Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.93 Mb.
bet46/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Mavzu: Mazmun va shakl birligi
Reja:

  1. Oqilona hayot va san’atkor

  2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari

  3. Badiiy g’oya va uning tema bilan yaxlitligi

Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir. “Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo’lishi mumkin. Lekin u hodisalar zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qayerda va ular bizni nimasi bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda”1 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi?

“Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan odamning bebaxt o’limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo’ladi, negaki, ularda hyech qanday oqilona fikr, hyech qanday oqilona maqsad bo’lmaydi. Ammo mo’yqalam egasi insonning haqiqat yo’lida kaltaklanishini tabiiy ko’rsatsa, uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g’alabasini ifodalaydigan bo’lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara go’zalroq va badiiyroq bo’ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq ko’rinadi. Nimaiki voqye bo’lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo’lsa, u voqyedir: bu-ulug’ haqiqat; biroq voqyelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa, faqat oqilona voqyelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkori. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra qayta yaratadi2.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling