Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Felyeton (it.feuilleton - varaqa) ko’pincha hayotda haqiqatdan mavjud bo’lgan illatlarni, shu 
illatlarni o’zida tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini 
yorqin fosh etuvchi satirik janrdir.
Darvoqye, D.
Zaslavskiy aytgan gap (Sovetskiy pechat, 1959, №10, str.24) judayam asoslidir: 
“Felyetonning faktik jihati g’oyat aniq bo’lishi lozim. Faktni to’qishingiz ham, unga har narsa to’qib 
qo’shishishngiz ham mumkin emas. Felyetonning adabiy jihati esa, felyetonchining ishidir, uning 
mahorati, badiiy didi, g’oyaviy saviyasiga bog’liqdir”. 
Ushbu mulohazadan ko’rinadiki, hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-yelpi voqealar emas, 
balki ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan, rivojlanishga to’siq bo’layotgan konkret (manzilli) kamchilik 
va illatlarning ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi; shundan so’ng “pishgan” 
material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi; qiyoslash yoki tadrijiy ketma-
ket bayon qilish, tipiklashtirish, badiiy to’qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Alal 
oqibatda hujjatli yoki adabiy felyetonning yuragi bo’lgan satirik obraz butun bo’yi - basti, to’laqonli 
xarakteri bilan namoyon bo’ladi. A.Qahhorning “Ig’vogar”, “Quyushqon”, “Pora”, Said Ahmadning 
“Kolbasa qori” , X.To’xtaboyevning “Muzeydagi besh surat”, “Gipnoz” asarlari shu qabildadirlar.
Xotira (arabcha so’z, ma’nosi: “1) xotir, 2) Biror kimsa yoki narsa haqida yodda, esda saqlangan 
taassurot, 3) ism”) ham hujjatli janr. U ko’rgan kechirganlarni shunchaki aytib (yozib) berishdan 
iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat bo’lishi lozim. 
Ko’pincha, xotirada muayyan san’atkorning hayoti va ijodiga oid yodnomalar naql qilinadi, bu naql 
fakt-dalillarga suyanadi, chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi. Jumladan, Habibulla Qodiriyning 
“Otam haqida”, Olmosning “Ta’zim”, Said Ahmadning “Yo’qotganlarim va topganlarim”, Zarifa 
Saidnosirovaning “Oybegim mening”, Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas”, 
Shukrulloning “Javohirlar sandig’i” kabi yodnomalari  Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulom, Oybek, 
Abdulla Qahhor kabi san’atkorlarning ijodiy va insoniy qiyofalarini to’liqroq, teranroq 
anglashimizga yetaklaydi, ularni hayajonlantirgan qahramonlarni asosliroq tushunishga, ijodiy 
1
Очил То
ғаев. Публицистика жанрлари, Т., “Ўқитувчи”, 1976, 62-бет. 


118 
laboratoriyalariga, mashhur asarlarining yaratilish jarayoniga ko’proq kirib borishga, ijodiy 
tajribalaridan saboqlar va ibratli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. 
“Sen elimning yuragida yashaysan”, “Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida”, “Oybek 
zamondoshlari xotirasida”, “Mirtemir zamondoshlari xotirasida”, “Ustozlar davrasida” (Nosir 
Fozilov) kabi o’nlab to’plamlarning vujudga kelishi – san’atkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy 
hujjatlardir, qalb so’zlaridir, baholaridir. Ularning barchasi muayyan san’atkor qiyofasini tasavvurda 
jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebahodir. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling