Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Chiqib gardun sori afg’oni oning, 
Fig’oni birla chiqti joni oning. 
Chu Shirin joni erdi, onsiz o’ldi, 
Damekim o’ldi onsiz, jonsiz o’ldi. 
Ko’rinadiki, inson bekorga va bir o’zi hyech vaqt o’lmaydi. Mehru muhabbat rishtalari bilan 
bog’langanlar birga yashaydilar yoki birga rixlat qiladilar; bu vafoning, sadoqatning, insoniylikning
poklikning, niyatning yetukligi natijasidir; romantik tasvirning qudratidir. 
1
А. Навоий. МАТ, Саккизинчи том, Т., “Фан”, 1991, 441-б. 


138 
Romantik metodning asosiy xususiyatlaridan yana biri har qanday jamiyat (quldorlik, feodalizm, 
kapitalizm, sosializm)ning antigumanistik mohiyatini doimo fosh etish va qoralashdir. Ijodda va 
hayotda erkinlik, shaxs ozodligi va komilligi uchun kurashdir. Bu xususiyat hamma romantik ijodkorlar 
faoliyatida pafos darajasiga ko’tarilgan, o’lmaydigan ruh bag’ishlaydigan “hamma xalqlarda va hamma 
zamonlarda umumiy bo’lgan hodisadir”(V.Belinskiy).
REALIZM. Bu metodning bosh xislati- “Hayotni butun yalong’ochligi va haqqoniyligi bilan 
qayta tiklash” (V.Belinskiy)dir. Bu qonuniyat – adabiyotning tug’ilishidanoq paydo bo’lgan bo’lib, 
uning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti davomida to’xtovsiz tarzda sayqallashdi, yangi-yangi xususiyatlar 
dunyoga keldi, tobora boyib takomillashishda davom etmoqda. Romantizm bilan doimo bahslashib, uni 
ham boyitib, undan ham ruh olib, birgalashib “bir maqsadga yetaklashda” (V.Belinskiy) musobaqa 
qilmoqdalar. To’g’ri, adabiyot tarixi davomida romantizmning ham, realizmning ham barcha oqimlari 
hamma vaqt ijobiy natijalarga olib kelgan emas. Jumladan, naturalizm oqimi – hayotni o’ta yalong’och 
va butun tafsilotlari bilan ikir-chikirigacha tasvirlash orqali- ta’sirdorlik xususiyatini muayan darajada 
yo’qotgan bo’lsa, sentimentalizm oqimi hayotni tasvirlashda aql-idrokdan his-tuyg’uni ustun bildi, 
uning musoffaligini yagona mezon darajasiga ko’tardi; xo’rlanganlar, jabrdiydalar, jafokashlar, 
baxtsizlar, nochorlarning ideal obrazlarini yaratdilar va shu bilan hayotning bosh lokomotivi – 
kurashchanlikdan, yaratishdan ma’lum darajada uzoqlashdilar. Bunday holat tabiiydir, izlanish, o’sish, 
taraqqiyot yo’lidagi yutuqlar va kamchiliklarning bo’lishidir. Romantizm va realizm qudratining turli 
darajadagi (go’yo dengiz qudratidan hosil bo’lgan ulkan) hayotbaxsh yoki halokatli to’lqinlaridir. 
Gumanizm, erkin va ozod hayot, baxt va tinchlik uchun kurash – insoniylik romantizmning ham, 
realizmning ham bayrog’idir. Faqat  realizm inson va jamiyat hayotini real (aniq) va rost tadqiq 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling