1.3.12. Ta’lim vositalari:
matnli vositalar (o’quv dastur; darslik; o’quv qo’llanma; elektron darsliklar va qo’llanmalar; uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar; tarqatma materiallar; imtihon va nazorat variantlari; testlar va hokazo);
tasvirli vositalar (fotosuratlar; eskiz; chizma; sxema; ramziy tasvir; reja jadvallar; simvollar; diagrammalar; grafiklar; slaydlar va hokazo);
audio-video vositalar (videofilmlar; kompakt disklar; audio va video kassetalar; tasvir va matnni yozish va saqlash; doskalar (oq doska, flipchart doska, pinbord doska); videomagnitafon; kamera; kompyuter va hokazo);
modelli vositalar (asbob-uskunalar; stanoklar; yarim tayyor va tayyor mahsulotlar).
1.3.13. Didaktik tamoyillar tizimi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, ko’rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib o’qitish hamda unda individual yondashishni qo’shib olib borish, o’qitishning tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi.
Ta’limda o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish shakllari: dars, fan, texnika to’garaklari, o’quvchilar ilmiy uyushmalari, sayohatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |