Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
chaqmoq toshni bir-biriga o’rib o’t yoqishga urinishday tentaklikdir
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
chaqmoq toshni bir-biriga o’rib o’t yoqishga urinishday tentaklikdir”(Ta’kidlar bizniki-H.U.),
Yoki janrlarning xususiyatlarini chuqur o’rganmasdan turib, yuzaki fikrlar yuritish noto’g’ri xulosalarga olib kelaveradi. Natijada, “Povest o’zbek adabiyotshunosligida “Qissa” deb yuritiladi”(Abdulla Ulug’ov, 63-bet), “Sharqda poema “doston” deb yuritiladi”(Erkin Xudoyberdiyev, 196-bet) kabi asossiz fikrlar haqiqatdek aytilaveradi. Demak, o’qish va o’rganishsiz, to’plangan ijodiy saboq va tajribalarni chuqur o’zlashtirishsiz – o’zida mehnatga nisbatan mehr va hurmatni tarbiyalamasdan adabiyot dargohida yangilik kashf qilish judayam qiyin. Demak, janrlarni o’rganmay turib uni tushunish, o’sha janrda yuksak asarlar yaratish ham mumkin emas. Tayanch tushunchalar Drama. Dramatik turning janrlari. Tragediya, komediya, drama; tragikomediya, melodrama, monodrama, insenirovka, intermediya, libretto. Janrlarni o’rganish zarurati. Adabiyotlar: 1. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 512-519- betlar. 2. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar. 3. H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar. Mavzu: Badiiy uslub va ijodiy metod Reja: 1. Uslub haqida umumiy tushuncha 2. Uslubni yuzaga keltiruvchi zarur omillar 131 Borliqdagi biror bir hodisaning aynan takrori yaratilmagan. Hatto qor qalinligi 50 sm bo’lgan har metr kvadratda 1.000.000 dona atrofida qor uchqunlari bor. Shunga qaramay, butun yer yuzini qor qoplasa-da, hyech bir qor zarrasi shaklan bir - birini takrorlamaydi. Bu haqiqat amerikalik Vilson Bentleyning 50 yil davomida olib borgan kuzatish va tajribalarining xulosasida 1985 yilda ayon bo’ldi. Xuddi shunday ovozlarni, siymolarni, barmoq uchlarining aynan o’xshashi yo’qligi bugungi kunda ko’pchilikka ayon. Hayotning ana shu betakror qonunidan kelib chiqsak, ikkita bir xil yozuvchi (shoir) ning bo’lishi ham mumkin emas. Chunki, yaratilgan har bir insonning ichki va tashqi tuzilishi o’ziga xos biqiq bir olamki, uning betakrorligi o’zligida mujassam etilgan. Shunga asosan har–bir san’atkorning olami – hayotiy tajribasi,bilim darajasi, didi, go’zallikni ko’ra bilishi, tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko’zi o’zigagina tegishlidir va ana shu o’zlik uning har bir asarida akslanadi. Shuning uchun “Uslub – odam” (Getyo) tushunchasi asosli va hayotiydir. Shunga asosan V.G. Belinskiyning “Yozuvchining mazmun bilan shaklga quyma bir holat bag’ishlay olish qobiliyatini va shu bilan birga hamma - hamma narsaga o’z shaxsi, o’z ruhini takrorlanmas, original muhrini tushirib o’ta olish xususiyatini ” - uslub deb belgilashi to’g’ridir. Hazrat Alisher Navoiyning “El netib topgayki meni, men o’zimni topmasam”, - deganlarida hikmat bor. Mavlono Zahiriddin Boburning: “Qachonki ko’rgaysan mening so’zimni, So’zimni o’qib anglaysan o’zimni,” - deganlarida haqiqat bor. Adabiyotda uslub faqat “o’zlik” bilan cheklanmaydi, faqat individual belgilarning yig’indisi emas. Unda, albatta, “o’zlik” ni vujudga keltirgan, o’stirgan ijtimoiy muhitning ta’siri bo’ladi, unda “shaxsiylik va umumiylik juda murakab dialektik birlikda bo’lib, o’zaro shartlangan, bir – birini ifodalaydigan ” 1 tarzda voqye bo’ladi. Shunga asosan romantik tasvir uslubi, realistik uslub, davr uslubi, zamonaviy uslub, milliy uslub, adabiyot uslubi, tasviriy san’at uslubi... degan sohalarning mavjudligini ham tan oladi. Uslubda ob’ektivlikning mavjudligini tan olgan holda shuni aytish lozimki, “o’ziga xoslik”, ijodkor qalbining betakror urishi – uslubning bosh alomati sanaladi. Uslub asarning “butun yaxlit sistemasida namoyon bo’luvchi badiiy o’ziga xoslik” (G. L. Abramovich), “Adabiy asar unsurlarining bir – biriga bog’liqligi va ularning yozuvchi talantiga mos tarzda garmonik chatishuvi” (Vuysiskiy) dir. Uslub bir vaqtning o’zida mazmun ham, shakl ham, g’oya ham, motiv ham. Bularning barchasi birlashganda asar busbutunligini uslub ta’minlaydi. Shunga ko’ra yozuvchi uslubini so’zga, tilga – ulardan foydalanishdagi o’ziga xoslikka bog’lab qo’yish noo’rindir. To’g’ri, adabiyot – so’z san’ati, til adabiyotning birinchi elementi bo’lsa-da, uslubni yuzaga keltiruvchi vositalardan biri – zaruriy elementi sanaladi. Uslubni yuzaga keltiruvchi eng zarur omillardan yana biri – san’atkorning hayotni, hayotning mohiyatini, uning qa’ridagi haqiqatni tadqiq va tahlil qila bilishi bilan bog’liqdir. Inson ruhiyatining boy va yashirin sirlarini, ularning tub estetik qimmatini kashf etish san’ati – ruhiyat bilimdonligi bilan bevosita aloqadordir. Demak, uslub – yozuvchining voqyelik va insonni idrok qilishi, ularning qalbidagi Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling