Тayanch tushunchalar: Xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, astenik tip, gipertim tip. Xarakter haqida tushuncha


Download 28.63 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi28.63 Kb.
#1145693
1   2   3
Bog'liq
6.2.-Характер

Xarakter tarkibi
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yigʻindisidan iborat emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor boʻlishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum boʻlsa, uning dili (koʻngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, moʻmin, yuvosh xususiyatli boʻlsa, albatta u koʻngilchan ekanligi koʻnglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning oʻzaro bogʻliq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. "Simptom" yunon symptoma belgi, mos tushish, "kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim oʻziga ishonish oʻzidan magʻrurlanish, maqtanchoklik, oʻzbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar oʻzlarining kamtarinligi, koʻngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining oʻzaro bir-biriga bogʻliqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining toʻrtta tizimi farqlanadi.

  • Jamoa va ayrim odamlarga boʻlgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).

  • Mehnatga boʻlgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyat yoki ma’suliyatsizlik bilan munosabatda boʻlishi kabilar).

  • Narsalarga boʻlgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda boʻlish kabilar).

  • Odamning oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, magʻrurlik, oʻzini katta olish, kamtarlik kabilar).

Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega boʻlgan boshqa juda koʻp xususiyatlar ham mavjud: oʻziga ishonish, oʻzbilarmonlik, oʻziga bino qoʻyish, maqtanchoqlik.
Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos boʻlgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga qarshilik koʻrsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik va oʻzgaruvchanlik darajasi kiradi. Xarakter barqarorligi va oʻzgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir.
Xarakter aktsentuatsiyasi
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urgʻu berilishi) deb ataladi.
Xarakterga ortiqcha urgʻu berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik boʻlgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi oʻta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs xulq-atvorining oʻzgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptasiyaga toʻsqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi toʻgʻri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash nooʻrindir.
Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urgʻu berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tugʻdiradi va har xil nomenklaturasi boʻyicha bir-biriga mos kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma’lum darajada bir xil boʻlib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya ("shizofreniya xususiyatlaqi", "epilepsiya" xususiyatlari va hokazo) bilan toʻgʻridan- toʻgʻri oʻxshashlik boʻlishidan qochgan holda ortiqcha urgʻu beriladigan xususiyatlar roʻyxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urgʻu berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining oʻrtacha qoʻyilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi.
Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba’zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba’zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin.
Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aksentuatsiyasi turli darajada yengil va hatto psixopatiya darajasigacha boʻlishi mumkin. oʻsmirlar orasida xarakter aksentuatsiyasi koʻp (50-80%) uchraydi.
K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi oʻrganilib uni shaxsda namoyon boʻlishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling