Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 
Aning hajrida men bemori bedil 
Qushemenkim, qilurlar nim bismil
1

Farhodni Armaniya tog’idan keltirib, uni quchoqlab, jismiga jismin va joniga jonin ulaydi. 
Yuzini yuziga, ko’ksini ko’ksiga qo’yib o’z bedilini quchog’iga oladi. So’ng yuragidan alangali bir oh 
tortib, uning ko’zi ham birga uxlagani u bilan uyquga ketadi: 
 
Qo’yubon ro’y-barro’ do’sh-bardo’sh, 
Bo’lib o’z bedili birla hamog’ush. 
Ko’nguldin shu’laliq ohye chiqardi, 
Ko’zi hamhobadek uyquga bordi. 
Mehinbonu va uning yonidagilar kajavaga yaqin qadam qo’yib borib, pardani ochib sanamni 
ko’rdilar. U yuzini yuziga, ko’ksini ko’ksiga berib, Farhod bilan hamog’ush yotar edi. Ko’zi ko’zining 
ustida, qoshi qoshining ustida. Birorta mo’y tashqarida ekanligi ko’rinmasdi.
Cheksiz-chegarasiz ayriliqlar ketib, uning o’rnini benihoya visol egallagan edi. O’lgan oshiq 
bilan jonsiz ma’shuqa sarv daraxti bilan pechak guliday chirmashib yotar edilar. Ma’shuqa o’z 
sevgilisini mahkam quchoqlab yotar, sevgilisi ham ma’shuqasini xuddi shunday quchoqlab yotardi: 
 
Amori sori qo’ydilar qadamni, 
Ochibon parda, ko’rdilar sanamni 
Ki, Farhodi bila yotib hamog’ush, 
Qo’yubon ro’y-barro’ do’sh-bardo’sh. 
Ko’ziyu qoshi uzra, ko’zu-qoshi, 
Sari mo’ bo’lmayin zohir tahoshi. 
Ketib ul furqati behaddu g’oyat, 
Bo’lub ro’zi visoli benihoyat. 
O’luk oshiq bila ma’shuqi bejon, 
Nechunkim sarv birla ishq pechon. 
Quchub o’z oshiqin ma’shuqi mahkam, 
Nechunkim, oshiq o’z ma’shuqini ham. 
Bunday ajib holatga – muhabbatning bunchalik vafoga, sadoqatga yo’g’rilganini, pokligi va 
go’zalligini ko’rgan Mehinbonuning fig’oni ko’kka ko’tarildi. Shu fig’on bilan birga uning joni ham 
chiqib ketdi. Chunki Shirin uning joni edi. Usiz o’lishi mumkin edi. Shu paytda undan ajralgan edi
jonidan ham ajraldi qo’ydi: 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling