Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo 
Sheva birla ko’zlaring jonimni bemor ayladi. 
Ey, Iso payg’ambar nafaslik (Iso payg’ambarning nafaslari jonbaxsh bo’lgan) begim, daming 
(og’zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan bemor ayladi, mazmunini keltirib chiqarish 
uchun og’iz bilan ko’z qarshilantirilmoqda, ayni paytda, ular bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yornikidir. 
4. Eskirgan so’zlar deganda, bugungi kitobxonga tushunarli bo’lmagan, og’zaki nutqda deyarli 
ishlatilmaydigan so’zlar tushuniladi. Bunday so’zlar davr ruhini ifodalashda, nutqda turli rang va ruh 
(mazah, kinoya, masxaralash kabi) berishda asqotadi. Ular ikki xildir: 
Birinchisi, tarixiy so’zlar (istorizm)lar – o’tmishda bor bo’lgan narsa va tushunchalarning 
nomini bildirgan, keyinchalik esa tilimizda ishlatilmaydigan, muomala-munosabatlarda 
qo’llanilmaydigan so’zlardir: birmiri, botmon, misqol, mingboshi, kanizak, yorg’uchoq kabi. 
Buning yaqqol misolini tasavvur qilish uchun “Farhod va Shirin” (A.Navoiy) dostonining XXX 
bobi sarlavhasiga murojaat qilaylik: 


70 
“Farhodning Shopur dasht paymolig’i, balki rahnomolig’i bila Yaman mulkidan Arman 
kishvarig’a azimat qilg’oni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin g’unchadek ko’ngli gul-gul 
ochilg’oni va Armaniya tog’i kamarida xoro qozodurg’on el ajzin ko’rib ul kayfiyatin so’rub xoro 
qozorg’a kamar chust etgani va bu xabarning chustu Shirin Mehinbonu bila Shiringa yetgoni” 
“Poymolig’i” - “oshganligi”, “kishvari” - “o’lkasi”, “azimat” - “yo’l olmoq”, “sabza” - “maysa” 
“rayohinidin” - “rayhonlaridin”, “xoro”- “tosh”, “ajzin” - “ojizligi”, “kamar” - “bel”, “chust etgani” - 
“shaylagani” tarzida tushunsakkina XV asrdagi muallif nutqini, uning “oliy” uslubiyatining o’ziga 
xosligini to’liq anglaymiz: “Farhodning Shopur rahnomoligi bilan dasht (cho’lu biyobon)larni oshib 
Yaman mamlakatidan Arman o’lkasiga yo’l olgani, Armanning Eramoso (jannatdagiga o’xshash) 
maysalari va rayhonlaridan ko’ngli gul-gul ochilgani va Armaniya tog’i kamarida tosh qaziyotgan el 
ojizligini ko’rib, kayfiyatlari (holi-ahvoli)ni so’rab tosh qazishga bel bog’lagani va bu xabarning juda 
tez Mehinbonu va Shiringa yetgani” mazmuni bayon qilinganini tushunamiz. Yuqoridagidek tarixiy 
so’z va iboralar ishlatilmaganda, biz XV asr ruhini, o’sha davr badiiy tilini bu qadar aniq bilmagan 
bo’lardik. Ikkinchisi, eski so’z – arxaizm (yunon. Archaios-qadimgi so’z) – bugungi kunda sinonimi 
ishlatilayotgan, lekin asli ishlatilmayotgan eski so’zlardir, ya’ni aslidagi shakli eskirgan, ma’nosi 
sinonim so’z (yangi shakl)da bo’ladi. Demak, eskirgan (arxaik) so’z ma’nodosh so’zlar bilan bog’liq 
bo’lsa, tarixiy so’zlar, odatda, yakka bo’ladilar. “... Darboza ochilib, qo’rboshi ichkariga kirdi. 
O’rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko’rgan edik, shuning uchun o’rdaning qay daraja keng 
bo’lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o’rdaning ko’proq qismi darboza tomonda qoldirilib, 
janubga tortilg’an xatti mustaqil bir devor bilan bo’lingan edi...” (“O’tgan kunlar”). Ushbu parcha 
hokim saroyining yaqqol manzarasini aniq tasvirlaydi. “O’rda” so’zining hozirgi sinonimi (shakli) 
“saroy” bo’lsa, “masohat”niki “to’g’ri chiziq”dir. 
5. Yangi so’z – neologizm (yunon. Neos logos – yangi so’z) deganda, san’atkor tomonidan 
yangidan yasalgan, hayot yangiliklarini ifodolovchi yangi so’zlar jami tushuniladi. Jumladan, G’afur 
G’ulom “daryodil, yovyurak, mehnatobod, sharofobod, oyoqdosh” kabi so’zlarni yasagan bo’lsa, 
Maqsud Shayxzoda “xayolxona, ilhomdosh, fazoshumul vazifa, huriston, oybachcha, xorazmlashmoq, 
xayollanmoq, tundalik” kabi neologizmlarni kashf etdi. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti birja
dollar, mafiya, terrorizm, repititor, test” kabi yuzlab yangi tushunchalarni ifodalovchi so’z va iboralarni 
yaratdi.
Demak, hayotning yangilanishi – doimo so’zlarning ham yangilanishiga; yozuvchi va 
shoirlarning yangi obrazlarni yaratishga intilishlari ham hamma vaqt yangicha ifodani akslantiruvchi 
so’zlarning yasalishiga olib keladi. Bu – hayotning va adabiyotning qonuniyatidir. “- Uchinchi dunyoni 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling