Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/34
Sana28.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18848
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34

«MATEMATIKA VA INFORMATIKA 
O’QITISH METODIKASI»
 
FANINING 
MA’RUZA MASHG’ULOTLARINI  
O’QITISH  TEXNOLOGIYALARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
126
KIRISH 
 
      Matematika  va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli  fan bo’lib, 
u  pedagogika,  psixologiya  va  didaktika  bo’yicha  ilmiy  tadqiqotlarda  muhim 
g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika 
sohalarida  mavjud  bo’lgan  va  ta’lim  jarayonida  o’quvchtilarni  intellektual 
qobiyalitlarini  rivojlantirish  uchun  matematik  bilim,ko’niukma  va  malakalarni 
shakllantirish  usullari  va  matematik  ta’limning  umumiy  qonkiyatlarini  va 
o’qitishga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  xususiyatlarini 
o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli  qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  va  «Ta’lim  to’g’risidagi  Qonun»  talablaridan 
kelib  chiqib,  oliy  malakali  ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlashni  har  tomonlama 
takomillashtirishni talab etmoqda. 
Hozirgi  paytda  O’zbekiston  Respublikasida  umumiy    o’rta  ta’lim  tizimini 
ikki  bosqichli  tizimga,ya’ni  to’qqiz  yillik  umumta’lim,  hunar-kollejlari  va 
akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Hunar-kasb  kollejlari  yoshlarning  ko’prok  qismini  kasb  mehnatiga,  ishlab 
chiqarish,  ta’limdagi  va  madaniyatdagi  faoliyatga  tayyorlash  vazifalarini  amalga 
oshirishi  zarur.  akademik  liseylar  esa  yoshlarldda  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 
chuqurlashtirish  va  kengaytirish,  ularda  intellektual  faoliyatga  qiziqishga 
qobiliyatli,  kelgusi  hayotini  oliy  o’quv  yurtlariga  kirish  va  ilmiy  faoliyat  bilan 
shug’ullanishni  maqsad  kilib  qo’yganlarini  tarbiyalab  yetishtirishi  lozim.  Bunday 
sharoitlarda  zamonaviy  ilmiy-uslubiy  saviya  matematika  bo’yicha  o’quv-tarbiya 
jarayonini  tashkil  eta  oladigan  matematika  o’qituvchilariga  katta  ehtiyoj 
tug’ilmoqda,  ular  turli  o’quv  yurtlarida  ularning  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holda  o’qita  oladigan  o’qituvchilar  ham  bo’lishi  zarur.  Bunda  asosiy  o’ringa 
o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi 
dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik 
fakultetlarida  yuqori  malakali  matematik  o’qituvchilari  tayyorlashga  imkon 
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish 
zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi. 
    
Fanni  kiritishdan  maqsad  talabalarga  umumta’lim  maktablarida  matematika 
o’qitish  qonuniyatlari  va  ushbu  qonuniyatlardan  o’quv  jarayonida  qo’llanish 
usullarini  o’rgatish,    ularda  kelgusi  faoliyatlarida  nazariy  va  amaliy  jihatdan 
pedagogik  faoliyatda  foydalana  olish  ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirish 
qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
  
Matematika    va  informatika  o’qitish  uslubiyatini  o’rganish  jarayonida 
pedagogika,  psixologiya,  didaktika,  axborot  texnologiyalari,  yangi  pedagogik 
texnologiyalar    kabi  matematikaning  turli  tarmoqlari  tadqiqot    metodlari  va  
natijalaridan keng foydalaniladi.  
 
 
 
 

 
127
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«МАТЕМАТИКА ВА ИНФОРМАТИКА ЎҚИТИШ 
УСЛУБИЯТИ» 
 
   МАЪРУЗА  
МАШҒУЛОТЛАРИДА ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ 
 
ЗИГЗАГ ТЕХНОЛОГИЯСИ 
БУМЕРАНГ ТЕХНОЛОГИЯСИ  
ИНСЕРТ ТЕХНОЛОГИЯСИ 
КЛАСТЕР ТЕХНОЛОГИЯСИ 
КУТИШ ЙЎЛДОШИ ТЕХНОЛОГИЯСИ  
ГУРУХЛАРДА ИШЛАШ УСУЛИ 
БЛИЦ-СЎРОВ  УСУЛИ
 
БББ
 
ТЕХНОЛОГИЯСИ
 
                  ЧАРХПАЛАК УСУЛИ
 

 
128
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISh 
USLUBIYATI» FANI  BO’YICHA TA’LIM 
TEXNOLOGIYASINING 
KONSEPTUAL ASOSLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
129
1.  
 
«Matematika va informatika o’qitish uslubiyati»  kursining 
dolzarbligi va o’qitish strukturasi 
 
Matematika    va  informatika  o’qitish  uslubiyati  keng  tarmoqli    fan  bo’lib,  u 
pedagogika,  psixologiya  va  didaktika  bo’yicha  ilmiy  tadqiqotlarda  muhim 
g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika 
sohalarida  mavjud  bo’lgan  va  ta’lim  jarayonida  o’quvchtilarni  intellektual 
qobiyalitlarini  rivojlantirish  uchun  matematik  bilim,ko’niukma  va  malakalarni 
shakllantirish  usullari  va  matematik  ta’limning  umumiy  qonkiyatlarini  va 
o’qitishga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  xususiyatlarini 
o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli  qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  va  «Ta’lim  to’g’risidagi  Qonun»  talablaridan 
kelib  chiqib,  oliy  malakali  ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlashni  har  tomonlama 
takomillashtirishni talab etmoqda. 
Hozirgi  paytda  O’zbekiston  Respublikasida  umumiy    o’rta  ta’lim  tizimini 
ikki  bosqichli  tizimga,ya’ni  to’qqiz  yillik  umumta’lim,  hunar-kollejlari  va 
akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Hunar-kasb  kollejlari  yoshlarning  ko’prok  qismini  kasb  mehnatiga,  ishlab 
chiqarish,  ta’limdagi  va  madaniyatdagi  faoliyatga  tayyorlash  vazifalarini  amalga 
oshirishi  zarur.  akademik  liseylar  esa  yoshlarldda  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 
chuqurlashtirish  va  kengaytirish,  ularda  intellektual  faoliyatga  qiziqishga 
qobiliyatli,  kelgusi  hayotini  oliy  o’quv  yurtlariga  kirish  va  ilmiy  faoliyat  bilan 
shug’ullanishni  maqsad  kilib  qo’yganlarini  tarbiyalab  yetishtirishi  lozim.  Bunday 
sharoitlarda  zamonaviy  ilmiy-uslubiy  saviya  matematika  bo’yicha  o’quv-tarbiya 
jarayonini  tashkil  eta  oladigan  matematika  o’qituvchilariga  katta  ehtiyoj 
tug’ilmoqda,  ular  turli  o’quv  yurtlarida  ularning  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holda  o’qita  oladigan  o’qituvchilar  ham  bo’lishi  zarur.  Bunda  asosiy  o’ringa 
o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi 
dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik 
fakultetlarida  yuqori  malakali  matematik  o’qituvchilari  tayyorlashga  imkon 
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish 
zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi. 
    
Fanni  kiritishdan  maqsad  talabalarga  umumta’lim  maktablarida  matematika 
o’qitish  qonuniyatlari  va  ushbu  qonuniyatlardan  o’quv  jarayonida  qo’llanish 
usullarini  o’rgatish,    ularda  kelgusi  faoliyatlarida  nazariy  va  amaliy  jihatdan 
pedagogik  faoliyatda  foydalana  olish  ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirish 
qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
  
Matematika    va  informatika  o’qitish  uslubiyatini  o’rganish  jarayonida 
pedagogika,  psixologiya,  didaktika,  axborot  texnologiyalari,  yangi  pedagogik 
texnologiyalar    kabi  matematikaning  turli  tarmoqlari  tadqiqot    metodlari  va  
natijalaridan keng foydalaniladi.  
Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza,  mustaqil ta’lim shakllaridan 
foydalaniladi  va  interfaol  usullarning  aqliy  hujum,  klaster,  taqdimot,  bumerang 
texnologiyalari qo’llaniladi. 

 
130
 
Kursning vazifasi quyidagilardir
     -  talabalarda  matematika  va  informatika  o’qitish  usullari  bo’yicha  bazaviy  
bilimlarni     shakllantirish;                                               
     - matematika va informatika o’qitish usullari bo’yicha zamonaviy vositalarni va  
ularning        ishlatish    sohalarini  talabalarning  o’zlashtirishi  va  turli  uslublarni 
amalda qo’llay olish ko’nikma va malkalarini shakllantirish. 
 
                          Ushbu kursni o’rganish natijasida talaba bilishi shart
 
   - matematika va informatika o’qitish usullari zamonaviy  muammolarini va 
uning  rivojlanish  tendensiyasini bilishi; 
   - zamonaviy pedagogik texnologiyalarning matematika o’qitishda foydalanish 
usullarini egallashi; 
   - o’zining o’quv jarayonida va kelgusidagi professional faoliyatida matematika 
va informatika o’qitish usullaridan foydalana olish;        
   - matematika va informatika o’qitish usullarini qo’llay olishi; 
   - matematika va informatika o’qitish usullari  nazariy asoslari va o’qitish 
prinsiplari asosida pedagogik faoliyatni samarali amalga oshira olishi kerak. 
 
«Matematika va informatika o’qitish usullari»  kursi 120 soatdan iborat bo’lib, shu 
jumladan 30 soat ma’ruza,  90 soat mustaqil ta’limdan iborat. 
 
Fanga ajratilgan o’quv soatlarining o’quv turlari bo’yicha   taqsimoti. 
 
№ 
Mavzu 
Rejada 
Amalda 
O’qituv-
chi imzosi 
Soat 
Ijro 
muddati 
Soat 
Ijro 
sanasi 
 
Ma’ruza 
 
 
 
 
 
12.  Matematika ukitish uslubiyati fani predmeti 

 

 
 
13.  Matematika  ukitishning mazmuni va vazifalari 

 

 
 
14.  Matematika ukitishning ilmiy usullari 

 

 
 
15.  Matematika o`qitishning ilmiy usullari (davomi) 

 

 
 
16.  Matematika o’qitishda tafakkur uslublari va 
shakllari 

 

 
 
17.  Matematik ta’lim usullari 

 

 
 
18.  Matematika o`qitish prinsiplari. 

 

 
 
19.  Matematika o`qitish vositalari. 

 

 
 
20.  Matematika o`qitishni tashkil etish. Matematika 
darsi. 

 

 
 
21.  Matematika o`qitishda masalalar yechishning 
axamiyati va     o’rni 

 

 
 
22.  Matematika bo’yicha sinfdan va maktabdan 
tashqari  mashgulotlar 

 

 
 
  Jami 
22 
 
22 
 
 
 
Amaliyot 
 
 
 
 
 
7. 
Matematika o`qitishning ilmiy usullari 

 

 
 

 
131
8. 
Matematika o`qitishning ilmiy usullari (davomi) 

 

 
 
9. 
Matematika o’qitishda tafakkur uslublari va 
shakllari 

 

 
 
10.  Matematik ta’lim usullari 

 

 
 
11.  Matematika o`qitish prinsiplari. 

 

 
 
12.  Matematika oqkitish vositalari. 

 

 
 
  Jami 
12 
 
12 
 
 
 
Seminar 
 
 
 
 
 
 1. 
Matematika oqitishni tashkil etish. 

 

 
 
2. 
Matematika darsi. 

 

 
 
3. 
Matematika   oqitishda  masalalar  yechishning  
axamiyati va o’rni 

 

 
 
4. 
Matematika bo’yicha sinfdan va maktabdan 
tashkari  mashgulotlar 

 

 
 
5. 
Son va xisoblashlarni o’rganish 

 

 
 
6. 
Maktabda turli sonlar sistemalarini o’rganish 

 

 
 
7. 
Algebrani o’kitish uslubiyati 

 

 
 
8. 
Algebraik  ifodalarni  ayniy  shakl  almashtirish-
larni urganish uslublari 

 

 
 
9. 
Tenglama va tengsizliklarni o’rganish 

 

 
 
10. 
Funksiyalar va grafiklarni o’rganish 

 

 
 
11. 
Geometriya oqitish uslubiyati masalalari. 
geometriya o’quv predmeti sifatida 

 

 
 
12. 
Fazoda  to’gri  chizik,  tekisliklar  va  fazoviy 
jismlarni o’rganish 

 

 
 
13. 
Maktabda  informatika o’gitishning  mazmuni  va 
vazifalari 

 

 
 
 
Jami 
26 
 
26 
 
 
 
 
 

 
132
«Matematika va informatika o’qitish usulubiyati» o’quv kursi  bo’yicha 
ma’ruza mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning 
konseptual asoslari 
 
 
O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda 
o’zining  munosib  o’rnini  topmoqda.  Davlatimizning  mustaqil  taraqqiyot  yo’lini 
ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur 
islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Jamiyat  va  inson  manfaatiga  qaratilgan  bu 
islohotlarning  samarasi  bevosita  ta’lim  tizimida  tayyorlanayotgan  mutaxassis 
kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. 
Shu  bois  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  sifatli  kadrlar 
tayyorlashga  qodir  milliy  asosga  qurilgan  va  jahondagi  ilg’or  davlatlar  ta’limi 
taraqqiyoti  tajribalariga  tayanadigan  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yaratish  asosiy 
vazifalaridan 
biriga 
aylandi. 
1997 
yilda 
qabul 
qilingan 
O’zbekiston 
Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonuni  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”  milliy  ta’lim  taraqqiyoti  va  milliy  kadrlar  tayyorlash  tizimi  istiqbollarini 
belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr 
boshlanishiga zamin yaratdi. 
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturining  ikkinchi  bosqichi  ta’lim  jarayonidagi 
sifat  ko’rsatkichlarini  yaxshilash,  ya’ni  jahon  andozalariga  mos,  raqobatbardosh, 
yuqori  saviyaga  ega  bo’lgan  mutaxassislar  tayyorlashdir.  Ushbu  murakkab 
muammolarni  yechimini  topib,  ularni  amalda  keng  qo’llash  oliy  ta’lim  tizimi 
xodimlari  oldiga  juda  katta  vazifalar  belgilaydi.  Bunda  aniq  vazifalar  sifatida 
bevosita  o’quv  jarayonini  yaxshilash,  o’quv  dasturlarini  yanada  takomillashtirish, 
o’qitishning  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarini  amalga  joriy  qilish,  texnik 
vositalaridan    keng  foydalanish  va  shu  asosda  masofadan  o’qitishni  keng  joriy 
qilishdan iboratdir.  
     
«Matematika  va  informatika  o’qitish  usulubiyati»    kursining  maqsad 
vazifasiga  matematika  va  informatika  o’qitish  usullari  zamonaviy    muammolarini 
va 
uning 
 
rivojlanish 
tendensiyasini 
bilishi;zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning matematika o’qitishda foydalanish usullarini egallashi;o’zining 
o’quv  jarayonida  va  kelgusidagi  professional  faoliyatida  matematika  va 
informatika  o’qitish  usullaridan  foydalana  olish;  matematika  va  informatika 
o’qitish  usullarini  qo’llay  olishi;  matematika  va  informatika  o’qitish  usullari  
nazariy  asoslari  va  o’qitish  prinsiplari  asosida  pedagogik  faoliyatni  samarali 
amalga oshira olish kiradi. 
    Ta’lim  sifati  va  usuliga  qarab  bilim  hosil  bo’ladi.  Bu  o’qituvchining 
mahoratigagina  emas,  balki  tinglovchining  istak-hohishi,  qobiliyati  va  bilim 
darajasini  ham  belgilaydi.  Ta’lim  uzoq  davom  etadigan  jarayondir.  Bilim  esa 
ta’limning  uzluksizligi  vositasida  beriladigan  mavhum  tushunchaga  ega  bo’lgan 
hodisadir.  Bilim  xususiylikka  ega  bo’lsa,  ta’lim  umumiylikka  egadir.  Ta’lim 
barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea-
hodisalarning  in’ikosi  natijasida  inson  miyasidagi  mushohadalar  va  tasavvurlar 

 
133
natijasida  hosil  bo’ladigan  tushunchalar  yig’indisi  sifatida  namoyon  bo’ladi. 
Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim 
individuallikka  ega  bo’ladi.  Ta’limni  amalga  oshiradigan  yoki  dars  beradigan 
kishilarning  saviyasi  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Lekin  guruhdagi  talabalarga 
beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa 
ana  shu  ta’lim  jarayonida  bilimga  ega  bo’ladi.  Buning  uchun  u  mustaqil  o’qiydi, 
tayyorlanadi,  mushohada  qiladi,  tasavvurlarga  ega  bo’ladi,  eshitganlari  va 
o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.  
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi  holatlar quyidagilar: 
yuqori  ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma’ruzalar  o’qish, 
darslarni  savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg’or  pedagogik 
texnologiyalardan  va  multimedia  qo’llanmalardan  foydalanish,  tinglovchilarni 
undaydigan,  o’ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo’yish,  talabchanlik, 
tinglovchilar  bilan  individual  ishlash,  ijodkorlikka  undash,  erkin  muloqot 
yuritishga,  ijodiy  fikrlashga  o’rgatish,  ilmiy  izlanishga  jalb  qilish  va  boshqa 
tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. 
 
Aytilganlardan  kelib  chiqqan  holda  «Matematika  va  informatika  o’qitish 
usulubiyati»    o’quv  kursi  bo’yicha  ta’lim  texnologiyasini  loyihalashtirishdagi 
asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz: 
Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 
jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to’laqonli  rivojlanishlarini  ko’zda  tutadi.  Bu 
esa  ta’limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining 
shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish 
maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv.  Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida 
mujassam  etmog’i  lozim:  jaryonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo’g’inlarini 
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga,  ta’lim  oluvchining  faoliyatni  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish,  
o’quv  jaryonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o’quv  jarayoni  ishtirokchilarning 
psixologik  birligi  va  o’zaro  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi.  Uning 
natijasida  shaxsning  o’z-o’zini  faollashtirishi  va  o’z-o’zini  ko’rsata  olishi  kabi 
ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Demokratlilik,  tenglik,  ta’lim 
beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  o’rtasidagi  subyektiv  munosabatlarda  hamkorlikni, 
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda 
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.  
Muammoli ta’lim. Ta’lim  mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
obyektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo’llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 

 
134
Axborotni  taqdim qilishning zamonaviy vositalari va  usullarini qo’llash  – 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. 
Keltirilgan  konseptual  yo’riqlarga  asoslangan  holda,  «Kompyuter  grafikasi 
va  dizayn»  kursining  maqsadi,  tuzilmasi,  o’quv  axborotining  mazmuni  va 
hajmidan  kelib  chiqgan  holda,  ma’lum  sharoit  va  o’quv  rejasida  o’rnatilgan  vaqt 
oralig’ida  o’qitishni,  kommunikasiyani,  axborotni  va  ularni  birgalikdagi 
boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi. 
O’qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma’ruza  (kirish,  mavzuga  oid, 
vizuallash),  muammoviy  usul,  keys-stadi,  pinbord,  paradokslar  va    loyihalar 
usullarii, amaliy ishlash usuli. 
O’qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va 
o’zaro o’rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh. 
O’qitish vositalari o’qitishning an’anaviy  shakllari (darslik,  ma’ruza  matni) 
bilan bir qatorda  -  kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikasiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. 
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv  mashg’uloti bosqichlarini belgilab 
beruvchi  texnologik  karta    ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 
qo’yilgan  maqsadga erishishda o’qituvchi  va  tinglovchining birgalikdagi  harakati, 
nafaqat auditoriya  mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari  mustaqil  ishlarning 
nazorati. 
Monitoring  va  baholash:  o’quv  mashg’ulotida  ham  butun  kurs  davomida 
ham  o’qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test 
topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
135
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling