2
«Adabiyotshunoslikka kirish» fani oliy o’quv yurtlarining filologiya yo’nalishi
bakalavriatida
tahsil olayotgan talabalar tomonidan birinchi kursda o’rganiladi. Unda asosan adabiyot va adabiy asar
haqida boshlang’ich nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu ma’ruzalar matnida badiiy adabiyotning muhim qonuniyatlari,
badiiy asar tabiati, badiiy
ijod sehr-jozibasi va estetik ta’siri sirlarining mazmun-mohiyati atroflicha ochib berilgan. Shuningdek,
undan o’rin olgan ma’lumotlarning barchasi talabalarni o’qish-izlanishga o’rgatadi,
ularda mustaqil
mushohada yuritish ko’nikmasini shakllantiradi. Izlanishga,
topqirlikka, amaliy xulosalar chiqarishga
va yaratishga yetaklaydi.
Ma’ruzalar matnidan oliy o’quv
yurtlari talabalari, o’qituvchilar, ilmiy xodimlar,
aspirant va
tadqiqotchilar, adabiyotshunoslik muammolariga qiziqadigan kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi:
prof. H.Umurov