Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet13/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

semestr (60 soat)

  1. mustakil ish (6 soat) Maktabda turli sonlar sistemalarini o’rganish.

  2. mustakil ish (6 soat) Algebrani o’kitish uslubiyati.

  3. mustakil ish (6 soat) Algebraik ifodalarni ayniy shakl almashtirishlarni urganish uslublari.

  4. mustakil ish (6 soat) Tenglama va tengsizliklarni o’rganish.

  5. mustakil ish (6 soat) Funksiyalar va grafiklarni o’rganish.

  6. mustakil ish (6 soat) Geometriya o'qitish uslubiyati masalalari geometriya o’kuv predmeti

sifatida.

  1. mustakil ish (6 soat) Fazoda to’gri chizik, tekisliklar va fazoviy jismlarni o’rganish.

  2. mustakil ish (6 soat) Maktabda informatika o’kitishning mazmuni va vazifalari.

  3. mustakil ish (6 soat) Maktabda informatika asosiy tushunchalari va operasion sistemalarni

o’rganish.

  1. mustakil ish (6 soat) Foiz va takribiy xisoblashlar.

  1. FANNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH BO’YI-CHA TAVSIYALAR. (Fanni o’qitish shakli, vositalari, texnologiyasi va metodlari).

  1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik.

Bu jarayonga tayyorgarlik ko’rishda faqatgina ma’ruza materiallari bilan cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan dars hajmining kamligi sababli ma’ruza darslarida yetkazishning imkoni bo’lmagan mavzularni to’ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.

  1. Amaliy mashg’ulotlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va uni o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha tavsiyalar.

Talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba fanning har xil bo’limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko’nikmalarini egallashi lozim. Bu jarayonda talaba o’rganilayotgan fanning ma’nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabani shu fanga kiruvchi har xil bo’limlarga oid masalalarni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi. Bu jarayonda quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:

  • masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hamma-sini yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish;

  • masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish;

  • masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish;

  • masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish;

  • o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish;

  • masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish;

  • olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish.

Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq:

  • uy vazifalarini tekshirish;

  • nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish;

  • dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish;

  • mustaqil ish topshiriqlari himoyasi.

Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar:

  • mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash;

  • amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;

  • masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish;

  • masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish;

  • masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.


  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling