Tasavvufiy istilohlar izohi
Download 27.43 Kb.
|
TASAVVUFIY IS-WPS Office
TASAVVUFIY ISTILOHLAR IZOHI Abr (bulut)— Haq eranlari ta`rifiga ko`ra, ortiqcha hisoblangan hijob; U bandalik va rabboniylik pardasidir. So`fiya istilohida jiddu jahd bilan mushohada maqomiga yetishishga sabab bo`lgan hijobdir; Shuningdek, nafsoniy zulmat af`ollari va ruhoniy malakalardan hosil bo`lgan qalb hijobi. Bu hijob — zotiy va asmoiy tajalli oftobini mushohada qilishga monelik qiladi. Abru (qosh) — ilohiy zotni to`sib turadigan ilohiy sifatlar. Va vujud olami bu sifatlardan ravnaq, go`zallik va jamolga ega bo`ladilar. Basiyrat — qalb ko`zi bilan ko`rish, anglash, idrok etish; qudsiyat nuri bilan yoritilgan qalbning ashyoning mohiyatini ko`rishi. «Quvva-i qudsiya» va «oqila-i nazariya» ham deyiladi. Qalb ko`zi, ilhom. Baqo — mavjud bo`lmoq, davom etmoq, yomon odatlarni tark etib, yaxshi odatlarga ega bo`lish, inson va boshqa narsalarning quvvat va ta`sirini ko`rmasdan faqat Allohning quvvat va ta`sirini ko`rish, Allohdan boshqa hech narsani ko`rmaslik. Baqobillah — Alloh bilan mavjud bo`lish. Baqo baьd al-fano — Fanodan keyin hosil bo`lgan baqo. Buyuk so`fiylardan biri: «Baqo nabiylarning maqomidir. Har qanday holat, ularning fazilatli bo`lishlariga mone` bo`lolmaydi. Boqiy bo`lgan banda butun ashyoda faqat Haqni ko`radi. Baqo maqomiga erishgan zotning butun holi va harakatlari Haqqa ma`qul bo`lish haddidadir. Banda bu haddan o`tib Haqqa muxolif bo`lish holatiga tushmaydi. But— maqsad va matlabdir; boshqa bir sifatlar bilan solik qalbida zohir bo`luvchi nozik ma`nolar. Busa — ruhning jism bilan lazzatlanishi va davomli muroqaba. Bo`sa, kanor va g`amza — solikning nisbati va darajasiga ko`ra voqe` bo`luvchi fayz va botiniy jazbalar. V Vasl — zuhur va shuyun (daraja, hol) orasida vosita bo`luvchi haqiqiy vahdat. Vajh (yuz) — Haq zotining, fayz ulashuvchilik sifati. Vara` — taqvoning yuksakroq bosqichi, buyurilgan va man` etilgan barcha diniy amrlarni mukammal tatbiq etish. Vahdat-kasrat — birlik-ko`plik. Vahdat — har narsani bir holda va bir ichida ko`rish, ashyoni Alloh ila ko`rish, jam` holi; Kasrat — borliqlarni ko`p holda ko`rish, farq holi. G`ayb-i mutlaqning «lo taayun va lo zuhur» martabasiga «ahadiyyat» ilk zuhur va taayyun (taayyun-i soiiy) «vohidiyyat» deyiladi. 1. Vahdati qusud — qasd va irodaning birlashtirilishi, bandaniig o`z shaxsiy va bashariy irodasidan kechib, Allohning irodasini, murod va maqsudini o`z murod va maqsadi holatiga keltirishi, natijada ilohiy iroda hokimiyatining ta`minlanishi. 2. Vahdati shuhud —-Vajd va jam` holatida bandaning barcha narsani bir holda ko`rishi, ko`ringan narsalarning bir-lashtirilishi va yagona borliq holida ko`rilishi, quyosh ko`tarilganda oy va yulduzlar ko`rinmagani kabi, ilohiy tajallilarning zuhuri paytida Allohdan boshqa hech narsani ko`rib bo`lmasligi. Alloh tajalliy va zuhur etgani uchun mosivoning mahv bo`lish holati. Anfusiy (sub`ektiv) fano. 3 Vahdati vujud — borliqlarning bir va yagona ekanligi qanoati borliqlarni bir deb bilish, bir ekanligiga ishonish, vajd va sakr holatida bo`lmagan paytida ham borliqlarning yagona borliqdan iborat ekanligiga, har narsaning yagona bo`lgan Allohning turli tajallilari, zuhurlari, taayyunlari va ko`rinishlari ekanligiga ishonish. Ofoqiy (ob`ektiv) fano. Visol — vahdat maqomi. Vujud —- Haq vujudiga aytiladi. G Gabru kofirbachcha — vahdat olamidagi sadoqatdurkim, qalb yuzi mutlaqo mosivodan yuz o`girib, fano zulmatidan joy olgan bo`ladi. Garmi (issiqlik) — muhabbat haroratiga aytiladi. Gesu (o`rilgan soch) —solikni talab yo`lida Haqqa yetkazadigan ip— arqon; Visol va bog`lanishni talab qilish yo`li bo`lib, g`ayb olamidan iborat bo`lgan mutlaq jamol va Haq diydoridir. Gulgun chexra — komil orif qalbida porlovchi mutlaq tajalliy; uyqu yo behushlikda moddadan tashqarida bo`lgan tajallisi. D Dayru xarobot— ma`no olami va komil orifning botinidir. Daxan (og`iz)— xafiy sirri —maxfiy sir. Insonning fahm va vaxmidan pok va muqaddas bo`lgan mutakallimlik sifatidir. Kalom (so`z) ning asror va nozik ma`nolariga ishora qilinib, og`iz tor va kichiklikda zarra va nuqtaga tashbix qilinadi. Dil — oriflar tilida ilohiy sirlar makoni va maxzani bo`lgan qalbdir. Va yana «nafsi notiqa» ma`nosida ham keladi. Ruh va nafs orasidagi mujarrad nuroniy javhardir. Hakimlar uni «nafsi notiqa» deydilar. Qalb ikki xil ma`noda qo`llanadi: 1. Inson siynasining chap tomonidagi a`zosi. 2. Insonning chap siynasidan ikki barmoq pastda joylashgan ruhoniy latifa bo`lib, rahmoniy fayz, nur nozil bo`ladi-gan, tajalliyga mazhar joydir. Tasavvufdagi «Dil nazargohi Xaq» degan ta`rif yoki «Mo``mining qalbi — Allohning Arshi» degan hadis. shuningdek «Er-osmonga sig`madim, mo``minning qalbiga sig`dim» degan hadisi qudsiylar inson kalbining ilohiyligi va imkoniyatlarining cheksizligidan darak beradi. Biroq ilohiy tavajjuh zikr, fikr va ibo-datlar bilangina bu qalbning sir-sinoat va imkoniyatlari yuzaga chiqadi. So`fiylar qalb deganda aynan shu ruhoniy latifani nazarda tutganlar. Dilbar— ko`ngil oluvchi. Oriflar tilida tajalliyot vaqtida ko`n-gilni nuroniy qiladigan narsaga dilbar deyiladi. Yo Yor va dildor — ma`shuq va mahbub; shuhud (ko`zga ko`rinuvchi, qalbni rom etuvchi) olami. J Jazba—Tortish, Allohning bandasini huzuriga jalb etishi, vajd holi. «Allohdan yetgan bir jazba barcha jin va insonlarning amaliga barobardir». Majzub— Jazbaga tutilgan, jazbali, vajd va istig`roq holatida bo`lgan, bir onda butun hol va maqomlarni oshib o`tib mashaqqatsiz vuslatg`a erishgan ilohiy huzurga jazb va jalb etilgan. Jalol — Allohning buyuklik izzat, kibriyo va qahrga dalolat qiladigan vasflari; ma`shuq ishq va oshiqlikdan ehtiyojsizlik izhor qilganda, oshiqning o`zligi va g`ururini yo`q qilishi, ojizlik izhor etishidir. Jamol — ma`shuq oshiqdan ehtiyojsizligi tufayli kamolini zo-hir qilmoq. Va yana Xudovandning lutf va rahmat sifatlari. Haqning tajallisi. Oshiqning kuchli rag`bat va talabiga ko`ra, ma`shuqning manzurga lutfan kamolini zohir qilmoq. Jamol — Allohning lutf, ehson va marhamatiga dalolat qilishgan vasflari. Jon — inson ruhi, rahmoniy nafs va Haq tajalliyotidir. Va yana vohidiyat va jabarut olamida ilmiy tajallidan zohir bo`lgan a`yoni sobita va haqiqatdir. Jom — ma`rifat bodasidan to`la, orifning dil va ahvoli. Ba`-zilar jom — badan, jism — badanni tozalovchi, soflovchidir, deydilar. Zero, komil orif ilohiy boda jomidan ichadi va tavhiddan sarmast bo`ladi. Sog`ar, surohi va mino atamalari ham orif qalbini anglatadi. Bu qalb — xumoxona, mayxona va maykada iboralari bilan ham ta`bir qilinadi. Mastlik deganda, ishqning chulg`ab olishi, botiniy va zohiriy sifatlar, ma`rifat sarxushligiga g`arq bo`lish nazarda tutiladi. Jomi jahonnamo —komil inson va Haq eranlarining botini. Jomi Jam (Jamshid), jomi jahonnamo — Jamshid jomi— manbalarda yozilishicha, Tahmurasining o`g`li Jamshid Qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasining 4-hukmdori bo`lgan 1000 yilga yaqin yashab, insonlarga zarur ko`p narsalarni o`ylab topgan, jumladan: qurol-aslaha yasagan, binolar va hammom qurgan. Odamlarga libos tikish, kemasozlik, tabiblikni o`rgatgan, navro`z bayramini joriy qilgan. Gavhar yasashni o`ylab topgan va gavharli taxt yasagan. Bu taxt Jamshid taxti, Jamshid markabi, Jamshid chodiri, Jamshid kursisi kabi nomlar bilan atalgan. Shuningdek. Jamshid «Jomi jahonnamo»— jahonni ko`rsatuvchi jom ixtiro qilib, unga nazar solish bilan jahondagi voqealarni ko`rib turgan ekan. Bu jom Kayxisravga so`ngra Doroga o`tgan ekan. Sa`diy Sheroziy ham «Guliston» asarida birinchi bo`lib to`n tikkan va qo`liga uzuk taqqan kishi Jamshid ekanligini aytgan. Alisher Navoiy esa «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Jamshid saltanatining taraqqiyoti va tanazzuli haqida ma`lumot bergan. Irfoniy adabiyotdagi «jom sharobi» o`zining ilohiy sirlarni oshkor qilishi bilan «jomi jahonnamo»ga qiyos qilingan. Mutasavviflar g`ayb asroridan voqif qalbni ham «jomi Jam»ga o`xshatishgan. Solik bu «jomi jahonnamo» qalbiga nazar solib, uning sirlaridan ogoh bo`ladi hamda qalbini g`urur va o`zligidan xalos etib, do`st ishqi bilan limmo-lim to`ldiradi. 3 Zavq — ishq lazzati va uning oshiqda mavjudligi. Muhabbat chaq-mog`ining porlashi paytida solikning Haqni zohir va mushohada qilishidagi ilk holat va darajasi. Bu mushohada —mushohada qiluvchining zavq va mashrabiga ko`ra yuksak yo past darajada bo`ladi. Zavq qanchalik buzuq xilt, aralashmalardan sof bo`lsa, mushohada etiluvchi zotni idrok etish, vasl halovatini tuyish va ko`rish lazzati shu qadar musaffo va totliroq bo`ladi. Zanax, Zaqan (bag`baqa, saqoq) —ilohiy tajalliga mulohaza ila nazar solish lahzasi. Jamol mushohadasi bo`lgan lazzat maqomi. Zulf — Zulfning tasavvufda bir qancha ma`nolari bor. Jaloliy tajalli va tariqat mushkilotlari; mutlaq jamol vahdatining to`silishiga sabab bo`ladigan jamotni tajalli va jamoliy sifat; zulf — yashirin mohiyatdurkim, uni anglash va idrok qilishga hech kim qodir emas; olamning g`aroyib suratlari; yo`qlik olami. Zulf — bu vahdat martabasi va Alloh taoloning zotidurki, uning sir-sinoatiga yetmoq mumkin emas. Shuningdek, zulf qudrat va jamol tajallisining sifati bo`lib, u vahdatga to`siqdir. Va so`fiylar istilohida zulf tugal, bo`lak narsalar — aql va his bilan idrok qilinadigan narsalar, arvohlar va jismlar, javhar va arazlarning daraja — maqomlari imkoniyatidan kinoyadur. Zulf—kufr zulmatidan ham kinoya. Tasavvufda zulfning uzunligi, beqarorligi, gajakligi, xamligi, parishonligining ham o`ziga xos ma`nolari bor. Aytaylik, zulfning xamligi —ilohiy asror demak. Uning uzunligi — borliq mavjudotning kengligi. Beqarorligi olamning o`zgaruvchanligi va hokazo. XV asrning birinchi yarmida yashab o`tgan turkigo`y shoirimiz mavlono Atoiy bir baytida: Har marifatki, shayx ani tahqiq so`zi der, Bilmas muniki, ma`niyi ul-zulfu xol erur,—deb yozganda, tasavvufdagi «zulfu xol» atamalarining ilohiy ma`rifat va haqiqatlarga ishora qiluvchi ramziy ma`nolari borligini ta`kidlaydi. Zulf gajagi —Ilohiy sirlarning maxfiyligi; tariqat mushku-lotlari; shahodat (ko`z bilan ko`riladigan, mavjud) olamda iloxiy asrorning pinhonligi. Zunnor — musulmon davlatida yashovchi xristianlar majburan be-liga bog`lab yuradigan ma`lum bir rangdagi chilvir. Sufiylar stilohida solikning din va yaqin (ishonch, e`tiqod) yo`lida sadokat va yakdillik bilan itoat etishi: nafsning itoat va farmonbardorligi va riyozat ahli qoshida xizmat kilish. Zoxid — dunyodan yuz o`girgan kishi. U shariatning zohirini ush - lab, botinidan bexabar bo`lgani uchun ham tanqidga nishon bo`ladi. I Ibodat — Yolg`iz Allohdan madad so`rash va yolg`iz, Unga sig`inish. Rabbimizga ta`zim va bandalik qilish. Iroda—tilash, istash, darveshlik, muridlik. Irfon — ma`rifat. Ilmal yaqin — aqliy dalillar bilan sobit bo`lgan zohiriy ilm. Istiqomat — to`g`ri, durust, diniy amrlarga to`la rioya qilish. Aqlga va dinga ko`ra harakat etib, hech narsani Allohning irodasidan ustun qo`ymaslik. Ishva — jamoliy tajalli. Imon — hazrati Haq subhonahu va taologa bo`lgan ishonch va bilim miqdori. Ishq — ko`ngil berish, jondan sevish. Tasavvufda Haqning zuhuriga sabab bo`ladigan dastlabki sifat. Allohga bo`lgan ishq — haqiqiy, Alloh yaratgan narsalarga bo`lgan ishq— majoziy deyiladi. K
Kaliso — hayvoniy olamni aytadilar. Ka`ba — vuslat maqomi. Kamol — yetishganlik, qusursiz va kamchiliksiz bo`lish, Kamoli mutlaq — Ilohiy kamol; Insoni komil — Muhammad sallallohu alayhi vasallam va u kishining sodiq izdoshi, Valiy, murshid, ideal inson, o`rnak inson, qutb, g`avs, g`avs-i a`zam, qutbul-aqtob. Karashma — jaloliy tajalli. Kashf— yopiq bo`lgan narsani ochiq holga keltirish, his va aql bilan idrok qilib bo`lmaydigan xususlarni qalb ko`zi bilan ko`rish, ilhom bilan idrok etish, mukoshafa, mushohada. L Lab — Mavjudotga vujudiy fayz yetkazuvchi rahmoniy nafas; labdan maqsad kalom (so`z)dir, mo``jizadir va rahmoniy, nafasga ham ishoradurkim, ashyolar vujudiga jon va fayz bag`ishlaydi. Lab — jonni quvvatlantiruvchidurkim, shariat tilida «nafxi ruh» deyiladi. Lab — oshiqlarni fayz va xursandchilik bilan siylash; ilohiy olamdan payg`ambarlarga farishta orqali, valilarga ilhom orqali nozil bo`lgan so`zlar. Labi la`l — ma`shuq kalominiig botiniy ma`nosi, ahvolning sofligi va nozikligi hamda husnu jamol go`zalliklari zikrini qamrab olgan so`zlar. Labi shirin — idrok qilinadigan bevosita nozil bo`lgan so`zlar: Hadisi qudsiy va voridoti g`aybiylar kabi. Liqo (yuz, chehra, ko`rinish) — ma`shuq zuhur etadi va oshiq u ekanligiga ishonch hosil qiladi. Lutf — murosa, madad va tin olish bilan ma`shuqning oshiqni tarbiya qilishidir. Toki u (oshiq) jamolning nur va tovlanishiga to`la quvvat hosil qilsin. M
Mazhar —bir narsaning zuhur etadigan yeri, ashyo va modda; Al-lohning sifat, ism va fe`llarining mazharidir. May jomi — ma`rifat bodasidan to`la shayxning qalbi. Mayl — oshiqning hushyorlik va shuur bilan o`z asliga qaytishi (Bu holat o`simliklarning tabiiy asliga qaytishiga o`xshamaydi). Mayxona — zavq, shavq va ilohiy ma`rifat to`la orifning botinidir. Va lohut olami ma`nosida ham kelgan. Mayxona — mushohada ila matlubga vosil bo`lishni istagan, haqiqiy mahbub ishqiga giriftor bo`lgan, haqiqat bodasidan sarmast, yakdil va safoli, do`stlarnipg to`planadigan joyi. Mayxona deganda, piri murshidning xonaqohi ham tushuniladi. Malohat — ilohiy kamolning so`ngsiz va nihoyatsizligidurkim, hech kim unga yetolmaydi. Masti xarob — mahbub ishqida oshiqning g`arq bo`lishi. Bu holatda dil tamoman istig`roq holatida bo`lib, shuurni hayotiy zaruriy narsalardan xalos etadi va vuslat martabasiga yetkaradi. Martabai jamuljam` — maqomi vahdat va boshlang`ich zuhurlanish. Matlub — mahbub, ma`shuq; insonlar tomonidan seviladigan nar-salar: Haq va uning yaratgan sevimli maxluqotlari. Maxbub va sanam— sevikli zot; tajallining sifotiy suratda zohir bo`lishidagi haqiqati ruhiyyadir. Mahv — qulning shuurini yo`qotadigan tarzda odatiy sifatlarini boy berishi, aqlning nazoratida bo`lmagan so`z va fe`llarning o`zidan zuhur etishi. Maqom—diniy axloq va fe`l-atvor, maqom iroda bilan qo`lga kiritiladi, riyozat va mujohada bilan topiladi; malaka, bosqich, palla, ma`naviy mavqe. Yetti maqom: 1. Tavba. 2. Vara`. 3. Zuhd, 4. Faqr. 5. Sabr. 6. Tavakkul. 7. Rizo. Ma`rifat — kashf va ilhom bilan hosil bo`lgan vositasiz bilim, ma`naviy va ichki tajriba bilan o`rganiladigan ilm, tasavvufiy irfon. Mija (mijgon) kiprik — nayza, o`q va kamonning uchlariga tashbih qilinadi va ma`shuqning nozu karashmasi bilan oshiq ko`ksiga sanchiladi. Istilohda solikning viloyatiga, hol va martabasiga hijob bo`lganni ayturlar. Orifning amallarni sustkashlik bilan bajarishi va unga basirat nazari bilan boqmasligi. Miyon (bel)—oshiqni ma`shuq jamolidan to`sib turishiga sabab bo`lgan boqiy va mavjud bo`lgan alomatlar ta`sirlar. Miyoni borik (nozik bel) — boshqa monelik va hijoblar bartaraf bo`lgan vaqtda, solik vujudining hijobiga ishora qilinadi. Mosivo — mosivalloh: Allohdan boshqa har narsa, maxluqot, mum Download 27.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling