar, / asablar, / asablar. (E. Vohidov) Ushbu asardagi misralarning har birida uchta (2 ta kichik va bitta katta) ritmik pauza bor. She’rdagi “Asablar” so’zining uch bora pauza bilan takrorlanishi – asabga diqqatni qaratadi va bu tuyg’uning uyg’onishi sababsiz g’azablarga, gunohsiz azoblarga, ko’z yoshlarga olib kelishi mumkinligini va shu sabab unga o’ta ehtiyotkorlik, bosiqlik bilan yondoshish lozimligiga chorlaydi. Lirik qahramon qalbidagi ana shu mazmun – ritmik pauza tarkibini, rivojini (birinchi misradagi tushunchani 2,3,4 misralarda bir pog’ona balandga ko’taradi va oxirgi misrada so’nggi – xulosaviy ma’noni ta’kid etadi), yechimini – shunga mos ohangni ro’yobga chiqaradi. Turkum. Muayyan misraga kirgan va boshqa misralarda (she’r oxirigacha) ham takrorlanib, ritmni yuzaga keltirgan bo’g’inlar soniga asoslangan o’lchov – turkumdir. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Men dunyoga kelgan kundanoq, Vatanim deb seni uyg’ondim. Odam baxti birgina senda, Bo’luriga mukammal qondim. (h. Olimjon) 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Bir tutam sochlaring mening qo’limda, G’ijimlab o’paymi, yo tarab yechay. Sir deb saqlaganing mening qo’ynimda, 77 Sir deb saqlayinmi yo elga sochay. (Cho’lpon) Hamid Olimjon she’ri “to’qqizlik”, Cho’lponning she’ri “o’n birlik” turkumga kiradi. I.O. Sultonov ta’kidlaganidek, o’zbek poeziyasida 13 xil turkum – beshlik turkumdan o’n yettilik turkumgacha bor. har bir turkum doirasidan bir necha vazn ro’yobga kelishi mumkin. Masalan, “to’qqizlik” turkumdan 4+5 ; 5+4; 3+3+3; 6+3; 3+6 kabi vaznlar yaralishi mumkin. Ikkitasiga misol: A) Sodda vazn (4+5=9) O’xshashi yo’q / bu go’zal bo’ston, 9 Dostonlarda / bitgan guliston. 9 O’zbekiston / deya atalur, 9 Uni sevib / el tilga olur. 9 (h. Olimjon) b) Qo’shma vazn (3+6 / 3+5) Ozmuncha / janglar qilmadim men, 9 Ozmuncha / qonlar chekmadim. 8 Ozmuncha / tog’lar oshmadim men, 9 Ozmuncha / suvlar ichmadim 8 (Shuhrat) Qofiya. “Stilistika va she’r tuzilishi” kitobining muallifi B.V.Tomashevskiyning fikricha, qofiyaning ritmni tashkil qilish va ohangdoshlik yaratishdek ikkita belgisi bor. Ayni paytda “qofiya qandaydir fikrni o’z holicha ifodalay olmaydi. Biroq turli tushunchalarni munosabatdor qilib, ularni ongimizda tovushlar ohangdoshligi orqali aloqador etib, u yoki banddagi asosiy fikrlarni ifodalashga olib keladi” (Goncharov B.P). Demak, “Qofiya mazmun bilan bog’liq, u kerakli tushunchalarni, ularni Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling