Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Melodrama(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval, musiqali drama
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Melodrama(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval, musiqali drama asari sifatida
yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo’rligida so’zlashganlar (Shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida qo’llaniladi). Unga J.J.Russo “Pigmalion”(1762) asari bilan asos solgan. Bugungi kunda “kuchli ta’sir kuchiga ega bo’lgan, favqulodda voqealarga, tendensioz ahloq va keskin intrigalarga boy dramatik asarlar” (N.Hotamov, B.Sarimsoqov)ni melodrama deb yuritish rasm bo’lgandir. Ayniqsa, “Otalar so’zi aqlning ko’zi” teleko’rsatuvlarida bu janrlarning ko’plab namunalari ko’rsatilmoqda. Melodrama janrida ko’plab kinofilm (masalan, amerikaning “Arvoh”...)lar yaratilgan, ularda qatnashuvchi xarakterlarning holat va xatti-harakatlariga uyg’un holda musiqa chalinib turadi. Monodrama(yun.monos-bir, yakka, yolg’iz, drama-xatti-harakat)-bir aktyor tomonidan ijro etiladigan dramatik asardir. “Esxilga qadar bo’lgan tragediyada bir aktyor maska va kiyimlarini o’zgartirib, bir necha rollarni ijro etgan. Bu aktyorning bir roldan ikkinchi rolga o’tguncha vaqt ichida qo’shiq va musiqali tanaffus bo’lgan. XIX-XX asr monodramalarida esa aktyor bir rolni bajarsa ham, biroq uning nutqi yo tomoshabinga, yo noma’lum personajga qaratilgan” 1 . Insenirovka(lat.inscaena-sahnalashtirish) pyesa shaklida yozilgan badiiy asarni (muallif yoki boshqa ijodkor tomonidan, yoki hamkorlikda yaratilgan) sahnada qo’yishga moslab qayta ishlashdir. Jumladan, XX asr oxirlarida Oybekning “Qutlug’ qon”, “Navoiy”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi romanlari teleinsenirovka qilingan bo’lsa, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani bir necha bor turli mualliflar tomonidan kinoinsenirovka qilindi. Adabiy asar insenirovka qilinganda uning syujetiga o’zgartirishlar, ayrim qo’shimcha motivlar kiritilishi ham mumkin. Jumladan, “O’tkan kunlar” kinofilmida Otabek, Kumush, Zaynablar qozoqlar ovulida qimizxo’rlik qilishadi. Otda sayr qilishga Zaynab rozi bo’lmaydi. Otabek bilan Kumush ot choptirib ketishar ekan, ovul egasi sevishganlarning bir biriga munosibligini alqar 1 Н. Ҳотамов, Б.Саримсоқов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 188-бет. 130 ekan, Zaynabga “Siz Otbekning kimi bo’lasiz?” deydi. Zaynab noiloj qolganidan “singlisi” deb javob beradi va qalbida yovuz rashk uyg’onadi... Bu epizod “O’tgan kunlar” romanida tasvir etilmagan... Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling