Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Tayanch tushunchalar 
Adabiy turlar va ularning predmetlari. Epos, lirika va dramaning 1) muallifning hayotga 
munosabati; 2) “Vaqt hissi”, 3) Hajmi va tashqi ko’rinishi; 4) Xarakter; 5) Syujet; 6) Badiiy til 
jihatidan farqli qonun-qoidalari. Janrlar. Epik tur janrlari. Epos, roman, doston; qissa, povest, 
poema; ballada, masal, latifa, xanda, hikoya; ocherk, felyeton, xotira. 
Adabiyotlar:
1. 
T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 459 -477- betlar. 
2. 
D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi 
nashriyoti, 2004, 166-181-betlar. 
3. 
H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi 
nashriyoti, 2004, 208-224-betlar. 
Mavzu: Lirikaning janrlari 
Reja: 
1. Lirikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik) 
2. Lirikaning o’rtacha janrlari (g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet) 
3. Lirikaning yirik janrlari (tarji’band, tarki’band) 
“Kishini mashg’ul etgan, to’lqinlatgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, 
hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, 
shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). 
Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan 
poetik fikr va tuyg’usining ifodasidirki, ularning ko’pi sarlavha (nom)siz bo’ladi, birinchi misra yoki 
radif nomi bilan nomlanadi: 
“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning 
xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir 
qalamidan qanday chiqqan bo’lsa, xuddi shunday o’qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish 
mumkin; agarda uni so’z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-
barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o’lik bir chag’anoqqa aylanadi... bu narsa 
shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go’yo bir kartinaga o’xshaydi, lekin unda muhim narsa 
kartinaning o’zi emas, u bizda uyg’otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning 
turli-tumanligini o’zida jamg’argan va ularni voqye qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma-
xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o’zbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va 
shakllar (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular: 
Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag’ishlov, hasbi hol; madhiya, 
qo’shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, g’azal, tuyuq, ruboiy, fard, 
masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to’rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, 
musabba, musamman, mutassa, muashshar va h. 
Bularning hammasi ham o’zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i 
nazar bo’lishi mumkin bo’lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk 
asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini o’rganishning o’ziyoq, mulohazalarimizni isbot 
etadi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling