126
Vayron bo’lur, o’lsa shoh zolim.
Hijron meni chunki o’lturur zor,
Sen ham madad etmaging ne lozim.
Har nechaki beinoyat o’lub,
Qilding meni begunoh mujrim.
Ummid budurki, yona tengri
Qilsa meni maqdamingg’a azim.
Iqbol kebi turub qoshingda,
Bo’lsam yana xidmatingg’a jozim.
Vaslingda g’azal tafakkur aylab,
Unutg’amen ushbu baytnikim.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko’ngulga munis.
Tarkibband(arabcha so’z, ma’nosi: bandni biriktirish) qofiyalanishi va kompozision tuzilishi
jihatidan tarji’bandga o’xshaydi. Faqatgina tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo’lmaydi,
balki
har bir band oxirida yangi va mustaqil qofiyaga ega bo’lgan vosila bayt ishlatiladi, u go’yo har bandga
xulosa yasaydi.
Alisher Navoiy yaratgan birgina tarkibbandning ikki (jami 7 band, har bandi 8 bayt) bandini
keltirsak, mulohazalarimiz isbot topadi:
Manga zulm o’ldi falakdinki chu bo’ldung bemor,
Kerak erdiki men o’lsam boshing uzra g’amxor.
Sharbating ezsam edi shirai jonim qo’shubon,
Ichururga qilibon jahd nekim mumkin bor.
Ham g’izo men kerak erdiki tutib ollingda,
Rag’bat aylarga desam erdi muloyim guftor.
Gah boshingni tuzatib, goh ayoqingni yopib,
Evrulub boshinga farzandlig’ aylab izhor.
Gar qazo yetsa qilib ho’y ila olamni qora,
Yoqa yirtib etibon tosh ila ko’ksimni figor.
Navhalar tortibu na’shing ko’tarib egnimga,
Bosh yalang aylabu bexudlug’ etib majnunvor.
Tark etib olam ishin qabring uzra sokin o’lub,
Ko’rsatib elgaki ne nav’ kerak ermish yor.
Do'stlaringiz bilan baham: