Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
etish yo’lidan bordi. U B.L.Suchkov yozganidek, realizm “kishilarning harakatlari va hislari
ehtiroslarning yoki ilohiy irodaning oqibati emasligi, balki ular real sabablar, aniqrog’i, moddiy sabablar bilan tayin etilishini tushuna boshlagan paytda paydo bo’lgan”. Bu tushuncha eng qadimgi davr kishilarida (Neandartal odamlarda) ham bo’lganini fan isbotlamoqda. Tarixda shaxs va jamiyat orasidagi ijtimoiy munosabatlarni bugungidek badiiy ta’sirchan va haqqoniy (Sosial va psixologik determinizm (shartlanganlik)ka asoslangani holda) aks ettirish darajasi bo’lmaganligi ayon, lekin, ayni paytda, bugungi darajaning yuzaga kelishida o’tmishdagi realizm poydevor bo’lgani ham haqiqatdir. Bobur, Maxmur, Turdi, Muqimiy, Furqat, A.Qodiriy, A. Qahhor, P.Qodirov, O.Yoqubov, M.Muhammad Do’st, T.Malik, T.Murod kabi yozuvchilar ijodi ham ularning shu soha bo’yicha saboqlaridagi vorislik ham isbotdir. Realizmning estetik prinsiplaridan yana biri – hayot voqea – hodisalarini haqqoniy detal va tafsilotlar vositasida tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlashdir (Darslikning “Hayotiy haqiqat va badiiy haqiqat”, “Syujet va kompozitsiya” qismlarga qarang). Ana shu tasvir asosida kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ijtimoiy – ma’naviy muammolar turishi, ular badiiy umumlashtirilishi, tipiklashtirilishi zarur. M.Gorkiy jahon adabiyotida yaratilgan badiiy obrazlar xususida shunday yozadi: “Mana shu sanab o’tilgan odamlar turmushda bo’lgan emas: ammo ularga o’xshash kishilar hayotda bo’lgan va shu borlari ham ancha mayda bo’lib, u qadar mukammal bo’lmaganlar, ayrim g’ishtlardan minora... yasalgani kabi, mana shu mayda, chakana kishilardan so’z san’atkorlari umumlashma tiplarini, turdosh tiplarni yaratganlar, “to’qiganlar”. Shunday “to’qima” natijasida biz endi har bir yolg’onchini Xlestakov, xushomodgo’yni Molchalin, ikkiyuzlamachini Tartyuf, rashk qiluvchini Otello va hokazo deb ataymiz”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 72-bet). Ko’rinadiki, realist – san’atkor hayot qa’rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi uning ko’p qirrali va qarama-qarshi tomonlarini ro’yi-rost ochuvchi, uni tadqiq va tahlil qiluvchi hislatga ega bo’lishi kerak; hayotning ob’ektiv manzarasini xolis tasvirlovchi yozuvchi bo’lishi lozim. Bu – realizmning bosh talabi, uning mohiyatidir. Hayotga yaqinligining, romantizmga teskariligining yaqqol ko’rinishidir. Romantizm va realizm metodining barcha hususiyatlari, hislatlari haligacha voqye bo’lgan emas. Shundan bo’lsa kerakki hyech kim ularga mukammal ta’rifni ham bera olgani yo’q. Biz ham ta’riflashdan voz kechamiz, chunki ularning xususiyatlarini yetarli tarzda o’rganishga va kelajakda voqye bo’ladigan alomatlarini bashorat qilishga umr kamlik qiladi, lekin shu yo’ldagi izlanishlarga baraka tilaymiz. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling