Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 2-mavzu. Adabiyotshunoslik fanining asosiy va tarkibiy qismlari (2 soat) Reja
Tayanch tushunchalar
Filologiya fani va uning sohalari. “Adabiyot”. “Adabiyotshunoslik”. Adabiyotshunoslik metodi va metodologiyasi. Adabiyotshunoslikning predmeti. Savol va vazifalar 1. Filologiya nima? Uning qaysi qismlari mavjud? 2. “Adabiyot” va “Adabiyotshunoslik” atamalari qanday yasalgan va ularning ma’nolari nima? 3. Adabiyotshunoslikning predmetini aniqlang, uning maqsad va vazifalarini sharhlang. Adabiyotlar: 1. To’xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish,T., “O’qituvchi”, 1979, 5-9 betlar. 2. Abdulla Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 5-13 betlar. 3. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “V ыshaya shkola”, 1988, 4-30 betlar. 1 Введение в литературоведение, Москва, “Высшая школа”, 1988, стр.14. 1 Миллий истиклол Ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, Т., “Янги аср авлоди”, 2001 йил, 131-бет. 5 2-mavzu. Adabiyotshunoslik fanining asosiy va tarkibiy qismlari (2 soat) Reja: 1. Adabiyotshunoslik fanlari: folklorshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid. 2. Adabiyotshunoslikning qo’shimcha sohalari: matnshunos lik, kitobiyot, adabiyot o’qitish uslubiyati, manbashunoslik. 1. Adabiyotshunoslik – keng soha, uning tarixiy rivoji davomida undan maxsus fanlar– folklorshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid ajralib chiqqan. Ularning har biri adabiyot hodisalarini o’z predmeti nuqtai-nazaridan o’rganadi va barchasi so’z san’ati xususiyatlarini tekshirgani uchun bir-biri bilan uzviy aloqada bo’ladi, ya’ni bir-birini to’ldiradi, boyitadi, bir-biriga yangilik beradi, xulosalarini asoslaydi va tasdiqlaydi. Pirovard natijada adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi. Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og’zaki (xalq og’zaki ijodi) adabiyot va yozma adabiyot. Ikkalasi ham hayotni badiiy tasvirlash bilan shug’ullanadi, ya’ni bitta vazifani o’taydi. Yozuv paydo bo’lganiga qadar xalq og’zaki ijodi rivojda bo’lgan va u yozma adabiyotning yuzaga kelishiga asos sanaladi. Yozma adabiyotning hamma janrlari ibtidosini, negizini-xalq og’zaki ijodida ko’rish mumkin. Folklor asarlarida xalq ruhiyati, ko’p asrlik ijtimoiy-siyosiy kurash tarixi ifodasini topgan. Xalq hayotining ko’zgusi, ensiklopediyasi, solnomasi sifatida rang-barang boyligi bilan, o’ta ta’sirchan va donolikka o’rangan oddiyligi bilan hamon kishilarni maftun etadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling