Tarji’band (arabcha so’z, ma’nosi: banddagi takror) “asosan bir baytning har band oxirida
aynan takrorlanib (tarji’) kelishi bilan xarakterlanuvchi she’r bo’lganligi uchun shu takrorlanuvchi bayt
“vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (aa,bb,vv) qofiyalanadi.
Chunki bandlardagi boshlang’ich baytning qofiyasi aa-dir, navbatdagi baytlarda esa g’azallardagi
qofiyalanish usuliga o’xshab faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu
holda davom etadi. Har band oxirida, muayyan tarzda takrorlanib turuvchi baytda shoir aytmoqchi
bo’lgan g’oyaviy muddao, asosiy fikr ta’kidlanadi va o’quvchi diqqati doim shu baytdagi xulosaga
qaratib boriladi” (R.Orzibekov, O’zbek she’riyati janrlari, S., 1998, 112-bet).
“Badoye’ ul-vasat” (A.Navoiy)dagi tarji’bandning har (jami 7 band) bandi 8 baytdan iborat
bo’lib, har band oxirgi:
Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko’ngilga munis
bayti takrorlanadi. Tarji’bandning oxirgi bandidagi tarji’bayt (vosita bayt)dan oldin shoirning taxallusi
ham ba’zida ko’rsatiladi, ba’zida ko’rsatilmaydi. Aytilganlarni to’liq anglash uchun, ushbu
tarji’bandning birinchi va so’nggi bandlarini qayd etamiz. Uning birinchi bandi:
Ey kirpiki neshu ko’zi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor.
La’ling g’amidin ko’ngulda erdi,
Har qonki sirishkim etti izhor.
Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.
Yuzungni ko’rub meni ramida,
Ishq o’tig’a bo’lg’ali giriftor.
Sen erding majlisim harifi
Kim, yedi hasad sipehri g’addor.
Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.
Emdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo yor.
Do'stlaringiz bilan baham: |