Тayanch tushunchalar: Xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, astenik tip, gipertim tip. Xarakter haqida tushuncha


Download 28.63 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi28.63 Kb.
#1145693
  1   2   3
Bog'liq
6.2.-Характер


MA’RUZA XARAKTER.
REJA:
1.Xarakter haqida tushuncha.
2.Xarakter tipologiyasi. Xarakter tarkibi.
3.Xarakter aktsentuatsiyasi
Тayanch tushunchalar: Xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, astenik tip, gipertim tip.
Xarakter haqida tushuncha
Har bir odam har qanday boshqa odamdan oʻzining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. "Xarakter" soʻzi grekcha soʻzdan olingan boʻlib " tamgʻa, belgi " degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat koʻrsatayotgan har qanday shaxs oʻzining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib boʻlmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, koʻrishning oʻtkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bogʻliq faoliyat muomala va munosabatda namoyon boʻluvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon boʻladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yigʻindisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon boʻlishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual oʻziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bogʻliq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda koʻp xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon boʻladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli koʻpincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qoʻllaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon boʻladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning mu?im vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:

  • Shaxs xarakterining xususiyati roʻyobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning oʻziga xos xislati uning munosabatlariga bogʻliq.

  • Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.

  • Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bogʻliqdir. Chunonchi, mehnatda koʻzga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:

1.diqqatning toʻplanishiga;
2.harakatlarning maqsadga yoʻnalganligiga;
3.irodaviy zoʻr berishga;
4.usullar mahsuldorligiga;
5.aqlning ishtirokiga bogʻliq.

Download 28.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling