I bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning ilmiy metodologik asoslari


Download 118.11 Kb.
bet2/9
Sana15.11.2023
Hajmi118.11 Kb.
#1775414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kommunikativ fikrlarni aniq, ravshan ifodalashga savod o`rgatish darslarida o`quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish

Kurs ishning maqsadi. O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi.
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o’z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o’ynaydi. Shu tufayli darsga bo’lgan talab ham o’sib boradi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish 3 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 42 sahifani tashkil etadi.
I. BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA O’RGATISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Bolalarda o’qish va yozishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish
Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog’liq. Shu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo’nalishning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to’g’risida’ gi Qonunida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko’rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor bo’lgan sog’lom va to’laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi.
Og’zaki nutqini o’stirish bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda asosan, bolalarning og’zaki nutqini o’stirishga, nutqni grammatik tomondan to’g’ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo’shma gaplar tuzish, bunda barcha so’z turkumlaridan foydalanishga o’rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to’g’ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og’zaki nutqini o’stirishda mustaqil hikoya qilishga o’rgatish katta o’rin egallaydi: bolalalarni o’z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o’rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog’langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan bo’lishi kerak.
Og’zaki nutqini o’stirish bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda asosan, bolalarning og’zaki nutqini o’stirishga, nutqni grammatik tomondan to’g’ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo’shma gaplar tuzish, bunda barcha so’z turkumlaridan foydalanishga o’rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to’g’ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og’zaki nutqini o’stirishda mustaqil hikoya qilishga o’rgatish katta o’rin egallaydi: bolalalarni o’z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o’rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog’langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan bo’lishi kerak.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari:
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish;
O’qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi. Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in, so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe”sahifalaridagi so’zlar, ularning ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash – o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 2-bosqichda harf elementlarini yozishga o’rgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida ma’lumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarni o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.

Download 118.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling