Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

hisoblana olmaydi. 
Achinish qobiliyatini Dostoyevskiy insoniylikning eng oliy o’lchovi darajasiga ko’tardi... 
Va bugungi dunyoda, atom bombalari dunyosida, imperialistlarning bosqinchiliklari bo’lib turgan 
dunyoda, irqiy muammolar va zo’ravonlarning jabrini tortayotgan dunyoda Dostoyevskiyning 
hayajonli bongi to’xtovsiz eshitilib turibdi va insonlikka, gumanizmga chaqirayotibdi. Uning butun 
dunyoni tutgan achinishining mohiyati, bizningcha, ana shundadir. Uning abadiy va borgan sari 
ortayotgan shuhratining boisi ham shudir.” (Ta’kidlar bizniki-H.U.). 
Sentimentalizm oqimiga xos bo’lgan adabiy asar tilining – oddiy va soddaligi, his-tuyg’ular 
dunyosi tasvirining chuqurligi, rahm-shafqat ham insoniylik o’lchovi ekanligi xususiyatlari hamon 
adabiy jarayonda tirikdir. Uning yaqqol misolini O’tkir Hoshimovning realistik povesti “Dunyoning 
ishlari”da ko’rish mumkin. 
Syurrealizm (fr. Surrealisme-yuksak realizm yoki realizmdan ham yuksak) Fransiyada XX asr 
boshlarida dunyoga kelgan. Hayot voqea hodisalarining mohiyatini, ichki dunyoni murakkab ramz va 
shakllarda, kutilmagan obrazlarda tasvirlashgan. Syurrealizmni – sara realizm(Ozod Sharofiddinov) 
deb ham yuritadilar va unda simvolizm (ramziylik)ning asosiy yutuqlar, romantizmning kuchli 
bo’yoqlari jamg’arilganligi sabab, fikr va tuyg’ularning zanjirli, ramzli, tagdor va murakkab qirralari 
kashf etiladi. Bu oqim jahoniy hislat kasb etgani uchun uning vakillarini turli adabiyotlarda ko’plab 
uchratish mumkin. Pol Varlen, Pol Elyuar, Emil Verxare, Oskar Uayld, Anna Ahmatova, Marina 
Svetayeva, Aleksandr Blok, Garsiya Lorka, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Rauf Parfi kabi 
san’atkorlarning ijodlarida ularning dilbar namunalarini ko’rsa bo’ladi. 
Jumladan, Anna Ahmatovaning “Na sirlar va na g’amlar” she’riy to’plamidagi asarlarning 
biriga – asliga diqqat qiling va undagi tagdor mazmunni ilg’ashga intiling: 
Ya jivu, kak kukushka v chasax
Ne zaviduyu ptisam v lesax. 
Zavedut-i kukuyu. 
Znayesh, dolyu takuyu 
Lish vragu 
Pojelat ya mogu.
1

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling