Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
misralar oxiriga chiqarish orqali ta’kidlab ko’rsatishni taqozo etadi; ikkinchidan, qofiyaga ajratilgan
bu muhim so’zlar fikr oqimidan kelib chiqadi va uning zarur halqasi bo’lib qoladi” ( “O’zbek poeziyasida aruz sistemasi, 248-b; Ta’kidlar bizniki- h.U.) ”. Qofiyaning mazmun bilan aloqadorligi ta’sirdorlikni yuzaga chiqaradi va she’rdagi mazmunni oson eslab qolishga (yodlashga) yordam beradi. Bu xususiyatlarning mujassami maqollarda ifodasini topgani uchun ham, ularni bir bora eshitgan kishi umrbod esida saqlab qoladi: “Mehnat - rohat” , “Yaxshidan bog’ qolar, yomondan – dog’ ”, “Yaxshining o’zi o’lsa ham, so’zi - o’lmas” kabi. Ko’rinadiki, misralarda so’zlarning ohangdosh bo’lib tizilib kelishi – qofiyani yuzaga keltiradi, qofiya, pirovardida, she’rdagi musiqiylikni yaratish ishiga xizmat qiladi. So’zlar (to’g’rirog’i bo’g’inlar) bir-birlari bilan turlicha darajada ohangdosh bo’lganlari sababli, qofiyalar ham turfa xildir. O’zagi (birinchi harf (tovushdan tashqari) bir biri bilan to’la ohangdosh bo’lgan so’zlar (unli va undoshlar) to’liq-to’q qofiya deb yuritiladi: Botirlari kanal qozadi a Shoirlari g’azal yozadi. a Kuychilari o’qiydi yalla b Juvonlari aytadi alla. b (h. Olimjon) She’rshunos Ummat To’ychiyevning uqtirishicha, “Qofiyadosh so’zlarda ohangdoshlik yaratish uchun eshitilishda bir-biriga mos kelgan tovushlar tirgak” deyiladi. Tirgak qofiyani tovush jihatidan tashkil etuvchi asosiy negizdir. (“O’zbek sovet poeziyasida barmoq sistemasi, T, “Fan”, 1996, 115-b). Yuqoridagi misolimizda (“qozadi-yozadi”) “ozadi”, (“Yalla-alla”), “alla” tovushlari tirgaklardir. Agar so’zlarning faqat ba’zi tovushlarigina ohangdosh bo’lsa och (chala) qofiya tug’iladi: Shaharlarda ishga chiqib el, Odam bilan to’lar Tekstil . (h. Olimjon) 78 Ohangdoshlik faqatgina misralar oxiridagi so’zlardagina bo’lmay, ba’zan misra ichidagi so’zlarda ham uchraydi. Bunday holat ichki qofiyani yuzaga keltiradi: Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi, men andan bir so’rorim bor. (Bobur) Ohangdoshlik misralardagi bir nechta so’zlarda ro’y bersa, unda qo’sh qofiya vujudga keladi: Qorli tog’lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. (h. Olimjon) Radif – qofiyaga yaqin vositadir. Radif qofiyadan so’ng misralar yoki bandlar osha muttasil takrorlanib keladigan “o’zgarmas so’zlar” yoki so’zlar birikmasidir. Jondin seni ko’p sevarman, ey umri azizh Sondin seni ko’p sevarman, ey umri azizh har neniki sevmoq ondin ortiq bo’lmas, Ondin seni ko’p sevarman, ey umri azizh (A. Navoiy) “Jondin, sondin, ondin” - Bosh qofiya, “seni ko’p sevarman, ey umri azizh” - radifdir. Radif – she’rning mazmunini ta’kidlovchi, unga kitobxon diqqatini qaratuvchi va shoir maqsadini uqtiruvchi ta’sirchan vositadir. Darvoqye, ushbu misolda ham radif (“Seni ko’p sevarman, ey umri aziz”) Alisher Navoiyning insonga munosabatini yorqin ifodalaydi: inson eng umri aziz zotdir, eng ko’p sevilishga, eng ko’p e’zozlanishga arziydigan jondir. Shu sababdan-da, uning ijodi leytmotivi – insoniylikni ulug’lash, insonga muhabbat qo’yish, hayotni sevishdir. She’rda ritmik misralar oxirini ko’rsatishdek vazifani qofiya radifga yuklaydi. Natijada radif she’r musiqiyligiga, uning ta’sirdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Demak, radif bir vaqtning o’zida she’rdagi g’oyaning qudratini ochishga, uni musiqiy va ta’sirdor bo’lishiga xizmat qiladi. Yuqoridagi fikrlardan, she’rda qofiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki, qofiyasiz yozilgan (oq she’r) “Mirzo Ulug’bek” (M. Shayxzoda) “Bobomning falsafasi” (U. Nosir) kabi klassik asarlarning borligi qofiyaning ritmga nisbatan ikkinchi darajali vosita ekanligi ham, qofiyaning o’z o’rni borligini ham isbotlaydi. 1 Qofiya mumtoz she’rshunosligimizda chuqur o’rganilganligi sababli alohida fan (“Ilmi- qofiya”) yuzaga kelgan. “Ilmi qofiya”da qofiyaning tuzilishi turlari, she’riy janrlarning qofiya xususiyatlari, qofiya xatolari, radif va qofiya, vazn va qofiya munosabatlari, qofiya san’ati muammolari chuqur tahlil qilingan. Uning yutuqlarini targ’ib va tahlil qiluvchi (XX asr o’zbek adabiyoti nazariyasida) qator izlanishlar ham yuzaga keldi. 2 Mumtoz qofiyaning asosini harf tashkil etadi. “XV asrda o’tgan mashhur sharqshunos olim Vohid Tabriziy aytishicha ham, “qofiya o’zakdagi bitta harfdir, ham arablar bu harfni raviy deb ataydilar... va she’r raviy harfisiz to’g’ri bo’lmaydi. Bu harfni shunday takrorlash kerakki, u har bir baytda muayyan bir o’ringa qo’yilgan bo’lsin. Raviy qilingan harf so’zning o’ziga tegishli bo’ladi, agar bu harf u so’zdan olib tashlansa, so’z o’z ma’nosini yo’qotadi”. Ana shu fikrni ta’kidlagan, Ummat To’ychiyev asosli shunday xulosa qiladi: “Ko’rinib turibdiki, Raviyning beshta belgisi bor: 1. Raviy bir harfdan iborat bo’ladi; 2. So’z negizi yo o’zagidagina mavjuddir; 3. Takrorlanadi ; 1 Бу хусусиятлар ва қофиянинг тартиби, унинг ритмик, эвфоник, баъзи бадиий жиҳатлари (И. Султонов, У. Тўйчиев, Н. Шукуров, Н. Хотамов, Б. Саримсоқов, Т. Бобоев) ўзбек шеършунослигида таҳлил қилингани учун кенг тўхталишни лозим кўрмадик. 2 Уларнинг энг асосийларидан баъзиларини эслатамиз: У. Тўйчиев “Ўзбек поэзиясида аруз системаси”, Т, “Фан”, 1985. Қаранг: Қофия ва унинг назариясига оид, “Адабиёт назарияси”, II т., Т., “Фан”, 1979, 368-385 б. М. Акбарова. Алишер Навоий Ғазалларида қофия, Т., “Фан”, 1993 й. А. Ҳожиаҳмедов. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия, Т., “Шарқ”, 1998 й. 79 4. Baytdagi misralar oxirida ritmik jixatdan bir o’rinda keladi; 5. Bu harf olib tashlansa, so’z o’z ma’nosini yo’qotadi ” (Qarang: Adabiyot nazariyasi, II tom, 372-b.). Ana shu qoidani to’liqroq anglash uchun “Raviy” so’zining ma’nosini bilish zarur. U arabcha “rivo” so’zidan yasalgan bo’lib, yukni tuyaga bog’laydigan arg’amchi (arqon) ma’nosini bildiradi. Tuyaning yuki yurganida sochilib ketmasligi uchun arg’amchilar ish berganidek, qofiyaning barcha vositalarini o’zaro bog’lab turuvchilik vazifasini raviy bajaradi: Kel, ey soqiy, ketur paymona bizga Inoyatlar qilur jonona bizga (Xorazmiy) misralaridagi qofiyalarda (“paymona, jonona”) “N” tovushi raviy sanaladi. Demak, raviy bir-biriga ohangdosh-qofiyadosh ikki so’zdagi tayanch bitta harf (tovush)dir. Sharq mumtoz she’riyatida qofiya harflari o’n beshtadir. V. Tabriziyning ta’kidlashicha, qofiya harflari to’qqiztadir: “harfi raviy”, “qayd harfi”, “noira”, “ridf”, “ta’sis”, “daxil”, “vasl”, “xuruj”, “mazid”. Bundan tashqari qofiyalanuvchi so’zlardagi qisqa unlilar – a, u, i arab tilida qofiyadagi o’rniga ko’ra oltita nom bilan ataladi: “ras”, “ish’bo”, “xazv”, “tavjix”, “majro”, “nafoz”. Ana shu 15 ta harfning qofiyalanuvchi so’zlarda qay tartibda joylashishiga qarab qofiya turlari yuzaga keladi. Sharq poeziyasida qofiyaning asosan 25 ta turi mavjudligini qofiyashunos Bahrom Sirus ham, Ummat To’ychiyev ham, Muyassar Akbarova ham ta’kidlaydilar va misollar bilan izohlaydilar. 1 Ularni chuqurroq o’rganishni-mustaqil izlanishga qoldiramiz. Biz esa qofiyaning zulqofiyatayn, musallas qofiya, murabba’ qofiya singari navlariga bir nigoh bilan cheklanamiz. Bayt misralarida ikki so’zni ohangdosh qilib keltirish san’ati zulqofiyatayn deb yuritiladi . Agar ikki so’z misra oxirida kelsa- mutakarin qofiya, ikki so’z misraning ikki o’rnida kelsa- mahjub qofiya ataladi. "Shavqida ko’ksumni shigof ayladi Jildig’a ko’nglumni g’ilof ayladi . (A.Navoiy) Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling