Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, 
uni o’zicha o’zgartirishga u to’la huquqlidir”. 
O’zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug’bek” (Shayxzoda) 
tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to’liq isbotlaydi... 
Komediya(yun. Comos-quvnoq kishilar(olomon) va oide-qo’shiq)da hayot voqea-hodisalari 
dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti-harakatlarida voqye bo’ladi. Bu xususiyati bilan 
u “tragediyaga tamoman qarshi...dir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning 
qahramonlari ma’naviy inson tabiatining substansial kuchlari bilan to’la bo’lgan shaxslardir, 
komediyaning mazmuni-aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki bor kabi 
ko’rinib, haqiqatda mavjud bo’lmagan voqyelik hodisalaridir; komediyaning qahramonlari o’z 
ma’naviy tabiyatining substansial (tub, mohiyat –H.U) asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning 
uchun tragediyaning ko’rsatgan ta’siri ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshatdir; komediya ko’rsatgan 
ta’sir sho’x kulgudir... tragediya o’z hayotining tor doirasida faqat yuksak momentlarni, qahramon 
voqeasining shoirona momentlarini to’plasa, komediya har kungi hayotning oddiy ko’rinishlarini, 
uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko’rsatadi” (B.Belinskiy. Tanlangan asarlar. 204-bet). 
Komediyaning mohiyati-komik konfliktga bog’liq bo’lib, unda “hayot o’z-o’zini inkor qiladi” 
(V.Belinskiy), ya’ni aslida xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o’zini yaxshi, ilg’or, 
pok, odamiy qilib ko’rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo’lsa, kulgu keltirib chiqaradi 
(Berdiali Imomov. Dramaturgik mahorat sirlari, T., G’afur G’ulom nomidagi Nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 1991, 50-bet). Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan ko’rinmaydi, - deb yozadi 
V.Belinskiy. – Lekin uning subyektiv mushohadasi yashirin fikr sifatida ko’p komediyada bevosita 
hozir bo’ladi, komediyada ko’rsatilgan hayvonlar va tasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, 
go’zal, insoniy yuzlar ko’ringanday bo’ladi, kulgusi sho’x xursandchilikni emas, alam va norozilikni 
ifoda qiladi... Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi Gogolning “Revizor” nomli asaridir(204-bet). 
O’zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning 
“So’ngggi nusxalar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, Erkin Vohidovning “Oltin devor”, Said 
Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni”, Abduqahhor Ibrohimovning “Zo’ldir” kabi asarlari ham komediya 
janrini rivojlantirish ishiga qo’shilgan hissalardir. 
Drama(yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini 
bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o’rtasidagi janrdir, u ma’shum 


129 
falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori 
darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. “Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo’q 
bo’lishidir, har bir so’z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy 
ko’chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go’zal bo’lsalar ham yig’indisi emas, drama 
ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo’lishi kerak, unda har bir shaxs o’z maqsadiga intilib, faqat o’zi uchun 
harakat qilib, o’zi bilmasdan ham, pyesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, 
mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug’ilgan bo’lsagina shunday xarakterga ega bo’ladi” 
(V.Belinskiy, 207-bet). 
Dramaning qahramoni ko’pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to’la 
qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro’y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir. 
Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo’lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o’z 
irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig’i to’liq asoslaydi. Izzat Sulton va 
Uyg’unning “Alisher Navoiy”, O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O’z arizasiga ko’ra”, Izzat 
Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar 
sanaladi. 
Agar tragediyani fojea, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda 
bu vositalarning birlashganini ko’rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos 
xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojeasini kulguli voqealar orqali ko’rsatish yetakchilik 
qiladi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim 
qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg’itilgan ota-onalarni ko’rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi 
sud jarayoni ham yo’q” (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og’ir hayoti kulguli 
(yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali 
tasvirlanadi (ko’rsatiladi).
Dramaturg o’z asarini “Jiddiy komediya” deb ataydi va “umuman inson fojeasi haqida komediya 
yozish” mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya’ni sof adabiy janrlar 
bo’lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o’zaro bog’liqlikda yashaydi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling