Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
Intermediya(lat.intermedius-ikki narsa oralig’ida) pyesa va operalarning pardalari oralig’ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv(fars) qilishdir.
Bugungi adabiy jarayonga kelib, intermeiyalar o’z mazmunlarini saqlagan holda, pyesa va operalardan ajralib chiqdilar va “Miniatyura teatri”ni, “Tabassum ustaxonasida” degan radio eshittiruvini tashkil qildilar. Libretto(ital.libretto-kitobcha) – opera, operetta, musiqali drama, oratoriya, kantatalar uchun yozilgan badiiy asar matnidir. Uning syujeti ba’zan she’r, ba’zan nasr bilan yoziladi. Librettoning matni musiqa bilan uzviy bog’langandagina (so’z san’atkori va kompozitor mehnati uyg’unlashganda) to’liq ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Libretto dramaturgiya qonun qoidalariga amal qilib yozilsa-da, uning syujeti ko’proq ariya va ansambllarning ta’sirchanlik xislatlari bilan bog’lanadi. “Bo’ron”, “Maysaraning ishi”, “Zaynab va Omon” kabi operalarning librettolari aytilagn mulohazalarga asosdir. * * *
Yoki janrlarning xususiyatlarini chuqur o’rganmasdan turib, yuzaki fikrlar yuritish noto’g’ri xulosalarga olib kelaveradi. Natijada, “Povest o’zbek adabiyotshunosligida “Qissa” deb yuritiladi”(Abdulla Ulug’ov, 63-bet), “Sharqda poema “doston” deb yuritiladi”(Erkin Xudoyberdiyev, 196-bet) kabi asossiz fikrlar haqiqatdek aytilaveradi. Demak, o’qish va o’rganishsiz, to’plangan ijodiy saboq va tajribalarni chuqur o’zlashtirishsiz – o’zida mehnatga nisbatan mehr va hurmatni tarbiyalamasdan adabiyot dargohida yangilik kashf qilish judayam qiyin. Demak, janrlarni o’rganmay turib uni tushunish, o’sha janrda yuksak asarlar yaratish ham mumkin emas. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling