Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot haqidagi fan 
(2 soat) 
Reja: 
1. Adabiyotshunoslik - filologiyaning bir sohasi 
2. “Adabiyot” va “adabiyotshunoslik” atamalari 
3. Adabiyotshunoslik metodologiyasi 
4. Adabiyotshunoslikning ob’ekti va vazifalari 
1. Adabiyotshunoslik – “filologiya”(gr.philo – sevaman va logos - so’z), ya’ni “so’zshunoslik” 
fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi – tilshunoslik yoki lingvistika (lat. Lingma - til)dir. 
Ikkalasi ham o’ziga xos tarzda so’zshunoslikning tabiatini o’rganadi.
Adabiyotshunoslik – jahon adabiyoti durdonalarini o’rganish asosida badiiy adabiyotning 
qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug’ullansa, tilshunoslik – tilning grammatik 
qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so’z shakllarini, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zlarning 
morfema sostavini, so’z turkumlarini; so’zlarining birikish yo’llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap 
bo’laklarini o’rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik - so’zning san’atini, tilshunoslik – 
so’zning mag’zini chaqadi. 
Bu fanlar doimiy aloqada bo’ladilar va hamisha bir-birlarining kamoloti uchun xizmat qiladilar. 
Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug’ilishi va rivoji uchun qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning 
poetik tili – tilning rivoji va qonuniyatlari mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi. 
2. “Adabiyot” atamasi (arabcha - adab) “odob” so’zidan olingan. Odob-axloq jamiyat 
ma’naviyatining o’zagi, inson kamoloti (insoniyligi)ning ko’rsatgichidir. Axloq – ma’naviyatning 
amalidir, ma’naviyat esa o’zlikni anglashdir. Uni o’rganish – inson qalbiga sayqal berishdir. Shuning 
uchun ham adabiyot inson tuyg’ularining adadsiz to’lqinini ezgulik yaratish ishiga safarbar etadi. U 
turli xalqlar tilida turlicha ataladi. Chunonchi, ruslarda “literatura” (lat. letera - harf), nemislarda 
“wortkunst” (so’zshunoslik), o’zbek va tojiklarda “adabiyot”... Bundan qat’i-nazar “Adabiyot” so’zi 
uch xil ma’noda qo’llaniladi: 
1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui: o’zbek adabiyoti, 
antik adabiyot. 
2. San’atning so’z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar 
majmui: she’r, proza, drama. 
3. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot, adabiyotshunoslikka oid 
kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag’ishlangan asarlar. 
Ko’rinadiki, “Adabiyot” atamasi keng ma’noda qo’llanilganda yozilgan barcha asarlarni qamraydi 
va tor (professional, maxsus) ma’noda ishlatilganda faqatgina badiiy asar (romanlar, g’azallar, 
dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni ko’zda tutadi. 
“Adabiyotshunoslik” atamasi “Adabiyot” so’ziga fors – tojikcha “shinohtan” (“bilish”, “tayin 
etish”) fe’lining va o’zbekcha “lik” affiksining qo’shiluvidan yasalgan. “Shinohtan” singormonizmga 
uchrab, “shunos” shakliga kelib qolgan va u o’zbek tilida “biluvchi”, “o’rganuvchi” ma’nolarida 
ishlatiladi. 
Bundan ko’rinadiki, adabiyotshunoslikning o’rganish manbai, asosi – badiiy asarlar jamidir. 
Albatta, badiiy asarlar tabiatini o’rganish, o’z navbatida, ijodiy jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit 
va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi-obraz-kitobxon muammolarini ham o’rganishni kun tartibiga 
chiqaradi. 
Ayni paytda, mumtoz (klassik) asarlar tahlili jarayonida badiiy adabiyotning o’ziga xos 
qonuniyatlarini o’rgatish barobarida badiiy ijod namunalarini tahlil etish va bevosita turli-tuman 
janrlarda asarlar yaratish ko’nikmalarini ham beradi. 
“Adabiyotshunoslikka kirish” fani – badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlarini, badiiy asar 
tabiatini, ijodiy jarayonning eng muhim muammolarini, badiiy ijodning sehrini o’rgatadi. Badiiy asarlar 
yaratish san’atidan xabar beradi va poetik asarlarni mustaqil, ob’ektiv tahlil etish ko’nikmalarini 
yaratadi. Filolog o’qituvchilar – bakalavr va badiiy ijod oshnalarini tayyorlaydi. 
3. Insoniyat va xalq hayoti taraqqiyoti bilan adabiyotning rivojlanish aloqalarini tushuntirish – 
metod (gr. Meta–orqali, vositasida va hodos-yo’l)ning vazifasiga kiradi, demak, bu muayyan 



muammoni o’z predmeti, materiali vositasida tadqiq qilish yo’lidir. Metodologiya esa metod haqidagi 
ilm, metod nazariyasidir.
1
Fan rivojini ta’minlovchi umumiy mezonlar ta’rifidir, ularning asosiy 
tamoyil(prinsip)lari, ustuvor qoida(postulat)larini qamragan ilmiy tushunchalardir. 
Shunga binoan adabiyotshunoslik doimo quyidagi asosiy muammolarga javob izlagan: Nega har 
bir xalqning, har bir davrning adabiyoti mavjud? U shu xalq hayotiga va ayni paytda, jahon xalqlariga 
qanchalik ta’sir ko’rsatgan? Uning xususiyatlari, yuzaga kelish sabablari, falsafasi nimada? Nega har 
bir xalqning adabiyoti taraqqiyoti har bir davrda o’ziga xos bo’ladi? Davrlar adabiyotining farqli 
xususiyatlari, mohiyati nimada? Nega u tarixan o’zgaradi va yangilik tomon rivojlanadi, nega aynan 
shunday?.. Adabiy rivojlanishning milliy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, hayot va mafkura (g’oya)lar bilan 
bog’liqligini yaxlit tushuntirish uchun jamiyatning tarixiy rivojlanishini asosli tushuntiruvchi 
nazariyaga tayanish talab etiladi. 
Bu nazariya – milliy istiqlol mafkurasidir. U “o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad-
muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan, asriy orzu 
istaklarni amalga oshirishga xizmat qilgan g’oyalar tizimidir” (I.Karimov). Ana shu g’oyalardan biri-
komil inson g’oyasidir va u ham milliy, ham umumbashariy mohiyat kasb etgan, hamisha odamzodni 
taraqqiyotga, ezgulikka yetaklagan. “Komil inson – ozod shaxs, erkin fikr qiluvchi, o’z xalqining 
ideallari uchun kurashuvchi inson, o’z Vataniga halol xazmat qiluvchi kishidir”
1
ki, u 
adabiyotimizning muqaddas qahramoni sifatida tasvirlangan, turli davrlarda turlicha talqin etilgan, 
tobora mazmuni chuqurlashib borgan. Jumladan, “Avesto”da halol mehnat komillikning asosiy 
mezoni bo’lsa, “Alpomish”da jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlik bo’lgan. “Temur 
tuzuklari”da adolat va qudrat, birlashish va ezgulik yaratish kabi xislatlar bosh o’lchov sanalgan... 
Milliy istiqlol mafkurasi - milliy o’zlikni va umumbashariy vazifani aniq anglatadigan nurdir. 
O’zlikni anglagangina insoniyatga tegishli bo’ladi, bashar odamlari qalbidagi yaratuvchi kuchni-mehr-
muruvvatni, adolatni, or-nomusni, iroda va matonatni, poklik va go’zallikni qadr-qimmatiga yetadi. 
Doimo faoliyatda, hushyorlikda, ogohlikda bo’ladi. Eng asosiysi insoniyligini yo’qotmaydi, Alloh 
yaratgan har qanday bandani o’ziga do’st tutadi, ulug’laydi, e’zozlaydi. Va shu orqali o’zi ham 
e’zozlanadi, ulug’lanadi. 
Demak, adabiyotshunoslik metodologiyasi milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslarini 
ishlab chiqqan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”ga va Prezidentimiz 
I.A.Karimov asarlariga tayanadi. Shu asosda hayot va adabiyot taraqqiyotini asosli tushuntira oladi. 
4. Adabiyotshunoslikning ob’ekti, ya’ni predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va ijodiy muhit bilan 
aloqada olingan adabiy asarlar va ularni yaratish jarayonidir. U tarixiy-adabiy jarayonni chuqur 
o’rganish asosida, so’z san’atining qonuniyatlarini ochadi. Hamma yozuvchi san’atkorlarning faoliyati 
va ular yaratgan poetik asarlarining badiiyligini tahlil etadi. 
So’z san’atining inson va jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyati haqidagi 
tushunchalarni boyitish jarayonida o’zlikni toblashga yetaklaydi. Eng asosiysi-hayotni 
sevishga, ardoqlashga, boyitishga, go’zallashtirishga o’rgatadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling