I bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning ilmiy metodologik asoslari
Download 118.11 Kb.
|
Kommunikativ fikrlarni aniq, ravshan ifodalashga savod o`rgatish darslarida o`quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. SAVOD O’RGATISHNING ASOSIY DAVRIDA O’QUVCHILARNI O’QISHGA O’RGATISH.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Mavzu: Kommunikativ fikrlarni aniq, ravshan ifodalashga savod o`rgatish darslarida o`quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish REJA: KIRISH I.BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA O’RGATISHNING ILMIY METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Bolalarda o’qish va yozishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish 1.2. Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni yozish, o’qishko’nikmalarini shakllantirish. Savod o’rgatishda o’quvchilar bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar II.BOB. SAVOD O’RGATISHNING ASOSIY DAVRIDA O’QUVCHILARNI O’QISHGA O’RGATISH. 2.1. Tayyorgarlik davri o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin 2.2.Savod o‘rgatish davri yozuv darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish III.BOB. O’QUVCHILARDA MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO’NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 3.1. Savod oʻrgatish davrida qo’llaniladigan noan’anaviy oʻqitish metodlari tavsifi. 3.2. O’quvchilarda mustaqil ta’lim olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish metodikasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda ma’naviy o’zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular o’zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o’ynaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida etibor berib kelinmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasini islohqilishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.” degan fikrlari tadqiqot ishimizning dolzarbligini o’zida ifodalaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o’zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o’z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo’lga kiritishga urinmoqdalar. 1. O’quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalari rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bosqichma - bosqich shakllantirilsa, hisoblash ko`nikmalari takomillashib boradi, savod o’rgatishning inson hayotidagi o`rnini, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetadilar. 2. Sinfdan tashqari o’quvchilarning mustaqil ishlarida o’rganilgan savodxonlik darslarini o`rganishga ilg`or pedagogik texnologiyalar tatbiq etilsa, o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish kafolatlanadi. 3. Mustaqil ish ko`nikmalari shakllangan bolada turli uslubdagi hisoblashlarni, o’qish va yozishmalakalarini tez tushunish qobiliyati o`sadi. - mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganish; - boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili va o’qish savodxonligi o`quv dasturi va darsliklarini o`rganish; - boshlang’ich ta`lim sinfdan tashqari darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o`rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish; - boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishga oid ilg`or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish; - boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Download 118.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling