Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.93 Mb.
bet114/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Komediya(yun. Comos-quvnoq kishilar(olomon) va oide-qo’shiq)da hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti-harakatlarida voqye bo’ladi. Bu xususiyati bilan u “tragediyaga tamoman qarshi...dir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning qahramonlari ma’naviy inson tabiatining substansial kuchlari bilan to’la bo’lgan shaxslardir, komediyaning mazmuni-aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki bor kabi ko’rinib, haqiqatda mavjud bo’lmagan voqyelik hodisalaridir; komediyaning qahramonlari o’z ma’naviy tabiyatining substansial (tub, mohiyat –H.U) asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning uchun tragediyaning ko’rsatgan ta’siri ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshatdir; komediya ko’rsatgan ta’sir sho’x kulgudir... tragediya o’z hayotining tor doirasida faqat yuksak momentlarni, qahramon voqeasining shoirona momentlarini to’plasa, komediya har kungi hayotning oddiy ko’rinishlarini, uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko’rsatadi” (B.Belinskiy. Tanlangan asarlar. 204-bet).

Komediyaning mohiyati-komik konfliktga bog’liq bo’lib, unda “hayot o’z-o’zini inkor qiladi” (V.Belinskiy), ya’ni aslida xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o’zini yaxshi, ilg’or, pok, odamiy qilib ko’rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo’lsa, kulgu keltirib chiqaradi (Berdiali Imomov. Dramaturgik mahorat sirlari, T., G’afur G’ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991, 50-bet). Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan ko’rinmaydi, - deb yozadi V.Belinskiy. – Lekin uning subyektiv mushohadasi yashirin fikr sifatida ko’p komediyada bevosita hozir bo’ladi, komediyada ko’rsatilgan hayvonlar va tasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, go’zal, insoniy yuzlar ko’ringanday bo’ladi, kulgusi sho’x xursandchilikni emas, alam va norozilikni ifoda qiladi... Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi Gogolning “Revizor” nomli asaridir(204-bet). O’zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “So’ngggi nusxalar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, Erkin Vohidovning “Oltin devor”, Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni”, Abduqahhor Ibrohimovning “Zo’ldir” kabi asarlari ham komediya janrini rivojlantirish ishiga qo’shilgan hissalardir.



Drama(yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o’rtasidagi janrdir, u ma’shum falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. “Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo’q bo’lishidir, har bir so’z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko’chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go’zal bo’lsalar ham yig’indisi emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo’lishi kerak, unda har bir shaxs o’z maqsadiga intilib, faqat o’zi uchun harakat qilib, o’zi bilmasdan ham, pyesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug’ilgan bo’lsagina shunday xarakterga ega bo’ladi” (V.Belinskiy, 207-bet).

Dramaning qahramoni ko’pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to’la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro’y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir.

Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo’lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o’z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig’i to’liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg’unning “Alisher Navoiy”, O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O’z arizasiga ko’ra”, Izzat Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi.

Agar tragediyani fojea, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko’rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojeasini kulguli voqealar orqali ko’rsatish yetakchilik qiladi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg’itilgan ota-onalarni ko’rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo’q” (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og’ir hayoti kulguli (yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko’rsatiladi).

Dramaturg o’z asarini “Jiddiy komediya” deb ataydi va “umuman inson fojeasi haqida komediya yozish” mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya’ni sof adabiy janrlar bo’lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o’zaro bog’liqlikda yashaydi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling