Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar 1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 117-124-betlar.
- Mavzu: V. Badiiy nutq
Tayanch tushunchalar
Kompozitsiya atamasi. Uning vazifasi. Kompozision markaz. Muvofiqlik. Me’yor. Asar sarlavhasi. Epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, badiiy qoliplash, asar annotasiyasi. Syujet va kompozitsiya aloqasi. Savol va vazifalar 1. Kompozitsiya nima? Uning xususiyatlari-chi? 2. Kompozision vositalardan qaysilarini bilasiz? Ularning asar g’oyasi bilan bog’liqligini isbotlang. 3. Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasini tushuntiring. 59 4. Kompozision vositalarga misollar toping, sharhlang va mashq daftaringizga yozib yod oling. Adabiyotlar 1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 117-124-betlar. 2. E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1995, 80-96-betlar. 3. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 109-116-betlar. 4. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “V ыshaya shkola”, 1988, 180-183-betlar. 5. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, Samarqand, SamDU nashri, 2001, 164-170-betlar. * * * * * 1. A.Navoiy. Sab’ai sayyor. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977. 2. A.Qodiriy. O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994 3. H.Olimjon. MAT, I-II-tom, T., “Fan”, 1979. 4. P.Qodirov. Ona lochin vidosi(tarixiy roman), T., “Sharq”, 2001. 5. A.Muxtor. Uyqu qochganda(tundaliklar). T., “Ma’naviyat”, 1997. Mavzu: V. Badiiy nutq Reja: 1. So’z va uning qudrati 2. Jonli, adabiy, badiiy tillar 3. Badiiy tilning o’ziga xos xususiyatlari 4. Mullif nutqi. Personaj nutqi hazrati Alisher Navoiy so’zni shunday ta’riflaydi: So’z guharig’a erur oncha sharaf Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf. To’rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak axtarining burju ul... Jon o’lub ul, ruh aning qolibi, Kim tanida ruh – aning tolibi... So’zdin o’likning tanida ruhiy pok, Ruh dog’i tan aro so’zdin halok. Tirguzub o’lganni kalomi fasih, O’ziga “Jonbaxsh” laqab deb Masih... So’zdin etib o’tqa azimat Xalil. So’z yukiga homil o’lub Jabroil. Tengriki, insonni qilib ganji roz, So’z bila hayvondin anga imtiyoz. ha, “so’z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa unga sadaf bo’la olmaydi. To’rt sadaf (suv, havo, o’t, tuproq) ichidagi gavharga quti ham shu so’z, yetti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham shu so’zdir... 60 So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga ehtiyoj sezadi... So’zi o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi mumkin. Yaxshi so’z bilan o’lganni tiriltira olgani uchun Iso payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atadi... So’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashladi; Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan, uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi”. Koinotning o’zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo’shilsa, “kunh” bo’ladi va u “yarath”, “ijod qilh” degan ma’nolarni bildiradi) qo’shiluvidan, Ollohning so’zi bilan yaratilganini tasavvur etsak, so’zning barchadan buyukligini anglaymiz. Ana shu buyuk ne’mat – so’z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir, bo’lishi mumkin bo’lgan yangi olamlarning bo’y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo’jizadir. To’g’ri, badiiy asarning dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlililik, xarakter va tip, mavzu va g’oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o’xshash vositalari ko’p. Lekin eng qizig’i ham, eng murakkabi ham shundaki, bu vositalarning hammasi ham so’z vositasida Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling