Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi ixtisosligi 2-kurs magistranti Usarova Dildora Abduxakim


Download 33.79 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1435520
Bog'liq
Ichki taqriz Усарова (1)


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi ixtisosligi 2-kurs magistranti Usarova Dildora Abduxakim qizining “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi qo‘lyozmasiga


TAQRIZ

Zamonaviy psixolo-pedagogik sohaning dolzarb muammolaridan biri yosh kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bugungi kunda, boʻlajak pedagog-psixologlarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning yangi yoʻllari, metod va shakllarini izlash boʻyicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Kasbiy faoliyatini boshlayotgan pedagog-psixologning boshqa zaruriy professional sifatlari uchun poydevor vazifasini bajaradigan asosiy qobilyati, bu ortidan ergashtira olish, boshqarish va yoʻnaltirish, ya’ni lider boʻlish qobilyatidir. Aynan shuning uchun bizning fikrimizcha, munosib pedagog-psixologni tayyorlash ishlari ushbu mutaxassislikda tahsil olayotgan talablarda liderlik kompetensiyasini rivojlantirishdan boshlanishi lozim.


Boʻlajak pedagog-psixologlarning liderlik kompetensiyasini rivojlantirish muammosi koʻplab olimlar tomonidan oʻrganilgan boʻlib, zamonaviy ta’lim tendentsiyalari kontekstida alohida ma’no kasb etadi. Ta’lim tizimining zamonaviy strategiyasi deklarativ ravishda tashabbus koʻrsatishga, qarorlar qabul qilishga va mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan rivojlangan liderlik kompetensiyasiga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan, aslida bunday mutaxassislar juda kam va bu amaliyotning barcha sohalariga tegishli.
Jamiyat talablariga javob beradigan zamonaviy mutaxassislar sifatida boʻlajak pedagog-psixologlar uchun liderlik kompetensiyasi nafaqat maqsadga muvofiq balki oʻta muhim hisoblanadi. Natijada, liderlik kompetensiyasi deyarli asosiy professional pedagogik-psixologik kompetentsiya oʻlaroq, mutaxassilarni tayyorlash jarayonida deyarli hisobga olinmaydi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi ixtisosligi 2-kurs magistranti Usarova Dildora Abduxakim qizining “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ana shunday dolzarb muammo yechimiga qaratilgan tadqiqot ishidir.
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 98 sahifani tashkil etadi.
Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqotchi tomonidan mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, metodlari, metodologik asosi, farazi, ishning ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi aniq jumlalarda bayon etilgan.
Dissertatsiyaning “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida kompetensiya, liderlik kompetensiyasi tushunchalarining kelib chiqishi, liderlik kompetensiyasining tarkibiy tuzilishi, shuningdek, boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasi, uning tuzilishi va mazmuni izohlab berilgan.
Magistrant mazkur bobda “liderlik kompetensiyasi” tushunchasiga berilgan ta’riflarni qiyosiy tahlil etish asosida uning quyidagi ta’rifini o‘zi uchun asos sifatida qabul qilgan: “Liderlik kompetensiyasi - bu mukammal ishlashga hissa qoʻshadigan yetakchilik fazilatlari va xatti-harakatlari majmuidir. Kompetensiyalarga asoslanga liderlik yondashuvidan foydalangan holda, tashkilotlar liderlarning keyingi avlodini yaxshiroq aniqlashi va rivojlantirishi mumkin”.
Oliy taʼlim muassasalari talabalarida liderlik kompetensiyasini rivojlantirish zamonaviy pedagog oldiga qoʻyilgan vazifalarni yanada samarali bajarishga koʻmaklashadi, uning jamoadagi obroʻsining ifodasi va bir vaqtda pedagogning kompetentliligi koʻrsatkichi hisoblanadi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalarida liderlik kompetensiyasini nostandart pedagogik vaziyatlarni hal etish uchun egallangan kommunikativ-tashkiliy tajribadan mahoratli foydalanish hamda jamoaning barcha aʼzolarini uzluksiz shaxsiy oʻsishlari rejimini taʼminlash qobiliyatini oʻz ichiga oladi. Rivojlangan liderlik kompetensiyasi ahamiyatli tavsifi pedagog-psixologlik kasbidagi muvaffaqiyatning faoliyatli tashkil etuvchisi hisoblanib, u ish jarayonida improvizatsiyaga moyillik va ijodning namoyon boʻlishida, pedagog-psixologning yangi rollari va funktsiyalariga yondashuvda qatʼiyatlilik, obroʻ va taʼlim oluvchilarning ishonchlariga sazovor boʻlishni bilishi, malakasini oshirish istagi va oʻz faoliyat sohasida uzluksiz rivojlanishda ifodalanadi.
Shunday qilib, ta’diklash joizki, liderni shakllantirish – spontan emas, aksincha, maqsadga yoʻnaltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Boʻlajak pedagog-psixologlarda liderlik kompetensiyasini shakllantirish jarayoning asosiy oʻziga xosligi - bosqichma-bosqichlilik xarakteri boʻlib, bunda shaxs shakllanishi dinamikasiga mos boʻlish qoidasi nazarda tutiladi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari” deb nomlanadi. Unda boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli, boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modelini joriy etishning didaktik shart-sharoitlari bayon qilingan.
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har bir ta’lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog‘liq.
Zamonaviy jamiyat oliy ta’lim oldiga bir qator talablarni qoʻyadi, ular bitiruvchilarni professional harakatchanlik, ijodkorlik, innovatsion fikrlash, jamoada ishlash qobiliyati va vazifalarni bajarishga undashlari, ijobiy muloqot aloqalari strategiyalarini yaratishlari va ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yoʻllarini topa oladigan boʻlishlari kerak.
Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va uni muvaffaqiyatli qoʻllash uchun boʻlajak pedagog-psixologlarining psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olish juda muhim hisoblanadi.
Tadqiqot ishida boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan. Modelda liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion, mazmunli, faoliyatli, qadriyatli tarkibiy qismlari ajratib ko‘rsatilgan. Shuningdek, boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning mualliflik texnologiyasi taklif etilgan. Texnologiyaning har bir bosqichi, uning mazmuni, metod va usullari izohlab berilgan. Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning modelini joriy etishning didaktik shart-sharoitlari o‘rganilgan. Ushbu modelni amalga tadbiq etishning samarali metod, shakl va vositalari tavsiya qilingan.
Dissertatsiyaning “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarining dasturi hamda amalga oshirilgan pedagogik eksperiment natijalari bayon etilgan. Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlanganlik darajasini tashxis etish uchun E.Jarikov, E.Krushelnikovlarning “Liderlik qobilyatlari diagnostikasi” metodikasi, shuningdek, V.V.Sinyavskiy, V.A.Fedoroshinlarning “KOS” testidan foydalanilgan. Natijalarni statistik tahlil qilishda bir qator matematik-statistik mezonlardan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytganda, dissertatsiyada bayon qilingan fikrlar maktab amaliyotchi psixologlarining menejerlik kompetensiyalarini rivojlantirish muammosiga dissertantning mustaqil, o‘ziga xos yondashuvi sifatida namoyon bo‘lgan.
Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot to‘g‘ri tashkil qilinsa, jarayon muvaffaqiyatli kechishi mumkin deb ilgari surilgan dissertatsiyaning ilmiy farazi o‘z tasdig‘ini topgan, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan umumiy xulosalar tadqiqot vazifalariga to‘liq mos keladi.
Dissertatsiya ishining asosiy mazmuni muallif tomonidan chop etilgan 2 nomdagi (ikkita tezis) nashr ishida o‘z ifodasini topgan.
Tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va ishonarliligi, unda tadqiqot maqsad hamda vazifalarining o‘zaro mosligi olingan natijalarning tajriba-sinovda isbotlanganligida ko‘rinadi. Dissertatsiya ishi mazmunli, ravon, o‘zbek tilida bayon qilingan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, dissertatsiya ishi tugallangan va mustaqil bajarilgan.
Magistrantning chop etgan ilmiy ishlari tadqiqot mazmuniga mos keladi va uni yetarli darajada qamrab olgan.
Xulosa qilib aytganda, Usarova Dildora Abduxakim qizining “Boʻlajak pedagog-psixologlarining liderlik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan va tugallangan tadqiqot bo‘lib, DAK talablariga to‘liq javob beradi. Dissertant magistr akademik darajasini olishga loyiq, deb hisoblayman.
Umumiy pedagogika”
kafedrasi professori, p.f.n.: A.S.Kaldibekova
Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling