Melodrama(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval, musiqali drama asari sifatida yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo’rligida so’zlashganlar (Shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida qo’llaniladi). Unga J.J.Russo “Pigmalion”(1762) asari bilan asos solgan.
Bugungi kunda “kuchli ta’sir kuchiga ega bo’lgan, favqulodda voqealarga, tendensioz ahloq va keskin intrigalarga boy dramatik asarlar” (N.Hotamov, B.Sarimsoqov)ni melodrama deb yuritish rasm bo’lgandir. Ayniqsa, “Otalar so’zi aqlning ko’zi” teleko’rsatuvlarida bu janrlarning ko’plab namunalari ko’rsatilmoqda. Melodrama janrida ko’plab kinofilm (masalan, amerikaning “Arvoh”...)lar yaratilgan, ularda qatnashuvchi xarakterlarning holat va xatti-harakatlariga uyg’un holda musiqa chalinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |