Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
baholovchi mezon bo’la olmaydi. U “adabiy asarlarni bir-biridan farqlash, adabiy davrlar o’rtasidagi
tafovutlarni ko’rsatish, aniqlash va belgilashning o’ziga xos mezoni sanaladi”(A. Ulug’ov, 87-b). Har qanday asar o’z davrining hukmron estetik qarashlari, muhitning bosh alomat va haqiqatlari bilan qoliplangan bo’ladi. Garchi bu haqiqatni takrorlayotgan bo’lsak-da, ana shu qolip (davr mohiyati) asarga o’z nuqsini bosadi: nafasini, ruhini, ohangini, aqidasini, a’molini, “o’zligi”ni qoldiradi. Ana shu holatlarni umumlashtirish, xususiyatlarini ochish uchun “metod” va “oqim” tushunchalari o’ylab topilgan va ularning hammasi ham “romantizm va realizm” ijod tiplaridan bunyod bo’lgan, ularning haqiqiy “farzandlari” sanaladi. Adabiyot hayotni badiiy obrazlarda so’z vositasida akslantirish san’ati ekan, u hamon bosh qonun-adabiyotning konstitusiyasi vazifasini bajararkan, u bilan tug’ilgan romantizm va realizm ham umriboqiy, doimo harakatdagi unsurdirki, bizningcha, faqat ana shu ikki qudratni-metod tarzida, qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir, adabiyot ruhiga monanddir, uning rivojlanish bosqichlariga xosdir. Romantizm. Bu metodning bosh xislati “idealga moslab hayotni qayta yaratish” (V. Belinskiy)dir, ya’ni orzu qilingan voqyelikni tasvirlashdir; uni go’zal va mukammal hayot tarzida ko’rsatishdir; ana shu hayot qahramonlarining afsonaviy kuch-qudratga egaligini, mo’jizakorligini ideallashtirishdir. Esxilning “Prometey”, Sofoklning “Shoh Edip”, Yevripidning “Yelena”, Navoiyning “Xamsa”, Rustavelining “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” kabi asarlarida “odamlarning qanday bo’lishi kerak bo’lsa, shunday tasvirini” berilgani ham yuqorida aytilgan bosh xislatni tasdiqlaydi. Jumladan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod real shahzoda obrazi emas, balki, Navoiy orzu qilgan hukmron timsolidir. U shahzoda bo’lishiga qaramay, hunar egallaydi, ilm- fanni chuqur o’rganadi. Yoshligidanoq mo’jizakor kuch-quvvatga ega bo’ladi, ming-minglab odamlar eplay olmagan ishlarni bajaradi. U teshasi bilan arman tog’i toshlarini xuddi pichoq sariyog’ni kesganday kesib, kanal qazadi; Xisravning minglab qo’shini ko’ngliga g’ulg’ula soladi, ularga bir o’zi bas keladi... Romantik asarlarda voqea-hodisalar va qahramonlar boshqa tarixiy davr va mamlakatlarga ko’chirib tasvirlanadi. “Farhod va Shirin” (A. Navoiy) dostonida voqea-hodisalar avval Chin (Xitoy)da, so’ng Arman o’lkasida yuz beradi. Farhod, Bahrom-xitoylik, Mehinbonu, Shirin-armani, Shopur, Xisrav, Sheruya-eronlik. Holbuki, bu qahramonlar xarakteri, a’moli, ruhi bilan o’zbeklarga tegishlidir, undagi voqea-hodisalar asosida Navoiy davri hayotining tipik manzaralari aksini topgandir. Insoniylikni ulug’lash, ezgulikni kuylash, muhabbat va sadoqatni yuksak darajada madh etish, unga ishontirish romantizmning eng xarakterli alomatidir. Unda hayotni judayam ko’tarinki ruhda, 137 serjilo bo’yoqlarga boy tarzda, yorqin va nozik ifoda etish- xislatga aylanadi va bu xislat kitobxon qalbini larzaga soladi. “Farhod va Shirin”da tasvirlanishicha, Farhod o’limidan so’ng Shirin: “Men uning hajrida bemoru bedilman, xuddi chala so’yilgan qushdayman”-deydi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling