Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
A.Lirikaning kichik janrlari
Fard(arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi 119 she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug’aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o’ta mo’jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet): Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. (Alisher Navoiy) Fardni “mufradot”, “fardiyot” deb ham yuritadilar. Turkiyalik olim Tohirul Mavlaviy, bir bayt qofiyadosh bo’lsa (yuqoridagidek) “musarra’”, qofiyadosh bo’lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi. Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan: Dunyo chamanining bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket. (Nodira) Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi. Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi. (“Otalar so’zi”) Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar, Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar (“Amir Temur o’gitlari”) Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar. (Maqol) Musallas (arabcha so’z, ma’nosi uchlik, uchlama) mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo’llanilganining sababi 1-2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo’lishidir (aab). Bu holat esa she’rda notamomlikka, fikriy uzilishga sabab bo’lishi mumkin” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari, 52-bet) deb asoslash noo’rindir. Bizningcha, uning asosini davr va odamlar ehtiyojidan izlash to’g’riroq bo’lgan bo’lardi. Musallas Yevropa adabiyotida “tersina” (it. uchlik), bugungi poeziyamizda “uch chanoq” deb yuritiladi. Unda poetik olamning obrazi to’liq ifodasini topa oladi; bugungi “tezkor” zamonda kishilarning murakkab, ziddiyatlarga to’la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarini borlig’icha namoyon etishga qodir kuch-mo’jiza bor. Unda olam mohiyatining, tuyg’ular mag’zining falsafasi ifodasi, bu ifodaning eng nozik va judayam ixcham jonli surati mujassam: Hyech bir inson anglamas bizni, Itdek tepib o’tar kiborlar, Eh, naqadar baxtsizdir ular. Rauf Parfi O’zturkning bu asaridagi poetik falsafani faqatgina uchlik real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to’rtlik, muxammas...va h.) janrlar kashf eta olmaydi. Bu fikrning isbotini Rauf Parfi, Vosit Sa’dulla, Anvar Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko’rsa bo’ladi. Ruboiy(ar. - to’rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo’lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to’rtliklar asos bo’lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho’bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan. 120 “Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot etishi lozim bo’lgan fikrning da’vo shaklida o’rtaga tashlashidir. Ikkinchi misra antitezis, avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq, dastlab qo’yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo’lib, moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu guyo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko’prik burchini o’taydi. Nihoyat so’nggi misra, maqsadni ochiq, ravshan aytib tugatilishi sintezdir. Ruboiy, to’rt misraga sig’dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g’oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, “qalb dialektikasi”ning ajoyib tarjimonidir” (M.Yunusov. Barhayot an’analar, T., 1969, 77-bet). Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo’ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, - a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi. Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko’plab yaratilmoqda “... inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi” (A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi, T., “Fan”, 1961, 186 bet) va uning falsafiy mohiyatini g’oyatda chuqur va qabariqli, ixcham va lo’nda aks ettirish hazaj bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi. Shoirlar majlisi - hislar to’foni, O’tkir tuyg’ularning tinmas bo’roni, Unda olam tirik, ona-Yer uyg’oq, Unga erisholmas dunyo sultoni. (To’lan Nizom. “Uch yuz uch ruboiy”.) Ular (bahr va falsafiylik)ning birbutunligi, ayniqsa, Umar Xayyom ruboiylarida go’zal ifodasini topgan. Xayyom mayni - Allohni ulug’laydi, undan boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo’q. Uning faryodi ham, tug’yoni ham, baxti ham, baxtsizligi ham-o’zligining mohiyati falsafasiga aylanib, quyma satrlarda jilolanaveradi. Ha, “Xayyom ruboiylari foniy bandaning javobsiz faryodlaridir” (A.Muxtor). Quloq tuting-a: May ichsang, oqilu dono bilan ich, Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich. Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich, Ezma, rasvo bo’lma, hayo bilan ich. Yoki: Ichganda, aqldan begona bo’lma, Es jo’yib, jahlga sen xona bo’lma. Istasang qizil may halol bo’lishin, Hyech kimni ranjitma, devona bo’lma. Tuyuq (ar. – tuslash, tuymoq) – lirikaning o’ynoqi, shoirning so’z san’atini yaqqol ko’rsatuvchi janrdir. Uning tadqiqotchilaridan R.Orzibekovning ta’kidlashicha, tuyuq “to’rt misradan iborat mustaqil va to’liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi; 2) ko’proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a shaklidagi qofiyalanish; 3) xuddi ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra), moddai tuyuq (3-misra) va sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo’lishi va nihoyat 4) murabba’ she’rlaridan farqli o’laroq so’nggi misralarda shoir taxallusining ko’rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o’xshasa ham, ammo o’ziga xos yagona vazn-“ramali musaddasi maqsur” (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu “vazn bilan o’z badaniga noz libosini kiyishi”(A.Jomiy) aksar qofiyalarining tajnisli so’zlardan iborat bo’lishi bilan farq qiladi”(R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari, Samarqand, 1999, 98-bet). Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko’ra 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo’linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq namoyon etishi bilan ardoqlidir. Jumladan, G’am yuki to qomatim yo qilmadi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling