Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Intermediya(lat.intermedius-ikki narsa oralig’ida) pyesa va operalarning pardalari oralig’ida
tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv(fars) qilishdir. Bugungi adabiy jarayonga kelib, intermeiyalar o’z mazmunlarini saqlagan holda, pyesa va operalardan ajralib chiqdilar va “Miniatyura teatri”ni, “Tabassum ustaxonasida” degan radio eshittiruvini tashkil qildilar. Libretto(ital.libretto-kitobcha) – opera, operetta, musiqali drama, oratoriya, kantatalar uchun yozilgan badiiy asar matnidir. Uning syujeti ba’zan she’r, ba’zan nasr bilan yoziladi. Librettoning matni musiqa bilan uzviy bog’langandagina (so’z san’atkori va kompozitor mehnati uyg’unlashganda) to’liq ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Libretto dramaturgiya qonun qoidalariga amal qilib yozilsa-da, uning syujeti ko’proq ariya va ansambllarning ta’sirchanlik xislatlari bilan bog’lanadi. “Bo’ron”, “Maysaraning ishi”, “Zaynab va Omon” kabi operalarning librettolari aytilagn mulohazalarga asosdir. * * * Biz yuqorida adabiy jarayon taraqqiyoti davomida shakllangan tur va ba’zi janrlarning qonun- qoidalarini o’rgandik. Buning nima zarurati bor? “Naqadar baland chiqsang shu qadar ko’pni ko’rasan”, degan maqolni mag’zidan kelib chiqsak, san’atkor qanchalik janr qonun-qoidalarini, texnikasini egallasa, u shu qadar yuksak asarlar yarata oladi. Chunki badiiy asarlar janrining eng zurur talabi va xususiyatlarigina uzoq davrlar va ijodiy jarayon taraqqiyoti davomida yashab qolgan, billurdek sayqallashganki, ularni mukammal bilmasdan (bor tajribalarini, saboqlarini o’rganmasdan) yuksak mahoratli san’atkor bo’lish mumkin emas. Bu haqiqatni yozuvchilar ham tasdiqlaydilar. Jumladan, o’zbek hikoyasining piri – Abdulla Qahhor “Hayot haqiqatidan badiiy to’qimaga” maqolasida yozadi: “...har bir janr o’ziga xos xususiyatlarga, uzoq yillar davomida jahondagi adabiyotchilar va o’tib ketgan yozuvchilar to’plagan maxsus priyomlar kompleksiga ega bo’ladi, buni e’tiborga olmaslik, bugungi kunda gugurtning mavjudligidan o’zini bexabarlikka solib, ikkita Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling