ipakni bo’yash, tanda, arqoq, go’la mashaqqatlari ko’zimga ko’rinmabdir. Va’damni ikki kun
ilgariyoq shohini to’qib, uning kelar yo’lini poylar edim, ul kelmas edi...”
1
Usta Alimning ushbu hikoyasi(nutqi)dan biz uning shohi to’quvchi usta ekanligini uning ishqi
Saodatga tushganini bilib olamiz.
9. Sheva so’z – dialektika(mahalliy so’zlar) muayyan bir xududda yashovchi kishilarga,
ularning shevasiga xos bo’lgan, adabiy tilga mansub bo’lmagan so’z va iboralardir...
Jumladan, Xorazm shevasida “gashir”(“sabzi”), “yo’mirta”(“tuxum”), “galingiz”(“kelingiz”)
kabi so’zlar ko’p uchraydi. Sheva so’zlar-asar qahramonlari tilida me’yorida ishlatilsa, ularning manzil-
makonlarini va nutqini o’ziga xosligini to’liq ochib beradi. Bunday mahorat Asqad Muxtorning
“Tug’ilish” romanidagi Xoldor obrazini yaratishda yaqqol ko’zga tashlanadi:
“ - Sariyev Juman?
- Slesar
- Xoldor Jo - Jo...
- Shatta Jonsug’urov pamilam. Amolaykim kasbim ko’p. Uchtasinila aytay. Avval do’kon
mudiri o’g’onman, innay iskaladda zavdish, ekspiditr...”
Tayanch tushunchalar
So’z va so’zlarning leksik ma’nolari. Omonim, sinonim, antonim. Eskirgan so’zlar, jargonlar,
yangi, sheva, dag’al, chet so’zlar.
Savol va topshiriqlar
1. Maxsus leksik boyliklar deganda nimani tushunasiz?
2. Maxsus leksik boyliklarning har biriga yangi misollar toping, tahlil qiling va mashqlar daftaringizga
qayd eting.
Adabiyotlar
1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 126-133-betlar.
2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 135-143-betlar.
3. E.Xudoyberganov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1995, 106-114-betlar.
4. N.Rajabov. Ona tili, T., “Fan”, 1999.
5. N.Hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati, T.,
“O’qituvchi”, 1979.
6. Isomiddin Yormatov. O’zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O’quv qo’llanma), T., 1994, 127-
180-betlar.
* * *
1. A.Qodiriy. Kichik asarlar, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969.
2. Hojiakbar Islom Shayx. Tutash olamlar, T., “Yozuvchi”, 1993.
3. Hamid Olimjon. MAT., 1-2-tomlar, T., “Fan”, 1979.
4. Erkin Vohidov. Bedorlik. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
1
А.
Қодирий. Ўткан кунлар. Меҳробдан чаён. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1994, 193-бет.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |